Tokarlik-revolver stanoklari Tokarlik-revolver stanoklari seriyali ishlab chiqarishda chiviq tipi-dagi yoki ayrim
zagotovkalardan diametri va uzunligi uncha katta bo'lmagan detallarni tayyorlash
uchun xizmat qiladi. Bu stanoklar universal tokarlik stanogidagi orqa babka o'rniga
revolver kallagiga ega bo'lib, kesuvchi asboblar (keskich, parma, zenker, razvyortka
va boshqalar) kallakning o'yiqchalariga mahkamlanadi.
Revolver kallagi burilish o'qiningjoylashishi bo'yicha ikki turda-gi stanoklar
bo'ladi:
1) Revolver kallagi vertikal o'q atrofida buriladigan stanoklar (10.4-rasm); bu
stanoklarda revolver supportidan tashqari tokarlik stanogidagidek oddiy support ham
bo'lib, bo'ylama va ko'ndalang su-rishlarga ega.
Bir vaqtning o'zida bo'ylama va revolver supportlarga o'rnatilgan asboblar ishlov
berishda qatnasha olishi mashina vaqti (Z
0
) ning qisqa-rishiga olib kelib, ish
unumdorligi ortadi. Chiviq zagotovkalar sanga tipidagi qisqichlar yordamida, donali
zagotovkalar esa patron yoki maxsus qisuvchi moslamalar yordamida
mahkamlanadi.Bu tipdagi stanoklarning modellari: 1M36, Ш365.
birga bo'ylama surish harakatini ham oladi; shuning uchun bu stanoklarda oddiy
supportga zarurat qolmaydi. Bu tipdagi stanoklar universal tokarlik-revolver
stanoklari hisoblanadi. Surish qutisidan harakat support mexanizmiga yurgizish vali
orqali uzatiladi.
Bu tipdagi stanoklarning modellari: 1336M, 1A341.
1A341 modelli universal tokarlik-revolver stanogida ko'p asbobli sozlashni
bajarish mumkin. Stanok komandoapparat deb ataluvchi boshqarish uzeliga ega
bo'lib, shpindelning aylanish chastotalarini avtomatik tarzda tanlash, revolver
kallagini zarur boigan pozitsiyaga burish va uni surish harakatlarini cheklash kabi
operatsiyalarni amal-ga oshiradi. Bundan tashqari stanokda chiviqni surish va qisish
2) Revolver kallagi gorizontal o'q atrofida buriladigan stanoklar (10.5-
rasm); bu stanoklarda revolver supporti revolver kallagi bilan
uchun gidravlik mexanizm, konussimon yuzalarga ishlov berish uchun ko-pir
lineykasi, rezba kesish moslamasi bor.
Bu stanokning texnik xarakteristikasi quyidagicha: