Til va nutq


JAMSHID G’IYOSIDDIN AL-KOSHIY



Yüklə 373,5 Kb.
səhifə4/4
tarix08.08.2023
ölçüsü373,5 Kb.
#138970
1   2   3   4
Bolalarning boshlang`ich matematik tushunchalarini rivojlantirishni tashkil qilish shakllari

JAMSHID G’IYOSIDDIN AL-KOSHIY

O’rta Osiyolik atoqli matematik va astronom. To’liq ismi Jamshid Ibn Ma‘sud Ibn Maxmud G’iyosidin al Koshiy. Taxminan 1430 yilda Samarqandda vafot etgan. Uni «Koshoniy” ham deb atashadi, chunki u Eronning Koshon shahrida tug’ilgan. Koshoniyning tarjimai holi haqida deyarli ma‘lumotlar yo’q. Ba‘zi matematika tarixchilarining yozishiga qaraganda u boshlang’ich ma‘lumotni o’z ona shahri Koshiyda olgan. XV asrda Koshon ancha rivojlangan sh ahar bo’lgan. U o’zining olimlari, ayniqsa qo’li gul ustalari bilan birga sharqda dong taratgan. O’rta asr olimlari singari Koshiy ham fanning juda ko’p sohalari bilan shug’ullangan. U qiziqqan fanlar qatorida meditsina ham bo’lgan. Koshiyni Ulug’bek o’zining astronomiya maktabida ishlashga taklif qilgan. Astronomiya maktabi uchun ilmiy kadrlar zarur edi. Koshiy Ulug’bek madrasasida Astronomiya va matematikadan dars berdi. Bir vaqtning o’zida u Ulug’bek maktabida olib borayotgan ilmiy ishlarda ham ishtirok etdi. U ilmiy ishlarning yakuni sifatida "Hisob kaliti", "Aylana haqida risola", "Vatar va sinus haqida risola" nomli va boshqa ko’plab asarlarni yaratdi. Koshiyning matematika sohasida qilgan kashfiyotlari juda katta. Uning zamonida hisoblash ehtiyojlari uchun 60 li sanoq sistemasidan foydalanilar edi. U birinchi bo’lib o’nli kasrlarni kashf qildi va ular ustida amallar bajarishning qoidalarini ko’rsatib berdi.


Xulosa qilib aytganimizda Al Xorazmiy, Ulug’bek, Farobiy boshqa bir qancha allomalarimiz qatorida Koshiy ham o’zining bir qator matematikaga oid asarlarini yozdi. G’iyosiddin Koshiy nafaqat matematikaga oid, balki astronomiyaga oid ham asarlar yaratdi. U hamma fanlarga qiziqadi va mukammal o’zlashtiradi.
Psixologik-pedagogik adabiyotlarda maktabgacha yoshdagi bolalar matematik tasavvurlarni rivojlantirish masalalari.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda va boshlangich maktab yoshida elementar matematika tasavvurlarini taraqqiy ettirish muammolari ustida ilmiy ishlar olib borgan pedagoglardan: Ye.N.Tixeeva.soraning sistema va qarashlarini tanqid qildi. Bolalarni aqliy tomondan tarbiyalashda boshlang’ich matematik tushunchaga katta ahamiyat beradi.


Adabiyotlar:


1. Stolyar A.A. Formirovanie elementarnx matematicheskix predstavleniy u doshkolnikov. M., 1988 y.
2. Bikbaeva N.U. Ibroximova 3.I., Kosimova X.I. Maktab yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish. «O’qituvchi» 1995 y.
3. Danilova V.V. Matematicheskaya podgotovka detey v doshkolnx uchrejdeniyax. M., 1987 y.
Yüklə 373,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin