Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni


Psixolingvistika va neyrolingvistika



Yüklə 427,53 Kb.
səhifə68/79
tarix07.01.2024
ölçüsü427,53 Kb.
#205508
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79
Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org

3.Psixolingvistika va neyrolingvistika
Psixolingvistika. Til nutqiy faoliyatda yuzaga chiqqani tufayli nutqiy faoliyat tilshunoslikda ham, psixologiya fanida ham tekshirish obyekti sanaladi. Tilshunoslik va psixologiya fanlarining ushbu kesishish nuqtasi mazkur fanlar oralig‘ida psixolingvistika (yoki lingvopsixologiya) yo‘nalishining yuzaga kelishiga olib keldi. Ushbu atama dastlab 1946-yilda Amerika psixologi N.Pronko tomonidan qo‘llandi va XX asrning 50-yillaridan keng yoyildi. Biroq uning ildizlari XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik negizida vujudga kelgan psixologizm oqimiga (asoschisi G.Shteyntal) borib taqaladi. U tilda xalq ruhining ifodalanishini ta’kidlab, sotsial, etnik psixologiyani yaratishga intildi.
Ushbu oqim tarafdorlari o‘z e’tiborlarini tilning ichki tomoniga, jonli nutqqa, bevosita nutqiy jarayonga, so‘z va gaplarning ma’no tomoniga qaratdilar, assotsiativ psixologiya tushunchalarini va amalini kiritishga harakat qildilar.
Psixolingvistikaning o‘rganish obyektiga quyidagilar kiritilgan:

Nutq faoliyatning vujudga kelish mexanizmini o‘rganish;

Bolalar nutqining shakllanish jarayonini o‘rganish;

Muayyan nutqiy vaziyatlarda so‘zlovchi bilan tinglovchi o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish;

Nutqning axborot tashish funksiyasini o‘rganish va boshqarish.

Hozirgi kunda tilshunoslikning ushbu yo‘nalishi yanada kengaygan bo‘lib, nutqdagi inson omili, individuallik, ichki nutq va tashqi nutq masalalari keng o‘rganilmoqda. Nutqiy faoliyat, ya’ni insonlarning bir-biriga axborot berish va bir-biridan axborot qabul qilish jarayoni bir qancha fanlarning o‘rganish obyekti sanaladi. Xususan, bu jarayon tilshunoslik va psixologiya fanlari tomonidan chuqur o‘rganilgan. Tilshunoslik kishilar o‘rtasida asosiy aloqa vositasi bo‘lgan til va uning aloqa-aralashuv jarayonida voqelanuvchi nutqni bir-biridan ajratgan holda, tilning ichki tuzilishi va birliklari, ushbu birliklarning nutqiy jarayonda turli-tuman voqelanishi, psixolingvistikada esa “ichki tuzilish”dan “tashqi tuzilish” (“tashqi nutq”)qa o‘tishning asosiy bosqichlari, ushbu 2 tuzilishning o‘zaro munosabatlari kabi qator masalalar atroflicha o‘rganiladi.



Yüklə 427,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin