Titul mundarija I. Kirish


Zamonaviy mutaxassis shaxsining ma'naviy va iqtisodiy shakllanishi



Yüklə 124,08 Kb.
səhifə4/7
tarix24.12.2023
ölçüsü124,08 Kb.
#193371
1   2   3   4   5   6   7
1 mavzu

1.3. Zamonaviy mutaxassis shaxsining ma'naviy va iqtisodiy shakllanishi
Bugungi kunda Respublika hukumati tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning asosiy maqsadi xalimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ekanligini e’tirof etish also mubolag’a bo‘lmaydi. Raqamli iqtisodiyot bilan shug’ullanuvchi, ilm-ma’rifatli kadr – bu bugungi kunimizning ilg’or vakilidir. Aristotel, agar biz axloq bobida emas, ilm bobida ilgarilab borayotgan bo‘lsak, unda biz oldinga emas, orqaga ketayotgan bo‘lamiz, - deb ta’kidlagan edi. Ya’ni b soha vakillari ilm bobida, zamonaviy texnologiyalarni bilish borasida o‘z zamondoshlaridan ilgarilab ketgan bo‘lsalar-u, biroq axloq borasida, ma’naviyat borasida ortda qolayotgan bo‘lsalar, o‘z tili, milliy mentaliteti, milliy qadriyatlarini bilish borasida ortda qolayotgan bo‘lsalar, unda ulardan mahalliy kadr sifatida kutilayotgan natijalarga erishish mushkul. Shuning uchun bu soha kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tarbiyalash sohaga munosib kadr sifatida shakllantirish uchun ularning shaxsiy psixologik, ma’naviy salohiyatiga ham jiddiy e’tibor qaratish lozim. Raqamli iqtisodiyot sohasida xizmat qiluvchi kadrlarni o‘z sohasini yaxshi bilishi bilan birga ular ilm ma’rifatli bo‘lishi, o‘z o‘tmishini, o‘tmish mutafakkirlarini ma’naviy merosini yaxshi bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini anglay oladigan bo‘lishlari kerak. Respublikamiz deyarli barcha sohalarida sog’lom ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiysiyosiy muhitning hukm surishi, xalqimiz, millatimiz, mamlakatimizning porloq istiqboli, avvalo shu vazifaning bajarilishiga bog’liq. Kadrning u yoki bu kasbga tayyorligi juda ko‘p jihatlarni mujassamlashtiradi. Ya’ni xodim, malakali kadr sifatida, kasbga huquqiy, jismoniy, siyosiy, pedagogik, tibbiy yoki boshqa jihatlariga ko‘ra tayyor bo‘lishi zarur. Uning tayyorgarlik darajasini ma’lum bir me’yoriy xujjatlar bilan aniqlash mumkin. Biroq har qanday kadr uchun eng ahamiyatli bo‘lgan jihat, uning kasbga psixologik tayyorligini belgilashning yagona me’yori yo‘q. Shuning uchun ham kadrning kasbga psixologik tayyorligi masalasi azaldan eng murakkab masalalardan biri bo‘lib kelgan. Shu muammoli masalaning hal etilishi, ham shaxsning, ham u a’zo bo‘lgan jamoaning rivojlanishini ta’minlovchi eng muhim omil hisoblangan. Bunday mulohazalar kadrni muayyan kasbga tayyorlash masalasi naqadar ahamiyatli va uning tarixi insoniyat tarixi bilan teng. Kadrning individual-psixologik xususiyatlarini adekvat baholash zarurati , boshqa har qanday sohada arifmetik progressiya bo‘yicha ortayapti desak, “ Odamodam” kasb klassifikatsiyasiga mansub xizmat idoralari, kadrlari uchun bunday zarurat geometric progressiya bo‘yicha ortmoqda. Har bir sohani malakali mutaxassis bilan ta’minlash muammosi birdaniga hal bo‘ladigan, bir shaxs yoki muayyan jamoa ishi emas. “ Kadrlar tayyorlash uzoq vaqt davom etadigan jarayon bo‘lib, u har birimizdan astoydil, betinim, izchil mehnat qilishni talab etadi ”. Buning uchun sohaga taalluqli bo‘lgan barcha bo‘g’inlar ishini muvofiqlashtirish, ular faolligini malakali kadr tayyorlash maqsadiga yo‘naltirish lozim. Eng qimmat mahsulot bo‘lmish kadrlarni tayyorlash muammosining yechimlaridan biri, ularning ruhiy-ma’naviy olamini boyitishdir. Bu esa o‘z ustida uzluksiz ishlashni taqoza qiladigan, “ igna bilan chuqur qazish ”dek mashaqqatli, lekin, kadr uchn bajarilishi shart bo‘lgan tadbirlardan hisoblanadi. Ma’lumki, raqamli iqtisodiyot sohasida kadr muayyan vazifani bajarishida, uning shu faoliyatiga bo‘lgan motivatsiyasi muhim ahamiyatga ega. Motivatsiya ikki turga bolinadi: 1. Tashqi ijtimoiy ahamiyatli; 2. Ichki shaxsiy ahamiyatli. Birinchi turdagi motivatsiyalar ma’lum bir muddat yoki qisqa muddatga kuchli bo‘lishi mumkin, lekin ichki shaxsiy ahamiyatli motivatsiyalar istiqbolli hisoblanadi. Shuning uchun joylarda raqamli iqtisodiyot bilan shug’ullanuvchi kadrlarni tanlab olish va joyiga qo‘yishda, ularning shaxsiy manfaatdorligini oshirish, ma’naviy-ruhiy yetukligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish kerak. Ichki shaxsiy ahamiyatli motivatsiyalarga uning moddiy va shaxsiy manfaatdorligi, e’tiqodi, yo‘nalish xususiyatlari kiradi. Bu borada xorijiy davlatlarda yetarlicha tajribalar ortirilgan. Masalan, o‘tgan asrning 70-yillariga kelib, xorijiy davlatlarda shaxsni o‘rganish bo‘yicha, kadrni tanlash baholash, undan o‘rinli maqsadlarda foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi maxsus markazlar, nomzodni o‘rganish byurolari tashkil qilingan. Mazkur markazlarda shaxsning alihida jihatlarini baholashga mo‘ljallangan psixodiagnostik vositalar jamlangan. Ular aprobatsiya qilinib, shaxsni o‘rganish metodlari, intellectual testlar tizimiga solingan. Biroq bizda xorijiy davlatlaridagidek, sharoit va imkoniyatlar yo‘q. Maxsus ma’lumotga ega, yuqori malakali mutaxassislar taqchilligi mavjud. Mentalitet, milliy va hududiy tafovutlar ham, ularda erishilgan yutuqlarni to‘g’ridan – to‘g’ri joriy etishda jiddiy muammo tug’diradi, hatto ziyon yetkazishi ham mumkin. Shunday ekan, bizning o‘z usulimiz, yo‘limiz bo‘lishi kerak. Ta’kidlash joizki, bu kabi markazlarda amalga oshirilayotgan ishlar biz uchun, bizning mentalitetimiz uchun yangilik emas. Faqat, “ Yar qanday yangilik-bu yaxshi unutilgan eskilikdir ” deyilganidek, biz o‘z ajdodlarimiz meroslariga nazar tashlasak, ular bilan yaqindan tanishadigan bo‘lsak, oldimizda turgan muammoning yechimiga oid ko‘plab ma’lumotlarni ko‘ramiz. Shuni unutmasligimiz kerakki, hech kim hech qachon chetdan kelib bizning ishimizni o‘nglab, og’irimizni yengil qilib, muammolarimizni yechib bermaydi. O‘z hayotimizni o‘zimiz ashkil etishimiz, barcha muammolarni o‘zimiz hal qilishimiz lozim. Buning uchun avvalo o‘zimiz o‘qishimiz, o‘rganishimiz, yetuk kadr sifatida shakllanish, Insoniyat taraqqiyotining hozirgi holatida, bugungi kun qadrini bilishda, avallari bo‘lganidek, shaxsiy tajriba, sog’lom fikr kabilar kamlik qiladi. Buning uchun har yoqlama bilimga ega bo‘lish lozim. Bunday bilimlarni o‘zlashtirish uchun kuchli iroda, qunt, sabr, o‘z ustida muntazzam ishlash, kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishga erishish lozim. Bu faoliyatning muvaffaqiyati shaxsning ichki ijobiy motivatsiyasiga, ma’naviy-ruhiy tayyorligi, mafrasiga ko‘p jihatdan bog’liq. Xulosa o‘rnida aytish joizki:  kadrlarni tayyorlashda, ularning kuchiga kuch qo‘shadigan, vaqti kelganda, hal qiluvchi omilga aylanadigan ma’naviy-ruhiy tayyorgarligi, ularnig baquvvat iroda, faol hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lishi, eng muhimi, xizmat sohasini chuqur anglashi va tushunishi kabilar asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.  buning uchun, bo‘lajak kadrlarni tayyorlashda, ularga milliy qadriyatlarimiz bo‘lmish xalqimiz tarixi, ajdodlarimiz merosi, ularning umumbashar sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulushi , u yoki bu ilm sohasida olamshumul yutuqlari kabilar haqidagi asosli ma’lumotlar bilan qurollantirish, demak bunday ma’lumotlarni yana ham ko‘proq chop etish va o‘quvchilar e’tiboriga yetkazish kerak.  o‘zini ham, mamlakatimizni ham porloq istiqbolga olib boruvchi “ ko‘prik ” ni mustahkam qurilishiga o‘zining munosib ulushini qo‘shish kabilar,har qanday kadr uchun u bajarayotgan vazifaning “ Ichki shaxsiy ahamiyatli motivatsiya ”larga aylanishini ta’minlaydi. Bu esa har bir kadrning kasbga ma’naviy-ruhiy tayyorgarligining asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 124,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin