Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
968
w
www.oriens.uz
November
2021
ALISHER NAVOIYNING “SAB’AI SAYYOR” DOSTONIDA DO‘ST
TIMSOLINING YARATILISHI
Rasulova Nigora
Samarqand davlat universiteti magistranti (O‘zbekiston)
ANNOTATSIYA
O‘zbek adabiyotida do‘st timsoli juda qadim zamonlardan qo‘llanib kelingan.
Hayotda sadoqatli do‘st topish, do‘stlikning orqasidan baxt-saodatga erishish
syujeti asosiy syujetlardan hisoblangan. Do‘stlikning maqomi xususida turli
rivoyatlar, hikoyatlar to‘qilgan. Hazrat Mir Alisher Navoiy ham o‘z asarlarida
do‘stlik tushunchasini juda ulug‘lagan. Hayoti davomida o‘ziga do‘st deb bilgan
insonlarni juda izzat-ikrom qilgan. Ularga bag‘ishlab maxsus asarlar yaratgan. Shu
bilan birga do‘st timsolini o‘z asarlarida ham keng qo‘llagan. Alisher Navoiy
“Xamsa”ning to‘rtinchi dostoni bo‘lmish “Sab’ai sayyor” dostonida ham bir qator
do‘st timsollari yaratilgan. Dostonning to‘qqizinchi bobini esa maktabdosh do‘sti
Sulton Husayn Boyqaro madhiga bag‘ishlaydi. Uni cheksiz saxovat, chumoliga ham
marhamatli adolat egasi deya ta’riflaydi. Shoh Bahromga atab qurilgan yetti qasrda
yettita sayyoh tomonidan aytilgan yetti hikoyatda ham do‘st timsolining yorqin
namunalariga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Maqolada Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonida keltirilgan
hikoyatlarda do‘st timsolining yaratilishi, vafodor do‘st va do‘stlikka xiyonat kabilar
haqida fikr yuritilgan.