1. Qaror qabul qilishda me’yorlarni shakllantirish va majmuaviy muammolarni o’rganish. Tizim to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lish maqsadida, tizimli tahlilni usullarini tadbik etishi bo’yicha barcha me’yor va talablarini tizimli tahlil texnalogiyasi o’zida mujassam etgan bo’ladi. E’tiborni qaratish lozimki, tizimli tahlil xilma-xillik jixatidan farqlanganligi sababli, u istiqbolli tadqiqot usuli hisoblanadi.
Tizimli tahlilni amalga oshirish jarayonida quyidagilarga yo’l qo’ymaslik lozim:
fikrlarning keng yoyilib ketishi (tahliliy manba kiska bo’lishi kerak. Unda tekshirilmagan, sharhi bo’lmagan dalillar joy olmasligi darkor);
ob’ektiv dalillar bilan tasdiqlanmagan sub’ektiv muloxazalarga yo’l qo’ymasligi;
tahliliy manbaning asosiy mazmuniga taalluqli bo’lmagan masalalarni bayon etmaslik va b.
Tahlilni amalga oshiruvchi mutaxassis metrik usullar vositasida jamlangan axborotdan o’zining mahsulini yaratadi. Bunda, tafakkur operatsiyalari amaliy mazmun kasb etadi. Negaki, tahlil tafakkurning mantiqiy usuli sifatida maydonga chiqadi. Bu esa mavhum tushunchalar yordamida va bir-biri bilan mustahkam bog’langan tafakkur operatsiyalari: mavhumlashtirish, umumlashtirish va shu kabilar yordamida amalga oshiriladi.
Anglash jarayonida analiz va sintez muhim o’rin tutadi va uning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Anglashda tasavvur qilish, ilmiy fantaziya va his qilish xam muhim o’rin tutadi. Ular tahlilni amalga oshiruvchiga tafakkur faoliyatini faollashtirish va qat’iy mantiqiy jihatdan ko’rib chiqilmaydigan u yoki bu dalilni anglash imkonini beradi. Bularning barchasi ijodiy jarayon tushunchasida umumlashadi. Tabiiyki, ijodiy jarayon faollikni, tahlilni amalga oshiruvchining bilim va kobiliyatini safarbar kilishni talab qiladi. Ushbu safarbarlik ixtiyoriy jushkinlik va his-hayajonli holatda o’z ifodasini topadi. Ijodiy kamol topish, ichki his qilish va yuzaga keladigan holatni modellashtirish jumlasidandir. Bu o’z navbatida, tizimli tahlil metodologiyasiga oid bir qancha asarlarning muallifi bo’lgan A.Rыkovni quyidagi munosabatini keltirishni taqozo etadi: “Tizimli tahlilda modellashtirish haqida gap ketganda, modellarni majbo’riy tarzda mikdoriy xarakterga ega bo’lishini ko’zlamaslik lozim. Model sifatli, verbal bo’lishi mumkin. Lekin, unda asoslab berilgan asosiy shartlar va gipotezalar ajratilgan bo’lishi shart. Modelning makbulligi, birinchi navbatda, uning asosiy shartlariga rioya etilganligida namoyon bo’ladi”24.Tahlil, nafakat boshqaruvni amalga oshirishda, balki ijtimoiy xayotni turli davrida har bir inson tomonidan amalga oshiriladi. Ammo, pedagogik faoliyatda tahlil ilmiy, ilmiy-pedagogik, ilmiy-kasbiy mazmun kasb etib, pedagogik jarayonni samaradorligini oshirish uchun xizmat kilishi lozim.
Tahlil, faoliyat sifatida sohaviy rivojlanayotganligi tufayli doimiy ravishda yangi tahliliy yo’nalishlar yuzaga kelmokda. Bugungi kunda siyosiy soha tahlilchisi, iqtisodiy soha tahlilchisi, harbiy soha tahlilchisi, madaniy soha tahlilchisi kabi tushunchalarni ilmiy mulokotga kiritilishi bejiz emas. Yaqin kelajakda, ta’lim-tarbiya sohasining tahlilchisi degan tushuncha zamirida, pedagogik tizim faoliyatini tizili tahlilini amalga oshirishga kodir bo’lgan mutaxasiss tushunilsa, ne ajab.
Tahlil turini qaysi birini qo’llashdan qat’iy nazar, uning natijasida biron bir shaklga ega bo’lgan manba tayyorlanadi. Pedagogik faoliyat doirasida bu taqriz, tezis, makola, raddiya, izoh, ma’lumotnoma, muloxaza yuritishda kat’iy bo’lmaslik. Tavsiyanoma, yo’riqnoma, ko’rsatma, maslahat tarzida bo’lishi mumkin. Agarda, aniq pedagogik vaziyat o’rganilsa, bunda ma’lumotnoma yoki tavsifnoma tayyorlanadi.
Pedagogik faoliyat tizimida tahlil ko’p funksiyalarni bajarib, zamonaviy pedagog pedagogik jarayon davomida yuzaga keladigan real (shu jumladan ehtimolli) vaziyatlarni ta’lim-tarbiya berish manfaatidan kelib chiqqan holda tahlilini amalga oshira olishi, pedagogik jamoada, jamiyatda zamonaviy pedagog imijini shakllantirishi uchun muhim hisoblanadi.