Tm-yakuniy-Javoblar



Yüklə 344,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/34
tarix09.02.2023
ölçüsü344,69 Kb.
#83572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
TM-Yakuniy-Javoblar

3 - savolga:
Bilim bu - kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan
voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik
tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz
odatlangan voqea va qoidalarga zid kelmasa bunda ishonch hisoblanadi.
Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz B. darajasiga koʻtarilishi uchun
quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning
voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi;
uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim.
Faoliyat — kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning
oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining
muhim xususiyatlaridan biri. Faqat F. zamiridagina inson mohiyati namoyon
boʻlishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi
mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, F. shakllari,
asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy F. (insonning oʻz xavfsizligi
taʼminlanishi, oziqovqat, kiyimkechakka boʻlgan dastlabki ehtiyojlarining
qondirilishi va mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning oʻzgartirilishi);
ijtimoiysiyosiy F. (ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir koʻrsatish);
maʼnaviy F. (ilmfan, sanʼat, din, badiiy ijod va boshqa sohalardagi F.).
ijtimoiy institut jamiyatda muayyan funktsiyalarni bajaradigan kishilarning
birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning tarixan shakllangan, barqaror shakli
bo'lib, ularning asosiysi ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishdir.
2 - variant
1 - savolga ?
2 - savolga:
FAN — dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan
biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning
mahsuli — olamning ilmiy. manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham
oʻz ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. F.ning
bevosita maqsadi oʻzining urganish predmeti hisoblangan voqelikning
qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini
taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.
Fan sohalari uch katta qismga ajratilib koʻrsatiladi:


● Aniq fanlar -
● Tabiiy fanlar - fanning olamni u biror tabiiy qonunlarga bo‘ysunadi,
deb qarovchi va uni ratsional o‘rganuvchi bo‘limlaridir. Tabiiy fanlar
uslubiyati ijtimoiy va aniq fanlar uslubiyatidan farq qiladi. Tabiiy fanlar
sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kiradi.
● Ijtimoiy fanlar - Ijtimoiy fanlar — jamiyat va odam hulqi bilan bog'liq
fanlar majmui. Ular qatoriga quyidagi fanlar kiradi:
○ Antropologiya
○ Arxeologiya
○ Iqtisodiyot
○ Tilshunoslik
○ Siyosat
○ Sotsiologiya
○ Tarix
○ Huquqshunoslik
○ Psixologiya
○ madaniyatshunoslik (kulturologiya).
Fan empirik yoʻl bilan olingan maʼlumotlarni (faktlarni) kuzatiladigan u yoki
bu hodisani izohlash uchun tartiblaydi, bunday tartib gipoteza deyiladi.
Gipoteza hodisani izohlash uchun yetarli boʻlsa hamda tegishli isbotlar bilan
tasdiqlansa, u nazariyaga aylanadi.
Keng (yig‘ma) ma'nodagi fan – bu butun inson faoliyati jabhasi bo‘lib,
uning vazifasi borliq haqidagi ob'ektiv bilimlarni o‘rganish va ilmiy nazariy
tizimga solishdan iboratdir. Bu yerda «fan», «olim» tushunchalari
muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yig‘ma tushunchalar sifatida talqin
qilinadi. «Fan» tushunchasi falsafaga tatbiqan ko‘pincha ayni shu
kontekstda qo‘llaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman
o‘rinlidir.

Yüklə 344,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin