Tirik organizmlar ko'payishining tabiatdagi ahamiyati raximova Nilufar Bozorboyevna Navoiy viloyati, Karmana tumani, 14-maktab Annotatsiya



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix18.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#99762
1   2   3
tirik-organizmlar-kopayishining-tabiatdagi-ahamiyati

Keywords:
reproduction, cells, fungi, animals, plants, vegetative reproduction, 
mitosis, meiosis. 
Organizm 
(yunoncha “organon” - "aʼzo, asbob") individual yashayotgan 
tizimdir. Organizmlar oziqlanish, oʻsish, koʻpayish, tashqi taʼsirlardan 
reaksiyalanishga qodir hisoblanadi. Organizm bir yoki bir nechta hujayradan iborat 
boʻlishi mumkin. Hujayralari tipiga qarab, organizmlar prokariot yoki eukariot 
guruhlarga ajratiladi. Prokariotlar shartli ravishda ikki ust olam: bakteriyalar va 
arxeylarga boʻlinadi. Eukariotlarga zamburugʻlar, hayvonlar va oʻsimliklar kiradi. 
O’zbekiston milliy ensiklopediyasida organizmga quyidagicha ta’rif berilgan: 
Organizm
(lotincha “organizo” - xushbichim qilaman) - jonsiz materiyadan bir 
qancha xususiyatlari bilan farq qiladigan tirik mavjudot. Koʻpchilik organizmlar 
hujayra tuzilishiga ega. Yaxlit organizmning shakllanishi shunday jarayonki, 
ontogenez va filogenezda strukturalar (hujayralar, toʻqimalar, organlar) va 
funksiyalar differensiyasi va integratsiyasi sodir boʻladi. Differensiya bu tirik 
organizmlarning ajralishi bo’lsa, integratsiya ularning qo’shilishidir. Bundan tashqari, 
barcha tirik organizmlarga xos bir jarayon borki, bu organizmlarning ko’payish 
xususiyatidir.
Ko‘payish barcha tirik organizmlarga xos xususiyatlardan biri hisoblanadi. 
O’simliklar asosan uch xil: vegetativ, jinssiz va jinsiy yo‘llar bilan ko‘payadi. 
Vegetativ ko’payish - vegetativ organlar orqali yoki tana qismlari orqali 
ko'payishdir. Jinssiz ko'payish - sporalar yordamida ko‘payish. Jinsiy ko'payish - 
jinsiy hujayralar ( gametalarning qo‘shilishi orqali ko‘payish. 
Vegetativ ko'payishning eng ko‘p tarqalgan tabiiy usullari quyidagilar: 
Ildizpoya orqali ko'payish . Talaygina ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklar ildizpoyalari 
yordamida vegetativ ko‘payadi. Ildizpoyalari kalta va bo‘g‘in oralig’i qisqa bo‘lgan 
o‘simliklarda (masalan, ajriq, g‘umay, tog‘rayhon, kiyiko‘t va boshqalar) kurtaklar 
bir-biriga yaqin turadi, shuning uchun ham yerusti novdalari g‘uj bo’lib chiqadi. 
Ildizpoyalari uzun bo'lgan o‘simliklarda kurtaklar bir-biridan uzoq joylashgan, shu 
sababli ulardan chiqadigan yerusti novdalari tarqoq holda joylashadi (qamish, qiyoq 
va boshqalar). 
Tugunaklar yordamida ko'payish. O’zbekistonning adir va cho'llarida o‘sadigan 
zira (Bunium persicum), xashaki zira (qarg'aoyoq) va skorzonera o‘simliklari 
ildizpoyasining yerostida qalinlash (yo‘g‘onlash)gan qismi tugunak deb ataladi. 
Tugunaklarda o’simlik uchun zarur oziq moddalar to‘planadi va vegetativ ko'payish 
vazifasini bajaradi. Bunday ko‘payishni kartoshka va boshqa o’simliklarda ko'rish 
mumkin. Bu xildagi tugunaklar yerostida joylashgani uchun yerosti tugunaklari deb 
ataladi. 
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
12


Piyozboshlar (boshpiyoz) orqali ko‘payish. Markaziy Osiyo cho‘l, adir va tog‘ 
o‘simliklari orasida lola, nargis, chuchmoma, boychechak, liliya(piyozgul), piyoz 
kabilar piyozboshlar bilan ko‘payadi. Ba’zi o‘simliklarda piyoz kurtaklari barg 
qo’ltiqlari yoki to‘pgullarida hosil bo‘ladi. Sarimsoq va liliya singari o‘simliklarning 
piyozi mayda piyozchalardan iborat, ular to‘kilsa, und an yangi o‘simlik o‘sadi. Ba’zi 
o‘simliklarning gullarida urug‘ o’rnida kichkina bargli novdalar hosil bo‘ladi va 
keyinchalik ona o‘simlikdan uzilib ildiz chiqaradi (masalan, qo‘ng‘irbosh) . Bunday 
o‘simliklar bolalovchi (tirik tug'ar) o‘simliklar deb ataladi. 
Jinssiz ko'payish tuban va yuksak sporali o 'simliklar (suvo'tlar, zamburug'lar, 
qirqbo'g'inlar va paporotniklar) hayotida uchraydi. Jinssiz ko'payish maxsus hujayra - 
spora yoki zoospora yordamida sodir bo'ladi. Spora va zoospora ona hujayra ichida 
mitoz yoki meyoz - reduksion (lot. re - yangitdan, produksio- mahsulot) yo‘l bilan 
hosil bo'ladi. 
Spora yetiladigan organ sporangiy, zoosporalar yetiladigan organlar esa 
zoosporangiy deb yuritiladi.
Sporangiy bir hujayrali va ko'p hujayrali bo'lishi mumkin. Bir hujayrali 
sporangiy tuban o'simliklarda, ko'p hujayrali sporangiy yuksak sporali o'simliklarda 
uchraydi. Yosh sporangiy ichida bitta hujayra (to'qima) meyoz yo'l bilan bo'linib, 
sporalar hosil qiladi.
Sporalar yetilgandan keyin sporangiy devori yirtiladi va undan otilib chiqqan 
yengil, juda ham mayda sporalar shamol vositasida tarqaladi. Nam yerga tushgan 
spora o'sib yangi individga aylanadi. 
Sporalar ba’zi suv o'tlar (qizil suv o'tlar), zamburug'lar, yuksak o'simliklardan: 
yo'sinlar, qirqquloqsimonlar (paporotniksimonlar) va qirqbo'g'insimonlarda uchraydi. 
Spora yordamida ko'payish xususiyatiga ega bo'lgan o'simliklar sporali o‘simliklar 
deb ataladi. 
Jinsiy ko'payish. Tuban rivojlangan o'simliklarda jinsiy ko'payish ikkita 
harakatchan jinsiy hujayra - gametalar (yunon. jinsiy hujayra) protoplazmasi va 
yadrolarining bir-biri bilan qo'shilishi, ya’ni kopulatsiya (lot. kopulasio - juftlashish) 
natijasida vujudga keladi. 
Ko'pchilik o'sim liklarda jinsiy hujayra - gameta maxsus gametangiy (yunon. 
angeyon - nay)da yetiladi. Tuban o'simliklarda bir hujayrali,yuksak o'simliklarda 
ko‘p hujayrali gametangiy taraqqiy etadi.
Gametalar yetilgandan so‘ng gametangiy devori b o ‘rtib yirtiladi va ular suvga 
chiqadi. Suvda ular qo‘shiladi va zigota hosil qiladi. Zigota ichida, avvalo, 
gametalarning sitoplazmasi (protoplazmasi) qo‘shiladi, bu hodisa plazmogamiya deb 
ataladi, keyinchalik ularning yadrolari qo‘shiladi - bunga kariogamiya deb ataladi.
Zigota tinchlik davrini o'tgandan so‘ng, uning diploid (yunon. diploos - 
qo'shaloq) yadrosi reduksion (meyoz) bo‘linib, xromosomalar soni ikki barobar 
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
13


kamayadi. Shundan so‘ng gaploid davr boshlanadi. O’simliklarda bir necha xil 
gametalar bo’ladi, shunga ko‘ra, bir necha xil jinsiy ko‘payish uchraydi. 
1. Xologamiya (yunon. xolos - butun, gameo - qo’shilish) yo‘li bilan ko'payish 
ba’zi bir hujayrali organizmlarda uchraydi. Ularda maxsus gametalar bo‘lmaydi, 
shuning uchun jinsiy ko'payish bir -biriga o'xshash vegetativ hujayralarning 
qo'shilishi natijasida sodir bo'ladi. 
2. Izogamiya (yunon. izos - teng, gameo - qo'shilish) ko'payishning eng sodda 
shaklidir. Jarayon morfologik jihatdan farq qilmaydigan harakatchan gametalarning 
bir - biri bilan qo'shilishidan iborat.
Izogamiya suvo'tlarda ( xlamidomonada,ulotriks, qo'ng'ir suvo'tlardan fukus) va 
tuban zamburug'larda ko'rinadi. 
3.Anizogamiya yoki geterogamiya (yunon. anizos- notekis, tengsiz, geteros - 
turlicha, gameo -qo'shilish), ya’ni shakli har xil, biri kichikroq va serharakat, 
ikkinchisi kattaroq va sust harakat qiluvchi gametalarning bir-biri bilan qo‘shilishiga 
anizogamiya yoki geterogamiya deb ataladi. 
Yuksak o'simliklardan moxlar(yo'sinlar)da gametofit ustun, qirqquloqlar va 
qirqbo’g’imlarda esa sporofit ustundir. O’simliklarning urug'lar yordamida 
ko'payishi. Urug'lar yordamida ko'payish ochiq urug'li va yopiq urug'li o'simliklarga 
xos. Ularda urug'lar yangilanish, ko'payish va tarqalish organi bo'lib xizmat qiladi. 
Urug'lar ko'p miqdorda hosil bo'ladi, tarqaladi va ulardan yana o'shanday o'simliklar 
vujudga keladi. 
Xulosa qilib aytganda, tirik organizmlar qanday ko’payishidan qat’iy nazar, ular 
uchun ko’payish juda ham muhim sanaladi. Boisi, 
biologiyada koʻpayish - barcha 
mavjudotlarning oʻziga oʻxshash organizmlar hosil qilish orqali oʻz hayoti 
uzluksizligi va uzviyligini taʼminlashidir.
Ko’payish muddati va tezligi harorat, kun uzunligi, oziq miqdori va tashqi 
muhitning barcha omillari bilan bogʻliq. Yuksak hayvonlarda ko’payish organlari 
faoliyati nerv sistemasi va ichki sekretsiya bezlari tomonidan boshqarib turiladi. 
Shunday qilib, bakteriyalardan tortib eng katta sut emizuvchi hayvonlar ham, suvda 
suzuvchi baliqlar-u osmonda uchuvchi qushlar ham ko’payish xususiyati orqali o’z 
naslini saqlaydi va tabiatda doimo yashaydi. Bu jarayon tabiatdagi zanjirning 
uzilmasligi uchun ham muhimdir.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin