Til va nutq



Yüklə 373,5 Kb.
səhifə1/4
tarix08.08.2023
ölçüsü373,5 Kb.
#138970
  1   2   3   4
Bolalarning boshlang`ich matematik tushunchalarini rivojlantirishni tashkil qilish shakllari




ANGREN UNIVERSITETI
Boshlang`ich ta`lim fakulteti
BT 101-GURUH
“” fanidan
Bolalarning boshlang`ich matematik tushunchalarini rivojlantirishni tashkil qilish shakllari” mavzusida
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: Abdukarimova M
Fan o’qituvchisi: Mamedova M
Mavzu: Bolalarning boshlangich matematik tushunchalarini rivojlantirishni tashkil qilish shakllari
Reja:


1. Bolada matematik tushunchalarni shakllantirishda muammoli ta'limning ahamiyati.
2. Sharq matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida.
3.Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish shartlari.
Bolada matematik tushunchalarni shakllantirishda muammoli ta'lim katta ahamiyatga egadir. Muammoli ta'lim — bu didaktik tizim bo'lib, pedagog (tarbiyachi)larni muammoli xarakterdagi savollarni yechishga jalb qilishni nazarda tutadi. Psixologlar fikrlash muammoli vaziyatdagi savoldan boshlanadi, deb hisoblaydilar. Shuning uchun muammoli vaziyat muammoli ta'limning asosini tashkil qiladi, muammoni yechish uchun sharoit yaratadi. Vaziyat
— bu ilmiy bahs-munozara orqali tushunchalarni tartibga solish uchun zaruriyatga chaqiruvchi jarayondir.
Muammoli jarayon — o'zining yechilishi uchun izlanishni talab qiladigan anglangan qiyinchilikdir. Berilgan savol qiyinchilik yaratsa va javob berishda pedagog (tarbiyachi)dan yangi bilim va fikriy faollik talab qilinsa, o'shanda muammoli vaziyat yaratiladi. Muammoli vaziyatda pedagog (tarbiyachi)lar e'tibori savollarning yechilishiga to'liq yo'naltiriladi, pedagog (tarbiyachi)larning
fikrlashi moyil qilinadi (to'g'rilanadi). Muammoni yechishda ushbu moyillik aniq maqsadga aylanadi.
Bola tomonidan asosiy bilim, tushuncha, og'zaki, masala yechish uslublari chuqur va mustahkam o'zlashtirilgandagina, muammoli ta'lim foydali bo'lishi mumkin.
Ta'lim olish jarayonidagi muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, bolalar yerda ,,izlanuvchi" va birinchi kashfiyotchidek bo'lishadi. Bunda muammoli vaziyat bu awal yaratiladi vatahlil qilinadi, muammoni yechish uchun qulay usul aniqlanadi, muammo yechiladi va xulosa o'rganiladi. Muammoli ta'limdan foydalanish jarayonida mavzuni muammoli bayon qilish, evristik
suhbat va izlanish uslublari to'plamidan foydalanish mumkin.
Muammoli bayonning mohiyati shundaki, pedagog (tarbiyachi) o'zi masalani beradi va og'zaki yechish yo'llarini ko'rsatadi. Evristik uslubning mohiyati esa pedagog (tarbiyachi) tomonidan bolalarni aniq izlanishlarga o'naltiruvchi savcllar tizimi awaldan o'ylab qo'yilishida ifodalanadi.
Izlanish uslubi o'quvchilarda atrofdagi olamga katta qiziqishni uyg'otadi, u o'ylashga, mulohaza qilishga harakat qiladi, atrofdagi voqealarni o'rganadi, o'zlashtirilgan bilimlardan amaliyotda va masalani yechishda foydalanadi. Izlanish uslubida pedagog (tarbiyachi) muammoni qo'yishi mumkin, farazlar keltiradi, asosiy g'oyani aniqlaydi, kuzatishlar o'tkazadi, taqqoslaydi va umumiy-
lashtiradi, tahlil qiladi, butunni tarkibiy qismlarga bo'ladi va xulosa chiqaradi.
L. S. Vgodskiy xayol qilish (faraz qilish) bilan reallik orasidagi to'rtta bog'lanish shaklini aniqladi. Bu bog'lanish shakllari bolada matematik tushunchalarni rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir.

Yüklə 373,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin