RAQS. ,,Yigitlar’’
1-boshlovchi
A.Navoiy ota-jnalarni ulug’larni ulug’lash,hurmat qilish,ota –onaning hurmatini joyiga qo’yish har bir farzandning burchi ekanini aytganlar.Bu burchni farzandlarimiz shirinso’zlik,rostgo’ylik,halollik bilan ado etishlari shart.
2-Boshlovchi
Navoiy inson kamolotida ustoz muallimning roli beqiyos ekanini uqtiradi.U o’z hikmatlaridan biridan birida shunday deydi;
Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila
Aylamak bo’lmas ado oning haqqin yuz ganj ila.
Shahna ko’rinishi.
Husayn Boyqaro;
Do’stim,Mir Alisher,oqilsiz,
Yaxshilab fikrlab ko’ring.
Birinchi o’ringa qo’yursiz kimni-
Aziz otangiznimi yoki muallimni?
Alisher Navoiy;
Avval ustozimga bergayman salom!
Husayn Boyqaro;
Hayhot! Nechun?
Nahot otangizdan ulug’dir ul zot?
Alisher Navoiy;
Ha,otam joy olmish yurak- yurakdan,
Yerga tushirdilar meni falakdan.
Ustozchi,ko’nglimni burib iymonga,
Ko’tardilar meni yerdan osmonga.
Husayn Boyqaro;
Ofarin,tasanno!
1-Boshlovchi;
Hozir xalqimizning so’z haqidagi durdonalaridan,maqollaridan tinglaysiz.
O’quvchilar;
1.Bir og’iz shirin so’z kishini qahraton sovuqda ham isitadi.
2.Yaxshi so’z ko’ngil podshosi.
3.Odamni bitta so’z yerga teng qilur.
4.So’z qilichdan keskir.
5.Shifokorning dorisi emas,so’zi davodir.
6.Yaxshi so’z odamga qanot bag’ishlaydi.
2-Boshlovchi;
Xalqimizning bu bebaho fikrlari bizlar uchun ibratlidir.Keling aziz o’quvchilar shirinso’zli,ochiq yuzli bo’laylik.Bir birimizdan shirin so’zimizni ayamaylik.
Zargarimsan, gavharimsan, so`zimsan,
Oq-qorani tanituvchi ko‘zimsan.
Pok tuprog`im, rizq-u ro‘zim, tuzimsan
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim,
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim
Qon qardoshlar davrasida o‘rning bor,
O‘z bayrog`ing, madhiyang bor, tug`ing bor,
Mardliging bor, subuting bor, qadring bor
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim,
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim
Dostları ilə paylaş: |