Yetkazib berishning asosiy bazalariga jahon narxlari. Inkoterms-2000.
1.Transport logistikasining mohiyati va vazifalari Transport – bu odamlar va yuklar tashishni amalga oshiruvchi, moddiy ishlab-chiqarish tarmog‘idir. Jamiyat ishlab-chiqarishi tuzilmasida, transport moddiy xiz-matlar ishlab-chiqarish sohasiga mansubdir. (9.1.-rasm)
Moddiy oqimning birlamchi xom-ashyo manbaidan oxirgi iste’molchigacha bo‘lgan xarakati davomidagi logistik operatsiyalarning anchagina qismi, turli xil trans-port vositalari yordamida amalga oshiriladi. Bu operatsiyalarning xarajatlari, umu-miy logistika xarajatlarining 50%gacha tashkil etishi mumkin.
Transport ishlab-chiqarish va savdo jarayonlariga juda yaxshi kirib borgan. Shu-ning uchun ham transport, logistikaning ko‘pgina masalalarida ishtirok etadi. Shu bilan birga logistikaning yetarlicha mustaqil bo‘lgan transport sohasi ham mavjud. Unda transport jarayoni ishtirokchilari orasidagi kelishuvlar, ularga mos moddiy oqim xarakatining ishlab-chiqarish-ombor bo‘limlariga aloqasi bo‘lmagan tarzda ko‘-rib chiqilishi ham mumkin.
Transport logistikasi vazifalariga, birinchi navbatda, o‘z yechimi bilan, trans-port jarayonining bevosita ishtirokchilari xarakatlarini o‘zaro kelishilganligini kuchaytiruvchi, vazifalar kiradi. Bunday vazifalarni yechishning dolzarbligi, trans-port ishlari alohida bir sohaga aylanganida paydo bo‘ladi.