Tizimli tahlil asosida qabul qilingan qarorlarni ijrosi



Yüklə 36,66 Kb.
səhifə4/6
tarix20.09.2023
ölçüsü36,66 Kb.
#145346
1   2   3   4   5   6
Tizimli tahlil bo’yich baholash

Nazorat funksiyasi - rahbarning eng muhim vazifasidir. Rahbar qabul qilinadigan qarorlarning tashabbuskori bo’lganligi sababli u shu qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilishning ham tashabbuskori bo’lishi kerak. Qarorlarning ijro etilishini nazorat qilmaydigan rahbar o’zi ishlayotgan ishlab chiqarishga mas, balki boshqa korxonalarga ham zarar etkazishi, ya’ni ularning ishida kechikishlar, o’zilishlar paydo bo’lishiga sababachi bo’lishi mumkin.
Qarorni bajarilishini nazorat qilish xulosalar chiqarishni ham o’z ichiga oladi. Bundan maqsad qarorning haqiqiy natijasi va samarasini aniqlash, shuningdek, qaror qabul qilish vositalaridan foydalanish tajribasini umumlashtirishdir.
3.Qarorlarni bajarish sifatini baholash.
Ma’muriy yo’nalish vakillarining fikricha, agar boshqaruvning yaxshi formulasi topilsa, tashkilot bir maromda silliq ishlaydi. Mazkur yo’nalish bo’yicha nizolarni boshqarining tashkiliy usullari ishlab chiqilgan.

  1. Talabalarning aniq formulirovkasi. Disfunksional nizolarning oldini oluvchi boshqaruv metodlarining eng yaxshilardan biri-har bir konkret ishchining ish natijalariga bo’lgan talablarni tushuntirish, shu jumladan buni bo’linma (sex, brigada va h.)ga ham qo’llash, ishlarning bajarilishi qoidalarini, huquq va majburiyatlarini aniq va mukammal ifodalash.

  2. Koordinatsiya mexanizmlaridan foydalanish. Yakka hokimiyatchilik tamoyilining qat’iy saqlanishi nizoli vaziyatlarning katta guruhini boshqarishni osonlashtiradi. Chunki bu holatda xodim kimning buyrug’ini bajarish kerakligini aniq biladi. Agar qandaydir ishlab chiqarish masalasi bo’yicha ishchilarda kelishmovchilik kuzatilsa, ular “uchinchi hakamga” – ularning umumiy boshlig’iga murojat qilishlari mumkin. Ba’zi bir murakkab tashkilotlarda turli xil bo’linmalarda paydo bo’ladigan “manfaatlar kurashini” bartaraf etishga mo’ljallangan maxsus integral xizmatlar tashkil etiladi.

  3. Umumiy maqsadlarning o’rnatilishi, umumiy qadriyatlarning shakllanishi. Bunga tashkilotning siyosati, strategiyasi va perspektivalari haqida barcha xodimlarning xabardorligi ham yordam beradi, shuningdek turli bo’linmalardagi ishlarning holati haqidagi ma’lumotlar ham xodimlarga ayon bo’lishligi ijobiy natijalarni qo’lga kiritish imkonini beradi.

Umumiy maqsadlarning mavjudligi nizoli vaziyatlarda o’zlarini qanday tutish kerakligini tushunishlariga, nizolarning ijobiy ahamiyat kasb etishligiga olib keladi.

  1. Rag’batlantirish tizimi. Turli xil bo’linmalar va xodimlar manfaatlarining to’qnash kelishligining oldini oladigan mehnat samaradorligini mezonlarining o’rnatilishi. Maslan, agar mehnat texnika xavfsizligi xizmati xodimlarining mukofotlansa, ularning xavsizlik qoidalarni buzilishini aniqlash miqdoriga qarab mukofat berilsa bu narsa ishlab chiqarish va ekspulatatsiya xizmati bilan salbiy nizoning paydo bo’lishiga olib keladi. Agar aniqlangan buzilishlarning bartaraf etish uchun barcha xodimlar rag’batlantirilsalar, bu narsa nizolarning pasayishiga va havfsizlikning oshishiga olib keladi. Nizolarni boshqarish ularning qatnashchilari psixologiyasini hisobga olgan holda nizoli vaziyatlarning bartaraf etilishining shaxslararo usullarini ham qamrab oladi. Nizoning rivojlanishi hamisha uning qatnashchilarining paydo bo’lishiga olib keladi. Bu taxminiy harakatlarni qaror qabul qilish jarayonining emotsional holatni va xotiraning yo’nalganligi odamlarning ijtimoiy yo’nalganligini va ularning chiki normativ mehanizmlarini qamrab oladi. Bularning bari nizo qatnashchilarining o’zgarayotgan xulq-atvorida o’z aksini topadi.

Tizimli tahlil – jamiyat hayotining turli xil sohalarida paydo bo’ladigan muammolarni hal etish bo’yicha mavjud bo’lgan ilmiy metodlar va amaliy usullar to’plamidir. Bunda muammoning eng yaxshi echimini topish tizim faoliyati maqsadlarini aniqlashdan va tartibga solishdan boshlanadi.
Tizimli yondashuv – bu shunday yondashuvki, bunda har qanday tizim
(ob’ekt) o’zaro bog’liq bo’lgan elementlar (komponentlar) to’plamidir. Bu to’plam chiqishga (maqsad), kirishga (resurslar), tashqi muhit bilan aloqaga va qaytar aloqaga ega bo’ladi. Tizimli yondashuv boshqaruvga XX-asrning 50-yillarida amerikalik olimlar Ch.Bernard, P.Drakker, N.Viner, K.Shenonlar tomonidan kirib keldi.
Tizimli tahlilning qimmati shundaki, tizimli tahlil kategoriyalarini ko’rib chiqish qaror qabul qilishga nisbatan mantiqiy va ketma-ketlik yondashuvlari uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, muammolar uch toifa bo’ladi:

  • yaxshi tuzilmaga ega bo’lgan (well-structured), muammolar miqdoriy ifodalangan, aloqalar aniq ko’rsatilgan;

  • tuzilmaga ega bo’lmagan (unstructured), sifat jihatdan ifodalangan, muhim resurslar, belgilar ko’rsatilgan va aloqalar noaniq;

  • zaif tuzilmaga ega bo’lgan (ill-structured), aralash muammolar, ham miqdoriy, ham sifat ko’rsatkichlariga ega.

Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda tizimli yondashuv quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  1. Muammoli vaziyat tavsifi.

  2. Maqsadlarni aniqlashtirish.

  3. Maqsadlarga erishish mezonlarini ishlab chiqish.

  4. Qarorni asoslash uchun modellar to’zish.

  5. Qarorning optimal variantini izlash.

  6. Qarorni kelishish.

  7. Qarorni amaliyotga tayyorlash.

  8. Qarorni tasdiqlash.

  9. Qaror ijrosini boshqarish.

  10. Qaror samarasini tekshirish.

Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda vaziyatli yondashuv XX-asrning 60yillarida kirib keldi. Mazkur yondashuv boshqaruvni ma’lum holatlar doirasida adekvat harakatlarni talab etadigan konkret vaziyat sifatida talqin etadi. Rahbar qaror qabul qilishda quyidagi harakatlar algoritmini amalga oshirishi lozim:

    1. Vaziyatning o’ziga xosligi (tipik emasligi, alohidaligi).

    2. Mazkur vaziyat uchun konkret usullardan foydalanishning mumkin bo’lgan natijalarini prognoz qilish.

    3. Omillarni muhimligi jihatidan tartiblash (o’zgaruvchilar reytingi).

    4. Bosh o’zgaruvchi omillarga ta’sir ko’rsatish.

Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda intuitiv yondashuvda qaror “tarafdor” yoki “qarshi” tomonlarning fikrlarini tahlil qilib o’tirmasdan, his-tuyg’ular asosida qabul qilinadi. Ma’lumki, intuitsiya o’zlashtirilgan tajriba bilan rivojlanadi. Ba’zi kishilarning intuitsiyasi to’g’ri xulosa chiqarishda qo’l keladi. Biroq intuitiv yondashuv bilan chiqariladigan qarorlar har doim ham to’g’ri bo’lavermaydi. Shuning uchun bu yondashuvni boshqa yondashuvlar bilan birgalikda olib borish kerak bo’ladi. Noaniq vaziyatlarda qaror qabul qilishda mazkur yondashuvdan foydalaniladi.

Yüklə 36,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin