I V.Yangi mavzu bayoni. Yangi mavzu kompyuterda amaliy topshiriqlarni bajarish asosida guruhlar bellashuvi asosida olib boriladi. Buning uchun o’quvchilar guruh a’zolari bilan yonma yon ish joylariga o’tirishadi va bir-biriga o’rgatadi hamda bilmaganlarini o’rgatib borishadi. Guruhlarga topshiriqlar bir xil beriladi. Soddaroq topshiriqdan boshlanadi
1-topshiriq. Darslikdasi 1-mashq asosida svetofor rasmini chizish (5 daqiqa vaqt beriladi). O’quvchilarga dastlab sodda topshiriqlar beriladi. Rasmni chizib tugatgan o’quvchilar qo’shimcha rasmlarni chizishadi. Topshiriq yakunlanib natijalar tez tahlil etiladi. Har bir o’quvchiga ishiga yarasha ballar yozilgan kartochkalr tarqatiladi. Guruh uchun har bir o’quvchi o’z balini qo’shib boradi
2 -topshiriq. Milliy naqshlar ko’rgazmasi taqdimoti namoyish qilinadi va O’quvchilarga milliy hunarmandchilik va ganjkorlikda ishlatiladigan naqshlarimiz dunyoda beqiyos ekanligi haqida gapiriladi. Va bu milliy boyligimizni asrab avaylash, usta hunarmandlar ishini davom ettirish aytib o’tiladi.
Navbatdagi topshiriq beriladi. Quyidagi naqshni nusxalash, joylashtirish, burish va akslantirish amallaridan foydalangan holda bajaring. O’quvchilarga bajarish tartibi tushuntiriladi: dastlab naqshning faqat shu qismini yasash kifoya, qolgan tasvirlar nusxalash, joylashtirish, akslantirish, burish amallari orqali bajariladi.
T opshiriqni yakunlab “Eng mohir naqqosh” aniqlanadi, o’quvchilar ishlariga ballar beriladi.
VI. Mavzuni mustahkamlash. Amaliy topshiriqlar bo’yicha o’quvchilar mavzu bo’yicha bilimlaridagi bo’shliqlarni to’ldira oldilarmi? Bu savolga javobni “Ha yoki yo’q” o’yini yoki tezkor slayd test yoki onlayn test orqali aniqlanadi va mustahkamlanadi
“Ha yoki yo’q” o’yini: o’qituvchi oldindan tayyorlangan mulohaza shaklidagi gaplarni o’qiydi va o’quvchilar gaplarning tartib raqamini va shu mulohazaga mos “ha” yoki “yo’q” tasdig’ini yozib boradilar. Hamma mulohazalar o’qib bo’lingach, to’g’ri javoblar tekshiriladi. Har bir to’g’ri javob uchun 1 balldan qo’yiladi. Natijalarni o’quvchilar o’z-o’zini tekshirish asosida aniqlahsadi
1.Paint dasturi yordamida chizilgan rasmni “tahrir” menyusi yordamida saqlash mumkin. — “yo’q”
2. Paintda chizilgan rasmni ctrl+ shift+ N tugmachalri yordamida tez o’chirish mumkin. —“ha”
3. Paintda rasmni nusxalash mumkin. —“ha”
4. Paintda rasmni burib bo’lmaydi, — “yo’q”
Onlayn test va slayd testlar ilova qilingan.
Mustahkamlash o’yinlari asosida ballar beriladi