Tirik organizimlarda moddalar almashinishining bir-biriga bog'liqligi Reja


Moddalar almashishining bir-biriga bog’liqligi



Yüklə 18,93 Kb.
səhifə2/3
tarix18.03.2023
ölçüsü18,93 Kb.
#88709
1   2   3
Tirik organizimlarda moddalar almashinishining bir biriga bog\'liqligi

Moddalar almashishining bir-biriga bog’liqligi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog’liq bo’lgan ikki jarayon,yani assimilyatsiya va dissimilyatsiya orqali o’tadi. Bular anobolizm va katobolizm deb ham ataladi.
Ovqat moddalari tarkibiy qisimlarining hujayralarga o’tishi assimilyatsiya yoki anabolizm debataladi. Bu jarayon natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular ko’payadi. Organizm qancha yosh bo’lsa, unda assimilyatsiya jarayoni shuncha faol o’tadi. Bu esa yosh organizmning o’sishi va rivojlanishini ta’minlaydi
Hujayralar eskirgan tarkibiy kismlarining parchalanishi (emirilishi) dissamilyatsiya yoki katabolizm deb ataladi. Buning natijasida energiya hosil bo’ladi va bu energiya assimilyatsiya jarayoni uchun sarflanadi. Dissimilyatsiya jarayoni natijasida hosil bo’gan qol diq moddalar ayirish organlari orqali tashqariga chiqariladi (karbonat angidrit, suv, azot qoldiqlari va boshqala).
[2]Rajamurodov Z.T., Rajabov A.L. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi”
T. Tib. Kitob. 2010 y ( INV-U-7127 )
Tirik organizmlarda moddalar almashinuvi. Shunday qilib, odam organizmida assimiliyatsiya va dissimi-lyatsiya jarayonlari bir-biriga bogliq holda davom etadi. Soglom bo’gan katta odamlarda bu ikkala jarayonlar bir-biriga teng muvoza-natda bo’ladi. Yosh organizimda assimilyatsiya jarayoni ustunroq bo’-lib, buning natijasida o’sish va rivojlanish ta’minlanadi. Keksa odam-lar organizmida esa dissimilyatsiya jarayoni ustun bo’ladi. Shuning uchun ham keksalarning terisi salqin bo’lib, yuzlarida ajin paydo boladi, tana muskulari o’shashib, ularning hajmi kichirayadi va qorni osilib qoladi. Ogir kasalliklar vaqtida dissimilyatsiya jarayoni kuchayadi. Shuning uchun, hatto yosh odamning rangi so’liydi, terisi quriydi, yuzida ajinlar paydo bo’ladi, muskullari bo’shashadi, tana massasi kamayadi.
Demak, organizmda assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari uzluksiz davom etadi. Ilmiy tadqiqotlarda aniqlanishiga qo’ra, odam tanasidagi har xil to’qima va tarkibiy qisimlarning yangilanish muddati turlicha bo’ladi. Masalan, jigar to’qimasi va qon zardobining oqsillari 20 kun davomida butunlay yangilanadi, tana muskularining oqsillari 180 kunda yangilanadi. Umuman odam tanasidagi hamma to’qimalar tarkibidagi oqsilarning yarmi har 80 kun davomida yangilanib turadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qaysi bir to’qima va organ qanchalik faol ish bajarsa, harakat qilsa, uning tarkibiy qisimlari yangilanshi shunchalik tez sur’atlarda bo’ladi. Binobarin, jismoniy mehnat, fizkultura va sport mashgulotlari odam tanasidagi to’qimalarning tez yangilanishi, organizmning yosh, soglom va tetik saqlanishiga olib keladi.
[3]Nuriddinov.E.N. “Odam fiziologiyasi” T. “A’loqachi” 2005 y. (INV-U-6385)

Yüklə 18,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin