Ключевые слова:
нация, загадка, колорит, близость, сходство, форма,
содержание, узбекская альтернатива, фольклор, древний.
Annotation:
The article describes the riddles of the Russian and Uzbek
nationalities associated with the cultural conditions of life, habitat. The theme of
Russian and Uzbek riddles is very rich and colorful, the poetic style of perception
is described, the rhythmic-intonation structure of riddles is compared, when
describing riddles they are often depicted using the diagnostic technique
(animation). Riddles of Russian and Uzbek nationalities based on calculations are
presented.
Key words:
nation, find, color, closeness, similarity, form, content, Uzbek
alternative, folklore, ancient.
Har bir xalq, millat topishmog’ida uning hayotni poetik idrok etish tarzi, o’z
madaniy turmush sharoiti, yashash hududi bilan bog’liq narsalar tasviri aks etgani
ayonlashadi. Bundan rus va o’zbek topishmoqlari ham mustasno emas. Avvalo,
bunday yaqinlik va o’xshashlik ularning mazmunida ko’rinadi.
91
Rus va o’zbek topishmoqlari mavzusiga ko’ra, juda boy va rang-barangdir.
Jumladan, ular er, suv, tuproq, olov, havo, osmon va samo yoritgichlari, tog’u
toshlar, dov-daraxtlar, mevalar, o’simliklar, hayvonlar, hasharotlar, odamning tana
a’zolari, uy-ro’zg’or buyumlari, mehnat qurollari, tabiat hodisalari, fasllar, o’quv
jihozlari, musiqa asboblari, texnika anjomlari haqida ekani bilan diqqatni tortadi.
“Shamol” haqidagi rus va o’zbek topishmog’i shakli va mazmuni, ritmik-
intonasion qurilishi jihatidan solishtirilsa, har ikkalasining deyarli bir xilligi kishini
hayratlantiradi:
Ruschasi: Без рук, без ног,
А ворота отворяет. (Ветер).
Tarjimasi:
Qo’li yo’q, oyog’i yo’q, lekin darvozani ochar. (SHamol).
O’zbek folkloridagi namunasi:
Qo’lsiz, oyoqsiz eshik ochar. (Shamol).[1,20]
Ko’rinyaptiki, har ikkala xalq topishmog’ida shamolning asosiy belgisi
uning qo’li va oyog’i yo’qligidir. Ammo shunday holatda ham shamolning eshik
ocha olishi ta’kidlanmoqda. Faqat rus topishmog’ida uning kuch-qudratini yanada
bo’rttirib ta’kidlash maqsadida “vorota” – “darvoza” so’zi qo’llanilgan. Darvoza –
eshikning katta turi.
Qadimgi insonlar tabiat hodisalarini (shamol, ayoz, qor, tuman va hokazolar
kabi) jonli deb tasavvur qilishgani uchun ularni tasvirlashda ko’pincha tashxis
(jonlantirish) san’atidan foydalanib obrazlantirganlar. Xuddi yuqorida shamol
haqida keltirilgan topishmoqdagi singari ayoz to’g’risidagi topishmoqda ham
uning qo’lsiz va oyoqsizligi alohida ta’kidlanib, shu holatda bo’lsa-da, rasm
solishga ustaligi qayd qilingan:
Без рук, без ног,
А рисовать умеет. (Мороз)
(Mazmuni: Qo’lsiz, oyoqsiz, ammo rasm soladi. Ayoz).
O’zbek folklorida:
Qo’lsiz, oyoqsiz gul solar. (Sovuq, deraza qirovi)[2,20].
Navbatdagi topishmoq muz / lyod haqida bo’lib, ularning har ikkalasida
muzning olovda yonmasligi, suvda cho’kmasligi asosiy belgi sifatida qayd
qilinmoqda:
В огне не горит,
В воде не тонет. (Лёд).
O’tda yonmaydi,
Suvga botmaydi. (Muz).[3,20]
“Qor” / “снег” haqidagi rus va o’zbek topishmoqlarida ko’pincha uning
oppoq dasturxonga o’xshatilgani va yer yuzini qoplagani tasvirlanadi. Har
ikkalasida ham qor jonlantirilgani kuzatiladi. Rus topishmog’ida qorning tevarak-
atrofni kiyintirgani aytilsa, o’zbek topishmog’ida butun borliqni qoplagani
ta’kidlanadi:
|