1.Qaror qabul qilishda me’yorlarni shakllantirish va majmuaviy muammolarni o’rganish. 2. Qarorlarni bajarish (ijro) tartibi. 3.Qarorlarni bajarish sifatini baholash. 4.Qabul qilingan qarorlarni ijrosi bo’yicha amaliy tavsiyalar. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Aqliy faoliyatga tayangan holda, vujudga kelgan pedagogik muammoni echish uchun ma’lum bir jarayonlar kechadi. Ya’ni muammoning vujudga kelishi va uni echishga oid bir necha bosqichlar mavjudligi nazarga tutilmokda. Faoliyat dinamik mazmun kasb etib, ishlab chiqarish oldiga qo’yiladigan navbatdagi vazifalarni bajarish jarayonida takomillashib (kengayib) boradi. Bu o’z navbatida, turli ko’rinish va mazmundagi muammolarni o’z vaqtida aniqlab (diagnostikasini, prognozini amalga oshirib), resurslardan manzilli foydalanishni takozo etadi.
Shu tariqa, faoliyat doirasida namoyon bo’ladigan muammoni tizimli o’rganish uchun, mutaxassis muhim hisoblangan xususiy jihatlarga e’tibor qaratishi lozim:
muammoli vaziyatning vujudga kelish tarixini bilishi lozim;
muammoni ijobiy echish uchun zaruriy choralarni qo’llash;
muamoni xal etish uchun tashkiliy va texnik asoslarini ishlab chiqish;
muammoning xal etish uchun me’yorlarni belgilash.
Tahlilni amalga oshirish davomida, me’yor deb, tahlilni amalga oshirish uchun tanlangan ob’ektning sifat va miqdoriy jihatlarini o’zaro bog’liqligi nazarga tutiladi. Bunda mazmun va shakl, imkoniyat va voqe’lik o’rtasidagi zaruriy uyg’unlik ta’minlanishi shart hisoblanadi. Chunki, faoliyat doirasida amalga oshiriladigan tahlilnig asosiy maqsadi shundan iboratki, mavjud struktura tizimda qanchalik samarali ishlashini aniqlashdan iborat. Tizimil tahlilda, tizimning tuzulishini, vazifasini, mavjud maqsadini aniqlash nazarda tutiladi. Ammo ikkala holat xam bir-birini to’ldirib turadi.