{4)
kulachokning BA qismi bo'yicha
dumalab harakatlanganida support (5) ning keskich
(2)
bilan birga ishchi harakati
sodir bo'ladi - qirindi kesiladi. Rolik kulachokning to'g'ri chiziqli AB qismiga to'g'ri
kelganida prujina (6) ta'sirida support tezda frezadan qochadi (salt yurish). Kertuvchi
asbob sifatida shakldor keskich yokijilvirlash doirasi olinib, uIarning shakldor profili
kertilayotgan tishlar profiliga mos qilib charxlangan bo'ladi. Zagotovka har bir to'la
aylanishdan so'ng keskichga ko'ndalang surish (qiymati) uzatiladi.
10.
l-rasm.
Freza orqa yuzasini gardanlash sxemasi.
Tokarlik - gardanlash (токарно-затыловочный) stanoklarining tashqi ko'rinishi
tokarlik-vintqirqar stanoklarga o'xshash bo'lsa-da, ularda o'ziga xos maxsus
konstruksiyaga ega bo'lgan support mavjud. Bu support gardanlash operatsiyasi
uchun zarur bo'lgan harakatlar-ni amalga oshiradi.
1Б811 modelli universal tokarlik-gardanlash stanogida bir va ko'p kirimli modulli
chervyak frezalari, shuningdek taroqsimon, modulli disk va fason frezalar hamda
tishlari to'g'ri, qiya yoki yon qismida joylashgan asboblar kertiladi. Bu stanokda
bundan tashqari barcha tokar-Iik ishlarini bajarish mumkin.
Tokarlik-Iobovoy va karusel stanoklari
Tokarlik-Iobovoy stanoklaridan
katta diametrli (5 m
gacha) kalta
zagotovkalarga yakka buyurtmali ishlab chiqarish sharoitida
ishlov
berishda
foydalaniladi. Zagotovka planshaybaga kulachoklar, qisqichlar va boltlar yordamida
mahkamlanadi (10.2-rasm.).
1A693 modelli tokarlik-lobovoy stanogining xarakteristikasi
quyi-
dagicha:
Ishlov berish aniqligi va ish unumdorligining pastligi, zagotov-kani o'rnatishning
qiyinligi sababli bu stanoklar kam uchraydi.
Tokarlik-karusel stanoklari katta diametrli, ammo nisbatan kichik uzunlikka ega
boigan og'ir maxovik, g'ildirak, korpus tipidagi zagotovkalarga o'rta va yirik
mashinasozlik korxonalarida ishlov berish
uchun
mo'ljallangan. Zagotovka vertikai
o'q atrofida aylanuvchi doiraviy stol (planshayba)ga mahkamlanadiki, u zagotovkani
o'rnatish va tayyor detalni bo'shatib olish ishlarini ancha osonlashtiradi. Karusel
stanoklari (10.2-jadval) ikki turda chiqariladi: -bir stoykali (planshaybaning diametri
1,6 m gacha, ikki-vertikal 5 pozitsiyali revolver kallakli va yon supportlariga ega);
modellari 1541, 1512, 1А512МФЗ, 1516, 1А516МФ4.
-ikki stoykali
gacha, uch supportli—ikkitasi vertikai,
uchinchisiyon); modellari 1A531, 1553, 1525... (10.3-rasm).
|