Tiplarni dinamik tarzda


Chart komponenta xususiyati va hodisalari



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə120/131
tarix16.05.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#114156
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   131
Tiplarni dinamik tarzda

Chart komponenta xususiyati va hodisalari. Bu komponenta Data tab bo‘limiga joylashgan bo‘lib, asosan maʻlumotlarni infografiklarni yaratish uchun ishlatiladi. Infografik uchun maʻlumotlar to‘plami kerak.
Bu komponentaning xusussiyati va hodisalari boshqa komponentalarniki kabi bo‘lib, xuddi o‘shalar kabi bo‘limlarga bo‘lingan. Ularning maxsuslarini keltirib o‘tamiz.

  1. BorderSkin xususiyatlar gruppasi bo‘lib, unda komponentaning yangi niqobga solish mumkin. Niqob deganda, uning yangi ko‘rinishi inobatga olingan. Rang (color), rasm (image), stil (style), kengligi (width) kabi xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlarni o‘rnatish muammo keltirib chiqarmaydi. Oldingi o‘rganganlaringizda bunday xususiyatlardan foydalangansiz. Shuningdek asosiy niqob bu SkinStyle bo‘lib, komponentaning asosiy ko‘rinishini o‘zgartrish uchun xizmat qiladi. Uning mos qiymatlar ro‘yxati mavjud, shundan keraklisini tanlabolish mumkin.

  2. Palette (palitra) – xususiyati yordamida komponentaning infografikani ko‘rsatadigan shaklini tanlash mumkin. Uning mos qiymatlar ro‘yxati mavjud.

  3. PaletteCustomColors – bunda ham komponentaning infografikani ko‘rsatadigan shaklini tanlash mumkin. Ammo foydalanuvchi o‘zining rangi tanlashimi mumkin. Bunda maxsus muloqot oynasi aosida palitraga turli ranglarni qo‘shish mumkin.

  4. Annotations – bunda komponentaga izohlarni yozish mumkin. Buning o‘zining xususiyatlari maxsus muloqot oynasi yordamida o‘rnatiladi.

  5. ChartAreas – bu xususiyat orqali komponentaga bir nechata chart infografika joylashtirish mumkin. Buning ham o‘zi mos xususiyatlarini mos muloqot oynasi bilan o‘rnatish lozim.

  6. Legends – infografikaga keltirilgan qiymatlarining joylashish maydoni. Buni ham maxsus muloqot oynasi asosida tahrir qilish mumkin

  7. Series – bu xususiyat asosiy bo‘lib, infografikaning qiymatlarini belgilovchi, har bir qiymat tegishliligini bildiradi. Buning uchun maxsus mulovot oynasi mavjud. Bunga to‘liqroq to‘xtalib o‘tamiz.

  8. Titles – komponentalarga joylashtirilgan infografikalarga sarlavha qo‘yish uchun ishlatiladi. Uning maxsus muloqot oynasi orqali ishlov berish orqali shrnatish mumkin.

Series – bu komponentaga qiymatlarni qo‘shish va uni tasvirlash uchun xizmat qiladi. Komponentaning ichiga joylashtirilgan sohani tahrirlash uchun ishlatiladi. Unga bosganda quyidagi muloqot oynasi chiqadi.
12.9-rasm. Tahrirlash oynasi.
Bu oynda yangi qiymatlar maydoni qo‘shish uchun [Add] tugmasi va uni o‘chirish uchun [Remove] tugmasi ishlatiladi. Infografikaning asosiy xususiyatlarini boshqarish uchun o‘ng tomondagi xususiyatlar panelidan foydalanish mumkin. Unda infografikani taxhrirlash uchun zarur bo‘lgan barcha xususiyatlar bor. Ulardan biri bu ChartType bo‘lib, infografikaning turlarini belgilash uchun xizmat qiladi. Uning turlari quyidagi 12.10-rasmda keltirilgan.

12.10-rasm. Infografikaning turlari
Shuningdek, infografikaning maʻlumotlari, yozuvlari, qiymatlari, maydoni, qiymat turlari, chegaralari bilan ishlash xususiyatlari xam muvjud. Odatda bu xususiyatlarni dasturlash orqali dastur fragmentlarida o‘rnatish fa foydalanish dasturchiga qulay hisoblanadi. Ammo vizual dusturlashning imkoniyatidan foydalanish uchun buni ham ishlatishni o‘rganish lozim.
Funksiyalarni grafiklarini qurish. Infografika komponentasiga mos ravishda funksiyalarni grafikgini chizish usullari ko‘rib chiqamiz.
Matematik funksiyalarni grafiklarini chizish uchun avval shu funksiyalarni bir sinfga yaratib olamiz.

Bu ko‘rinishda matematikaning barcha funksiyalarini yaratib olish yoki


to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanish mumkin.
Chart komponentasiga grafikni chizish uchun Form1_Load hodisasiga quyidagicha algoritmni yozamiz.
Agar dasturni ishlatsak, bir 𝑥2 funksiyaning grafigini chizish imkoniyatini beradi.

12.11-rasm. 𝑥2 funksiyaning grafigi.



Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin