Ko'p kesklchli stanoklar. Tokarlik yarim avtomatlari va avtomatlari
Ko'p keskichli tokarlik stanoklari seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarish
sharoitida pog'onali valiklar, tishli g'ildiraklar bloklari va shunga o'xshash detallarni
tayyorlash uchun mo'ljallangan. Bu stanoklar ikki va undan ortiq supportga ega
bo'lib, supportlarning har birida bir necha bir vaqtda ishga tushuvchi keskichlar
o'rnatilgan. Oldingi support bo'ylama
s
h
va ko'ndalang
s
k
,
orqa support esa faqat
ko'ndalang
s
k
surishlarga ega. Mashina vaqtining qisqarishi tufayli ish unumdorligi
ortadi. Bir vaqtda bir necha keskichlar yordamida qirindi katta kesimli qilib olinishi
sababli stanokning yuqori bikirligi ta'minlangan bo'ladi. Ko'p keskichli stanoklar
yarim avtomatik sikl bo'yicha ishlaydi (10.6-rasm).
1H713 modelli ko'p keskichli tokarlik yarim avtomati diametri 400 mm gacha
bo'lgan shesterna, val, halqa, flanes tipidagi detallar-ga zagotovkani patron yoki
opravkada ko'p keskichli sozlash yoki kopir vositasida ishlov beradi. Bu stanok
avtomatik liniyalar tarkibiga kiritilishi mumkin.
Tokarlik avtomatlari va yarim avtomatlari
(avtomat va yarim av-tomat
stanoklarning umumiy ta'rifi 8- bobda berilgan).
Avtomat-stanokda texnologik siklni bajarish, shuningdek tayyor bo'lgan detalni
bo'shatib olish va yangi zagotovkani o'rnatib mahkam-Iash uchun zarur bo'lgan
barcha asosiy va yordamchi harakatlar av-tomatlashtirilgandir.
Yarim avtomat-stanokda bir zagotovkani ishlash siklini tashkil etuvchi barcha
asosiy va yordamchi harakatlar avtomatlashtirilgan. Detaining ishlovi tugagandan
so'ng yarim avtomat to'xtatilib, ishchi detalni bo'shatib oladi, yangi zagotovkani
o'rnatadi va stanokni qay-tadan ishga tushiradi.
Tokarlik avtomatik stanoklari bir va ko'p shpindelli bo'ladi. Za-monaviy bir
shpindelli avtomatlarda 3-60 mm, ko'p shpindelli av-tomatlarda esa 15-125 mm Ii
chiviqlardan detallar tayyorlanadi. Avtomat tipini tanlash ishlab chiqarishning
hajmi (seriyaliIigi)ga, ishlov berish aniqligiga, shuningdek iqtisodiyjihatlarga
bog'liqdir.
Tokarlik avtomatlarida stanokning aniqIigi, ishlov turi va qo'llaniladigan
kesuvchi asbobga qarab detallarga 8...13 kvalitetlar va yuza tozaligi
dan
oraliqda ishlov berish
mumkin.
Zagotovka sifatida avtomatik tokarlik stanoklarida chiviq (пруток)1аг, donali
zagotovkalar va diametri 12 mm gacha bo'lgan simlar olinadi.
Shpindellarningjoylashishi bo'yicha gorizontal va vertikal, bajara-digan
operatsiyalari bo'yicha bir shpindelli avtomatlar shakldor-kesib tushiruvchi,
shakldor-bo'ylama yo'nish va tokarlik-revolver tur!ariga bo'linadi.
Shakldor-kesib tushirish avtomatlari 0 3-25 mm Ii kalta shakldor detallarga
ishlov berish uchun mo'ljallangan. Zagotovka shpindelda sangali qisqich
yordamida mahkamlanadi. Stanokda 2 dan 4 tagacha support bo'lib, ularning
shakldor va kesib tushiruvchi keskichlari faqat ko'ndalang yo'nalishda
harakatlanadi (10.7-rasrn).
Shakldor-bo'ylama yo'nish avtomatlari kichik diametrli uzun de-tallar uchun
mo'ljallangan. Avtomatda 4-5 ta ko'ndalang support bo'lib, ular alohida
kulachoklardan ko'ndalang surish harakati olib zagotov-ka atrofidajoylashtirilgan
bo'ladi.
Tokarlik-revolver avtomatlari keng tarqalgan bo'lib, murakkab shaklli detallarga
bir necha xil kesuvchi asboblar yordamida ishlov berishga mo'ljaUangan.
Zagotovka sifatida asosan kalibrlangan chiviqlar olinadi. Ba'zan maxsus yuklash
qurilmasi vositasida donali zagotovkalar-ga ham ishlov beriladi. Ko'pchilik
operatsiyalarbu avtomatlarda shpin-delning chap aylanishida yuqori tezliklarda,
rezba ochish, teshiklarni razvyortkalash kabi operatsiyalar esa, shpindelning o'ng
aylanishida past tezliklarida bajariladi. Avtomat ikkita ko'ndalang va
bo'ylamajoylashgan taqsimlovchi val-ga ega va ular har sikl (detaining tayyor
bo'lish vaqti) mobaynida 1 marta to'la aylanadi.
Ko'p shpindelli avtomatlardan 1Б265 modeli asosida yaratilgan gorizontal
tipdagi ketma-ket harakatga tushiriladigan 4-(lB265-4K), 6-(lB265-6K) va 8-
(lB265-8K) shpindelli avtomatlarko'p uchraydi.
UlardanlB265-6K modelli olti shpindelli avtomat kalibrlangan chiviq yoki
trubadan ko'p seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarish sharoitida keng qo'llaniladi.
Bu avtomatning texnik xarakteristikasi quyidagicha:
Chiviqning eng katta diametri 65 mm; shpindel 73... 1065 mhr
1
oralig'ida 29
aylanish chastotasiga ega; ko'ndalang supportlar soni 6 ta; bitta bo'ylama supporti
bor. Detal olti pozitsiyada ketma-ket ishlov o'tadi. Shpindel bloki taqsimlash vali
va besh ariqchali malta kresti mexanizmi vositasida buriladi.
A
dabiyotlar ro'yxati
:
Dostları ilə paylaş: |