Pedagogik tadqiqot - bu pedagogik jarayonda yangilikni izlash va
topishdir. Bunday ijodning birinchi bosqichi - o‘zi uchun yangilikni kashf
etish, pedagogik vazifalarni hal etishning nostandart vositalarini bilib
olishdan iborat. Bunday vositalar avvaldan ma’lum, biroq pedagog
tomonidan qo‘llanilmagan bo‘ladi. Mohiyatan esa, hozirda ilmiy-tadqiqot
faoliyatining yangi tipologik xususiyatlarishakllanmoqda. Shunga muvofiq
ilmiy faoliyatning tadqiqot obyekti ham o‘zgarib bormoqda. Ular orasidagi
gnoseologik bog‘liqlik tobora epistemologik aloqadorlikka o‘z o’rnini
bo‘shatib bermoqda. Shu sababdan ham fan taraqqiyotining hozirgi
bosqichida ilmiy bilimlarni epistemologik jihatdan sintez qilish g'oyasi
ustuvorlik qilmoqda. Ushbu yondashuvning ahamiyatli jihati shundan
iboratki, unda inson o'rganilayotgan obyektdan tashqarida emas, balki
uning ichida, bilish jarayonining bir qismi sifatida faoliyat olib boradi.
Bunday yondashuv natijasi o‘laroq, biz ilmiy hamjamiyatning haqiqat
mohiyatiga yanada yaqinlashayotganligini anglaymiz. «Ilmiy faoliyat ijod
bilan chambarchas bog‘liq. Ilmiy xodimning bilimi, iste’dodi, qobiliyati,
ko‘nikmalari, ilmiy haqiqatning tagiga etishga bo‘lgan intilishlari ilmiy ijodda
o‘z
aksini
topadi»1. Shu nuqtai nazardan, ilmiy ijodfaqat ilmiy
muammolarning yechimini izlab topishni emas, balki u dunyoni yangi
tamoyillar asosida tushunish, taraqqiyot paradokslarini noan’anaviy
yondashuv asosida tahlil qilish, yangi ilmiy g‘oya va gipotezalar orqali ilmiy
yo‘nalishlarniishlab chiqishga shart-sharoit yaratadi.
Dostları ilə paylaş: