Raqamli iqtisodiyot O'zbekistonda Dunyo mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda. Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko'plab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berishlari mumkin.
Lekin shuni ta'kidlash kerak-ki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya'ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin
ko'plab sohalardagi monopoliya;
internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;
axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada qolganligi;
fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi;
qonunchilikning shaffof emasligi;
axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;
axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;
axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;
boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi;
ilm-fan va ayniqsa aniq fanlarning rivojlanishi sustligi(yoki rivojlanishdan to'xtab qolganligi).
Yuqorida keltirilgan muommolar bosqicha-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib chiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda biri bo'la oladi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida quyidagilarga erishildi: 2022-yilda IT-Park rezidentlari soni 1122 tani tashkil etdi, shundan 165 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi IT-kompaniyalar hisoblanadi.
IT-Park rezidentlari tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 5,1 trln. so‘mga (o‘sish 2 barobar), eksport qilingan xizmatlar hajmi esa 123,0 mln.dollarga (o‘sish 2,7 barobar) yetkazildi.
Bugungi kunda Jizzax, Sirdaryo, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlarida, Toshkent viloyati, Toshkent shahri hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida jami 17 ta masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish markazlari tashkil etildi.
Hozirgi kunga qadar ushbu markazlarda 400 dan nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi