Tirik organizmlarda moddalar almashinuvi. Tiriklikni ilmiy asosda o’rganish boshlanganidan beri turli olimlar tomonidan uni turli ko’rinishda tasniflashga harakat qilingan. Hozirda butun tiriklik olamini sistemaga solishda bir necha tamoyillarga amal qilinadi. Ayni damda tirik organizmlarning zamonaviy klassifikatsiyasi ierarxiya tamoyiliga asoslanadi. Ierarxiyaning turli darajalari turlicha nomlanadi. Ayni damda tirik organizmlar quyidagi asosiy birliklar bilan tasniflanadi: dunyo, tip yoki bo’lim, sinf, turkum, oila, urug’ va tur.
Odam tashqi muhitdan ovqat va suv qabul qilishi,organizimda uning o’zgarishi,hazm qilinishi,hosil bo’lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi deb ataladi. Ovqat tarkibidagi organik moddalning kimiyoviy,mehanik,termik o’zgarishi natijasida ulardagi potentsial energiya issiqlik,mexanik va elektr energiyasiga aylanadi. Hosil bo’lgan energiya hisobiga to’qimalarva organlar ish bajaradi,hujayralar ko’payadi, ularning eskirgan tarkibiy qisimlari yangilanadi yosh oganizim o’sadi va rivojlanadi.Ana shu energiya hisobiga odam tana haroratining doimiyligi taminlanadi
Shunday qilib, moddalar va energiya almanashinuvi bir biriga chambarchas bog’liq. Tirik organizmda moddalar va energiya almashinuvi uzluksiz davom etibturadi, yani moddalar va energiya almashinuvi tirik organizmning yashash belgisi hisoblanadi. Tirik organizmning fiziologik hususiyati bo’lgan bu jarayonlar materiya va energiyaning saqlanish qonuni asosida o’tadi. Bunda moddalar va energiya yo’qolmaydi, balki bir turdan ikkinchi turga aylanadi[4].
Foydalanilgan adabiyotlar: OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Rajamurodov Z.T., Rajabov A.L. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. Tib. Kitob. 2010 y ( INV7127
Nuriddinov.E.N. “Odam fiziologiyasi” T. “A’loqachi” 2005 y. (INV-U-6385)