Tiflopedagogika fanining predmeti maqsadi va vazifalari


Tiflopedagogikaning boshka fanlar bilan alokasi



Yüklə 44,32 Kb.
səhifə3/5
tarix16.12.2023
ölçüsü44,32 Kb.
#183068
1   2   3   4   5
1-mavzu Tiflopedagogikaning fanining predmeti va metodlari-hozir.org

Tiflopedagogikaning boshka fanlar bilan alokasi



Sistemalar ichida : pedagogika xamda maxsus pedagogikaning turli soxalari




Sistemalararo: tibby-biologik va tilshunoslik fanlari



Tamoyillar
  1. Umumdidaktik.Ilmiylik, izchillik 2.Maxsus .Talimda yakka farklangan(dif


Va ketmaketlik nazariyaning amaliyet ferensiallangan) korreksion


Bilan boglikligi,onglilik, kurgaz- yunalganligi
malilik , tushunarlilik




Fan metodlari

Tiflopedogogika umumiy pedagogika еtakchi qoidalari asosida ko‘rishi chuqur o‘zgargan bolalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlanmoqda. Tiflopedagogikaning eng asosiy vazifasi- bolalardagi to‘laqonli bo‘lmagan ko‘rish funksiyalaridan unumli foydalanish va ta’lim jarayonida ularni rivojlantirish, ularni saqlab qolish uchun sharoitlar yaratib berish, psixik va jismoniy rivojlanishda ikkilamchi nuqsonlarni oldini olish va еngib o‘tish uchun maxsus yo‘naltirilgan korreksion- pedagogik ishlarni olib borishdir. Aqliy, ahloqiy, jismoniy va estetik tarbiya masalalarini pedagogik еchishda, politexnika ta’limida, tiflopedagogika, ularning psixologik–pedagogik klinik-oftolmologik kompleksini xususiyatlarini rivojlanishini o‘rganishga tayanadi, chunki shulargina o‘quv-tarbiya jarayonining korreksiyalash va o‘rnini to‘ldirish yo‘nalishida bo‘lishini ta’minlaydi. Ko‘ruv jarayoni chuqur buzilgan bolalar rivojlanishining korreksiyasi umumta’lim va mehnat tarbiya jarayonida hamda maxsus korreksiya mashhulotlarida va yakka mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Tiflopedagogikada qo‘llaniladigan metodlar bo‘yicha o‘quvchilar ommaviy o‘rta ta’lim bilimlarini birmuncha ortiqroq vaqt davomida o‘zlashtiradilar. Ko‘rlar maktablarida ta’lim effektivligi relefli yozuvning hozirgi zamon vositalarini qo‘llash orqali erishiladi. Har xil ko‘rgazmali vositalar orqali, ko‘zi ojizlar maktabida umumta’lim predmetlarini o‘qitish uchun kata shrifli darsliklar yaratilgan bo‘lib, ularda ko‘rgazmali illyustratsiyalarda tasvirlangan ob’ektlarning asosiy belgilari ajralib turadi. Ta’lim-tizimining sifatini oshirishda ko‘rlar maktablardagi tiflografika va tiflotexnikasining roli kattadir. O‘qitish ishlari barcha metodlarida o‘quvchilarning qoldiq va ojiz ko‘ruvi himoyalanadi.


Tiflopedagogikaning eng asosiy muommolaridan biri – bu ko‘rlar va ko‘zi ojiz bolalarni umumta’lim maktablarda o‘qitishdir. Umumta’lim maktablarda o‘qitish pedagoglardan maxsus tayyorgarlikni talab qiladi, o‘quv jarayonining ko‘rgazmali jihozlar bilan jihozlanishi, o‘qituvchi va o‘quvchiga mutaxassis tiflopedagoglar tomonidan yordam ko‘rsatish tizimini tashkillashtirish talab qilinadi.
Tiflopedagogika fanining asosiy vazifalari demak quyidagilarni tashkil etadi:
• Ko‘rishda jiddiy nuqsoni bo‘lgan shahslarni psixologik – pedagogik va kinetik jihatdan o‘rganish;
Bu kabi nuqsonlar mavjud bo‘lganda ruhiy va jismoniy rivojlanish anomaliyalari va ko‘rish funksiyasi tuzilishilarini aniqlash;
•Ko‘rish va ko‘zi ojizlarda buzilgan va to‘la rivojlangan funksiyalarni kompensatsiyalash, korreksiyalash va tiklanishning yo‘llari va shartlari;
•Shaxsning ko‘rish funksiyalari turli tuzilishlari mavjud holda shakllanishi va har tomonlama rivojlanish shartlarini o‘rganish. Fan asoslariga o‘rganish politexnik va mehnat va kasb tayyorgarligi masalalarini hal etish;
•Ko‘r va ko‘zi ojizlarni o‘qitish va tarbiyalash uchun maxsus muassasalari tiplari va strukturasini belgilash;
• O‘quv rejalari, dasturlari darsliklar, xususiy metodikalarini tuzumining ilmiy asoslarini ishlab chiqarishdir;
•Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslarning bilim imkoniyatlarini kengaytirish, ularni o‘qitish va jamiyatda, mehnatga tayyorlash samaradorligini oshirish imkonini beradigan maxsus texnik vositalar yaratishdir;
•To‘laqonli bo‘lmagan ko‘rishni muhofaza qilish va rivojlantirish bo‘yicha gigienik tadbirlar tizimini ishlab chiqarish;
•Ta’lim – tarbiya va kasb tayyorgarligi uchun binolarni loyihalash maxsus maktablarni rivojlantirishni yo‘lga qo‘yish;
•Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya va integratsiyalashni yo‘lga qo‘yish tashkil etadi;
Tiflopedagogika zimmasiga qo‘yilgan vazifalarni еchishda umumiy, pedagogika, psixologiya, fiziologiya, aftalmologiya, maktab gigienasi, bolalar nevralogiyasi bilan hamkorlikda bajariladi.

Yüklə 44,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin