Tizimli tahlil asosida qabul qilingan qarorlarni ijrosi



Yüklə 36,66 Kb.
səhifə5/6
tarix20.09.2023
ölçüsü36,66 Kb.
#145346
1   2   3   4   5   6
Tizimli tahlil bo’yich baholash

4.Qabul qilingan qarorlarni ijrosi bo’yicha amaliy tavsiyalar.
Nizoli vaziyatlar bo’yicha qaror qabul qiluvchilarning tiplarini aniqlab beruvchi psixologik test o’tkaziladi. Bunda qaror qabul qiluvchilarning to’rtta orientatsiya (yo’nalganlik) tipi, ya’ni qaror qabul qiluvchilarning ishga yo’nalgan tipi, qaror qabul qiluvchilarning psixologik muhitga yo’nalgan tipi, qaror qabul qiluvchilarning subordinatsiyaga yo’nalgan tipi va qaror qabul qiluvchilarning o’z shaxsiga yo’nalgan tipi aniqlanadi. Testda tinglovchilarga 20 ta boshqaruvga taalluqli bo’lgan muammoli vaziyatlar beriladi. Har bir muammoli vaziyatda to’rt xil variantdagi javob mavjud. Tinglovchilar mazkur javob variantlaridan o’zlariga ma’qulini tanlaydi va natijada o’zlarining qanday tipiga aloqador ekanligini aniqlaydi. Mazkur metodikaning afzalligi shundaki, tinglovchilar o’zlarining pedagogik boshqaruv faoliyatlarida uchraydigan muammoli vaziyatlar bilan tanishadi va ularning optimal echimlarini topish ko’nikmasiga ega bo’ladi.
Muammoli vaziyatlar bo’yicha qaror qabul qilar ekan, tinglovchilar boshqaruv qarorlarini qabul qilishning tizimli, vaziyatli, intuitiv yondashuvlarni o’zlarida his etishadi.
Qaror qabul qilish jaraynida juda ko’plab omillarni, jumladan iqtisodiy, siyosiy, tabiiy, ijtimoiy omillarni ham inobatga olmoq zarur. Chunki ular ijroga ham u yoki bu tarzda ta’sir ko’rsatishi aniq.
Qaror qabul qilish sub’ekti deganda qaror qabul qiluvchi kishi nazarda tutiladi. Bu umumlashtiruvchi tushuncha. Chunki qaror qabul qiluvchi deganda bir kishi (rahbar) yoki odamlar guruhi (ma’muriyat) tushunilishi mumkin. Qaror qabul qiluvchi sub’ekt qaror qabul qilishda ekspert-mutaxassislarni ham jalb etishi mumkin.
Qarorlar variantlaridan birini tanlash rahbar shaxsiga ham bog’liq. Qaror qabul qiluvchi shaxsning tipologik, ijtimoiy psixologik xususiyatlari qaror qabul qilish jarayonida o’z ta’sirini ko’rsatadi. Masalan, shaxsning individual-psixologik xususiyatlaridan biri – temperament ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Ma’lumki, sangvinik va xolerik rahbarlar qaror qabul qilishda shoshishadi, flegmatik va melanxolik rahbarlar esa shoshilishmaydi. Shu nuqtai nazardan qarorlar ham birbiridan farqlanadi:

  1. Bosiqlik bilan chiqariladigan qarorlar – o’z xatti-harakatlariga e’tibor va tanqidiy nazar qaratiladi. G’oya oldindan shakllantiriladi.

  2. Impulsiv qarorlar – juda ko’p g’oyalar ishlab chiqariladi. Ularni tekshirib ko’rish imkoniyati yo’q.

  3. Inert qarorlar – ehtiyot choralari ko’rilgan holda chiqariladigan qarorlar.

G’oyalar kam. Barchasi tekshiriladi. Ijodkorlik yo’q.
4.Tavakkal chiqariladigan qarorlar – mualliflar xavfdan qo’rqishmaydi.
5. Ehtiyot bo’lib chiqariladigan qarorlar – barcha variantlar mukammal holda tekshirib ko’riladi. O’ta tanqidiy yondashuv. Yangiliklar deyarli yo’q.
Qaror qabul qilish boshqaruv funksiyalaridan biri hisoblanadi. Qaror bir qancha funksiyalarni bajaradi:

  1. Qarorning yo’naltiruvchi funksiyasi. Bunda qaror boshqaruvning umumiy funksiyalarini, ya’ni rejalashtirish, tashkil qilish, nazorat, motivatsiya va h.larni hayotga tatbiq etish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

  2. Koordinatsiya funksiyasi. Bunda qarorning ijrosini ta’minlashda ijrochilarning xatti-harakatlarini koordinatsiya qiladi.

  3. Motivatsiya funksiyasi. Bunda qaror tashkiliy (buyruqlar, ko’rsatmalar va h.), iqtisodiy stimullar (mukofot, maoshga ustama va h.) va ijtimoiy baholar (o’zini o’zi tasdiqlash, shaxsning o’zini namoyon qilishi va h.) ko’rinishada amalga oshiriladi.

Boshqaruvning samaradorligi optimal qarorlar qabul qilishga bog’liq. Shu nuqtai nazardan boshqaruv qarorlari tashkilotning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish yo’llaridan biridir.
Amaldagi holatning istalgan holatga mos kelmasligi muammoni keltirib chiqaradi. Muammoni hal etish rejasining ishlab chiqilishligi qaror qabul qilishning vazifalarini belgilab beradi. Muammo quyidagi hollarda paydo bo’lishi mumkin:

  • mavjud tizim qo’ygan maqsadlarni amalga oshirishni ta’minlab bermaydi;

  • mavjud ta’lim tizimi kelajakda qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirishni ta’minlab bermaydi;

  • faoliyatning o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini o’zgartirish zarur.

Muammo hamisha ma’lum shart-sharoitlar bilan bog’liq, ya’ni buni vaziyat deb atashadi. Muammo va shart-sharoitlarning to’plami muammoli vaziyatni tashkil qiladi. Muammoli vaziyatning paydo bo’lishi qaror qabul qilish zaruratini keltirib chiqaradi.
Qaror - harakat uchun qo’llanma, fikriy faoliyatning turi va inson irodasining yuzaga chiqishidir. U qator belgilarga ega:

  • imkoniyatlardan birini tanlashning mavjudligi; - tanlov ongli holda maqsadga erishishga yo’nalgan; - tanlov qarorni tugash qismidir.

Qaror etarli darajadagi qaror bo’lishi mumkin yoki optimal bo’lishi mumkin. Optimal qarorda natija aynan ko’zlangan maqsadlarning erilishi ko’rinishida bo’ladi.
Har qanday qaror ijro etilishi bilan hayotga tatbiq etiladi. Ijro qaror qabul qilishning eng muhmi bosqichlaridan biridir. Qarorning ijrosi ma’lum talablarni zarur qilib qo’yadi. Boshqacha aytganda, boshqaruv qarorlari ijrosini ta’minlash va tashkil etish alohida muhim masala hisoblanadi. Bu – boshqaruv jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, qarorni ishlab chiqib, qaror qabul qilingandan so’ng amalga oshiriladi.
Xulosa
Boshqaruv qarorlarining ijrosini tashkil etish deganda boshqaruv sub’ektining faoliyati tushuniladi. Bu faoliyat yordamida chiqarilgan qaror hayotga tatbiq etiladi. Ijroning mukammalligi qarorning samaradorligini belgilab beradi. Qaror to’g’ri chiqarilgan bo’lishi mumkin, biroq uning ijrosidagi kamchiliklar bois natija kutilganday bo’lmasligi mumkin. Demak, ijro intizomi, ya’ni qarorni amaliyotga tatbiq etishda barcha ijro talablari mukammal bajarilishi lozim. Bunda me’yorga amal qilinishi talab etiladi. Me’yor – ijro intizomida qarorning amaliyotga tatbiq etilishida saqlanishi lozim bo’lgan optimal talablardir. Ijrodan keyin uning baholanishi jarayoni bo’ladi. Bunda ko’zlangan maqsadga ijro natijasi mos kelish-kelmasligi tekshirib ko’riladi va baho beriladi. Shundan so’ng qoniqqanlik darajasi aniqlanadi. Qoniqqanlik darajasi qaror ijrosining sifatini belgilovchi sub’ektiv mezondir. Nazorat boshqaruv jarayonining funksiyalaridan biri bo’lib, boshqaruv qarorlarida qabul qilingan holatga baho beradi, tashkilot o’z oldiga qo’ygan maqsadlarga erishilganlik darajasini belgilaydi. Qaror ijrosi bo’yicha ishonchli nazorat tizimining yo’qligi (bu qaytar aloqani ta’minlaydi) tashkilotni tanazzulga olib kelishi mumkin. Agar qabul qilingan qaror etarli darajada samara bermasa yoki xato qaror bo’lsa, yaxshi faoliyat ko’rsatayotgan nazorat tizimi o’z vaqtida uning oldini olishi yoki qarorga yagni o’zgartirishlar kiritishi mumkin bo’ladi. Nazorat ham o’z o’rnida uchga bo’linadi: qarorni amalga oshirishdan oldingi nazorat, qarorni hayotga tatbiq etish jarayonidagi nazorat, yakuniy nazorat.

Yüklə 36,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin