qilish, fikr ifodalash vositasining til va nutq deb berilishi, bularning bir-biridan
farqlanishi olimlar o’rtasida fikrlar qarama-qarshiligini tug’dirdi. Bir qator olimlar til
va nutq o’zaro farqlanmaydi, aslida farqlanmaydigan bitta ob’ekt mavjuddir, til va
nutq bir narsa, desa, boshqa bir qator olimlar til va
nutqni albatta farqlash kerak, bular
farqlanadi, degan g’oyani ilgari suradi.
Xullas, hozirda til va nutqni, til va nutq hodisalarini, birliklarini farqlash
umumtilshunoslikda, shuningdek, o’zbek tilshunosligida ham mustahkam o’rin
egalladi.
Til va nutq dialektikasida til o’ziga xos murakkab tuzilishga (strukturaga) ega
bo’lgan bir butun sistema sifatida faoliyat ko’rsatadi. Demak, F.de Sossyur mutlaqo
to’g’ri ta’kidlaganidek, til sistemadir. Til sistemasining bir-biri bilan uzviy
bog’langan tovush tomoni, lug’at tarkibi, grammatik qurilishi mavjud bo’lib, ular
birgalikda bir butunlikni, sistemani tashkil qiladi. Tilning sistem xarakteri aslida qayd
etilgan sathlar, qatlamlar (yaruslar) bilan belgilanadi, asoslanadi. Ayni vaqtda ushbu
satxlarning har biri o’ziga xos sistema ichki sistema bo’lib, til sistemasining tarkibiga
kiradi. Demak, til sistemalar
sistemasi super sistema, makrosistema sifatida jamiyatga
xizmat qiladi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’ladi, ijtimoiy amaliy vazifa bajaradi.
Tilning ijtimoiy mohiyati jamiyatda aloqa aralashuv quroli bo’lishida ko’rinadi.
Shunga ko’ra professor. S.Usmonov «Insonlar orasidagi munosabat uchun
xizmat qiladigan narsa, albatta, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lishi lozim. Chunki
bunday munosabat, aloqa kollektiv ichida, jamiyatda voqea bo’ladi», deydi.
Tilning material mohiyati haqida fikr yuritilganda, tilni belgilar sistemasi yoki
semiotik sistema deb qarash hozirda tilshunos olimlar tomonidan qabul qilingan.
Masalan, professor V.M.Solnsev «Til tipik semiotik yoki belgilar sistemasidir » desa,
tilshunos B.V.Kosovskiy «til o’zining material mohiyatiga ko’ra belgilar sistemasini
yoki semiotik sistemani hosil qiladi», deb alohida qayd etadi.
Xullas, til super sistema sistemalar sistemasi sifatida
jamiyat uchun tarixan
mukammal yaratilgan, barchaga birday xizmat qiladigan va barcha uchun umumiy
bo’lgan, asosan fikr ifodalash, fikrni moddiy qilish uchun ishlatiladigan alohida
so’zlar, gaplar nutq birliklaridan, ifoda vositalaridan, ularning o’zaro
mantiqiy
bog’lanishi uchun, nutqni qurish uchun xizmat qiladigan qonun-qoidalardan tashkil
topadi.
Til o’zining jamiyatdagi kommunikativ (informativ, ekspressiv, emotiv,
volyuntativ va boshq.) vazifasini qanday ko’rinishda, qanday «qiyofada», qanday
shaklda amalga oshiradi?
Ijtimoiy-psixik jarayon bo’lgan til o’zining jamiyatdagi kommunikativ, umuman
har qanday vazifasini nutq shaklida, nutq ko’rinishida, nutq orqali amalga oshiradi.
Nutq til sistemasining so’zlashuv, flkr almashuv jarayonidagi yoki yozuvdagi
muayyan ifodasidir, ko’rinishidir, holatidir. Shunga ko’ra, S.Usmonov til qachon
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
636
ma’lum funksiyani bajarishi mumkin degan savolni o’rtaga
tashlab va quyidagicha
javob beradi. Demak, uning fikricha, til nutq sifatida namoyon bo’lgandagina ma’lum
funksiyani bajarishi mumkin . Miyamizda (ongimizda) ob’ektiv olamning ta’siri
tufayli hosil bo’lgan tushunchalar, tasavvurlar, turli xil fikrlar, demak, ijtimoiy
ahamiyatga ega bo’lgan til (nutq) orqali voqelashadi. Yana ham aniqrog’i, har qanday
fikrni ifodalash, boshqalar bilan aloqada bo’lish, faqat til materiali orqali amalga
oshadigan real, jonli nutq jarayonida sodir bo’ladi. Til aloqa quroli, insonlar orasidagi
munosabat vositasi deb baholanishida til materialiga asoslangan nutq ko’zda tutiladi.
Ichki ideal jarayon, tashqi material voqelikka o’tar ekan, aylanar ekan, bu o’tish
jarayon faqat nutq asosida, ya’ni hamma vaqt til materialiga suyanadigan nutq orqali
amalga oshadi. Nutq uchun esa asos (baza) vazifasini til boyligi, til materiali o’taydi.
Til materialini S.Usmonov ikkiga bo’ladi:
Dostları ilə paylaş: