Tilshunoslik fanining shakllanish tarixi


QADIMGI HIND TILSHUNOSLIGI



Yüklə 147 Kb.
səhifə2/9
tarix20.05.2022
ölçüsü147 Kb.
#58874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tilshunoslik fanining shakllanish tarixi

QADIMGI HIND TILSHUNOSLIGI
Qadimgi Hindiston jahon tilshunosligi tarixida tilshunoslik fanining beshigi, markazi sifatida tan olinadi va umum tomonidan ehtirof etiladi. Bu-mutlaq haqiqat. Chunki til masalalariga bo`lgan qiziqish, tilga oid hodisalar bilan jiddiy va puxta shug`ullanish ilk bor Hindistonda - hind olimlari, filologlari tomonidan boshlab berildi. Ayni jarayonning boshlanishi dastavval sof amaliy ahamiyatga ega bo`ldi. Aniqrog`i, 15 asr ilgari yozilgan qadimgi hind adabiy tili yozuvida - sanskritda yaratilgan qadimgi hindlarning diniy madhiyalari - Vedalar tili davrlar o`tishi bilan mamlakat aholisining so`zlashuv tilidan (prakritdan) farqlanib qola boshladi. Boshqacha aytganda, qadimgi yozma yodgorliklar tili (yozma nutq) bilan so`zlashuv tili (jonli nutq) orasida ajralish, nomoslik, «ziddiyat» yuzaga keldi. Ushbu ziddiyatni, farqlanishni yo`qotish uchun hind olimlari qadimiy yozma yodgorliklar tilini o`rganishga, tadqiq qilishga, ularni ommaviylashtirishga jiddiy kirishdilar. Ular qadimgi Hindistonda alohida e`tiborga, hurmatga sazovor bo`lgan Vedalardagi mahnosi tushunarli bo`lmagan so`zlarni aniqlab, ularning mahnosini izohladilar, sharhladilar. Vedalar tiliga oid maxsus izohli lug`atlar tuzdilar, matnni fonetik va grammatik jihatdan tahlil qildilar. Xullas, Vedalar tilidagi so`z va jumlalar mahnosini, ularning aniq talaffuzini, shaklini saqlab qolishga bo`lgan qathiy intilish qadimgi Hindistonda tilshunoslikning yuzaga kelishiga asosiy sabab bo`ldi.
Hindlar qadimiy davrda eng buyuk fonetikachi va grammatikachi sifatida tanilganlar. Ular fonetika sohasida yunonlardan ham oldin unli va undosh tovushlarni farqlaganlar, portlovchi va sirg`aluvchi, jarangli va jarangsiz tovushlarni, tovush birikmalarini, bo`g`in, urg`u, intonatsiya, cho`ziqlik va qisqalik kabi fonetik hodisalarni, jarayonlarni bilganlar. Shular yuzasidan mukammal mahlumotlar qoldirganlar. Qadimgi hind tilshunosligida fonema haqida ham muayyan tushunchalar bo`lgan.
Qadimgi hindlar so`zlarning faqat mahno tomonidagina emas, balki tovush tomonida ham o`zgarishlar bo`lishini bilganlar. Shunga ko`ra ular so`zlarning tovush jihatiga alohida e`tibor berganlar. Tovush haqida, tovushlarning o`zgarishi haqida tadqiqot ishlarini olib borganlar. Shuningdek, qadimgi hindlar tovushlarning fiziologik - artikulyatsion xususiyatlari, boshqa tovushlar bilan almashinishi, bir tovushning boshqa tovush tahsiri bilan o`zgarishi (kombinator o`zgarish) kabi hodisalarni aniqlashga ham e`tibor berganlar. Ular tovushlarning artikulyatsion – fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tasnif qilganlar. Shu asosda, yuqorida aytilganidek, tovushlarni unli va undoshlarga ajratganlar, nutq ahzolarining yaqinlashuvidan unlilar, bir-birlariga tahsiridan, yahni tegishidan undoshlar hosil bo`lishini qayd etganlar.
Agar yunon filologlari tovush almashinuvi masalasiga umuman ahamiyat bermagan bo`lsalar, hind tilshunoslari bu jarayonga alohida e`tibor berganlar, tadqiqot olib borganlar, ayni jarayonning o`ziga xosliklarini aniqlab berganlar. Qiyoslang: sanskrit tiliga oid so`zlarda, masalan, vidma so`zi «biz bilamiz» mahnosini bersa, veda «men bilaman» tushunchasini, vaidyas so`zi esa «olim», «ilmli» mahnosini berishini ko`rsatib berganlar. Qayd etilgan mahno (tushuncha) o`zgarishlari esa i – e - ai unli tovushlarning almashinuvi natijasi ekanligi haqida ishonarli, asosli fikrlarni bayon qilganlar.
Qadimgi hind tilshunoslari grammatika - morfologiya sohasida ham ancha ishlarni amalga oshirdilar. Ular bu yo`nalishda ham grek tilshunoslaridan ancha o`tib ketdilar. Aniqrog`i, hind tilshunosi Guru morfologiyaning uch bo`limdan tashkil topishini aniq ko`rsatib beradi va unga quyidagilarni kiritadi: 1. So`zlar tasnifi (so`z turkumlari). 2. So`z yasalishi. 3. So`z o`zgarishi.
Hindlar to`rtta so`z turkumini farqlaganlar: ot, fe`l, old ko`makchi va yuklama.
Hindlarda ot predmet ifodalovchi, fe`l esa harakat, holat ifodalovchi so`z sifatida beriladi. Old ko`makchilar esa otlarning, asosan, fe`llarning ma`nosini belgilaydi. Yuklamalar esa mahnolariga ko`ra 1) bog`lovchi va 2) qiyoslovchi kabi turlarga ajratiladi. Olmosh va ravishlar esa ot va fe`l turkumlariga qo`shib yuborilgan, alohida ajratilmagan.
Yunonlardan farqli holda hindlar so`z turkumlarini gap bo`laklaridan farqlaganlar, ya`ni ular bilan qorishtirmaganlar, adashtirmaganlar. Shunga ko`ra hindlar, yuqorida aytilganidek, otlarni predmet, fe`llarni harakat ifodalovchi so`z sifatida «baholaganlar».
Qadimgi hindlar so`zlarni tahlil qilish, tarkibini o`rganish jarayonida ularni quyidagi bo`laklarga ajratganlar: 1) o`zak, 2) suffiks, 3) qo`shimcha (turlovchi qo`shimcha). Shuningdek, so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi morfemalar farqlangan.
Yevropa olimlari hind tilshunoslarining ishlari bilan yaqindan tanishib, so`zlardan o`zak, so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi morfemalarni ajratishga «kirishganlar».
Hindlar otlarda yettita kelishikni qayd etganlar: 1) bosh kelishik, 2) qaratqich kelishigi, 3) jo`nalish kelishigi, 4) tushum kelishigi, 5) qurol kelishigi, 6) chiqish (ablativ) kelishigi, 7) o`rin kelishigi.
Hind tilshunoslari qo`shma so`zlarning o`ttizga yaqin turini farqlaganlar. Ular qo`shma so`zlarning tuzilishida komponentlar orasidagi munosabatlarga e`tibor berganlar. Masalan: ot+ot//fe`l; sifat// sifatdosh //ravish+ot // sifat//fe`l; son+ot va boshqalar.
Hind grammatikachilari fe`l turkumining morfologik kategoriyalarini mukammal ishlagan edilar. Ular fe`lning uch zamonga birlashadigan yetti xil zamon formasini: hozirgi zamon, o`tgan zamonning tugallangan, tugallanmagan, uzoq o`tgan zamon turlarini, kelasi zamon, odatdagi kelasi zamon va juda kam qo`llaniladigan shart fe`li shaklini ajratganlar.
Hindlar qadimgi davrlardayoq fe`lning to`rtta maylini - aniqlik, istak, buyruq va shart mayllarini bilganlar.
Fe`lning aniq, o`rta va majhullik nisbatlari ajratilib, har biri alohida ta`riflangan, tavsiflangan.
Hindlar sanskrit tilida fe`lning uchta shaxs va uchta son: birlik, juftlik va ko`pliklarga ko`ra tuslanishni ko`rsatganlar.
Hind tilshunoslari fikr ifodalash birligi bo`lgan gapning muhimligini inkor qilmagan bo`lsalar-da, sintaksis masalalari bilan maxsus shug`ullanmaganlar. Ular sintaksisda so`zlarning birikish tartibi, kelishik, zamon va mayl formalarining birikishi kabi masalalarni o`rganish bilan chegaralanganlar. So`z fikr ifodalash imkoniyatiga ega emas, yahni so`z gapdan tashqari mavjud emas deb, gapni tilning asosiy birligi hisoblaganlar.
Xullas, qadimgi hindlar fonetika va morfologiyaga nisbatan sintaksis masalalarida ancha bo`sh bo`lganlar.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin