Timsolining yaratilishi



Yüklə 435,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix03.02.2023
ölçüsü435,83 Kb.
#82723
  1   2   3   4   5   6
120 Rasulova Nigora 968-975



Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
968 
w
www.oriens.uz
November 
2021
 
ALISHER NAVOIYNING “SAB’AI SAYYOR” DOSTONIDA DO‘ST 
TIMSOLINING YARATILISHI 
Rasulova Nigora 
Samarqand davlat universiteti magistranti (O‘zbekiston) 
ANNOTATSIYA 
O‘zbek adabiyotida do‘st timsoli juda qadim zamonlardan qo‘llanib kelingan. 
Hayotda sadoqatli do‘st topish, do‘stlikning orqasidan baxt-saodatga erishish 
syujeti asosiy syujetlardan hisoblangan. Do‘stlikning maqomi xususida turli 
rivoyatlar, hikoyatlar to‘qilgan. Hazrat Mir Alisher Navoiy ham o‘z asarlarida 
do‘stlik tushunchasini juda ulug‘lagan. Hayoti davomida o‘ziga do‘st deb bilgan 
insonlarni juda izzat-ikrom qilgan. Ularga bag‘ishlab maxsus asarlar yaratgan. Shu 
bilan birga do‘st timsolini o‘z asarlarida ham keng qo‘llagan. Alisher Navoiy 
“Xamsa”ning to‘rtinchi dostoni bo‘lmish “Sab’ai sayyor” dostonida ham bir qator 
do‘st timsollari yaratilgan. Dostonning to‘qqizinchi bobini esa maktabdosh do‘sti 
Sulton Husayn Boyqaro madhiga bag‘ishlaydi. Uni cheksiz saxovat, chumoliga ham 
marhamatli adolat egasi deya ta’riflaydi. Shoh Bahromga atab qurilgan yetti qasrda 
yettita sayyoh tomonidan aytilgan yetti hikoyatda ham do‘st timsolining yorqin 
namunalariga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Maqolada Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonida keltirilgan 
hikoyatlarda do‘st timsolining yaratilishi, vafodor do‘st va do‘stlikka xiyonat kabilar 
haqida fikr yuritilgan.

Yüklə 435,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin