insonga ham, insoniyatga ham bog'liq bo'lmagan holda) mavjud hodisalari
va jarayonlarini o‘rganishni nazarda tutadi. Butun olam tortishish qonuni,
kvadrat tenglamalar, kimyoviy elementlar davriy jadvali, tennodinamika
qonunlari obyektivdir. Ulaming amal qilishi fikrlar va kayfiyatlar bilan ham,
olimning shaxsi bilan ham belgilanmaydi. Fan o‘z xulosalarini nazariyalar,
qonunlar va formulalarda ta’riflaydi. Shu tariqa u olimning o‘rganilayotgan
hodisalarga va u yoki bu kashfiyot olib kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy
oqibatlarga individual, emotsional munosabatidan tashqariga chiqaradi.
Oqilona ilmiy bilim predmetli va shaxssiz obyektivdir. Boshqacha aytganda,
fan o‘z predmeti bilan bajaradigan barcha amallar qonuniyatlar va
muntazam aloqalar nomidan yangi sifatda amal qiladi. Statik manosi
o`zgarmas.
3 - savolga -
Ilmiy maqola aniq strukturaga ega va u quyidagi tarkibiy qismlardan
iborat:
1. nomi (mavzu).
2. Annotatsiya.
3. kalit so‘zlar.
4. Kirish.
5. Adabiyotlar tahlili.
6. Asosiy qism (metodologiya, natijalar).
7. Xulosalar va tadqiqotning kelajakdagi vazifasi, qimmati, foydasi.
8. Foydalanilgan va tavsiya etilayotgan adabiyotlar.
Ilmiy maqola yozish qoidalari:
•Maqolaning nomi maqolaning mazmunini to‘liq aks etti-
rishi, o‘quvchining e’tiborini jalb etishi lozim. Aksincha bo‘lsa,
zarur va muhim maqola e’tibordan chetda qoladi.
•Annotatsiya maqolaning nomini kengaytirilgan ko‘ri nishidir
unda maqolaning mazmuni qisqacha yoritiladi.
•Annotatsiyada muallif tomonidan ushbu materialning qim-
matli va amaliyotdagi foydali tomonlari yoritiladi.
Kirish qismi
•Ushbu qismga alohida e’tiborni qaratishingiz lozim.
•Ko‘pchilik holatlarda mualliflar
kirish qismiga asosiy ur-
g‘uni berib, maqolaning asosiy maqsadini yoritishni yoddan
chiqarib qo‘yishadi.
Asosiy qism
•Bu qismda maqolaning asosiy maqsadi yoritiladi. U quyi-
dagi tarkibiy qismlardan iborat:
Vazifaning qo‘yilishi.
•Tadqiqot qanday maqsadda olib borilayapti.
Tadqiqot metodlari.
•Bunda tadqiqot olib borilgan va siz taklif qilayotgan metod
to‘liq ochib berilishi lozim, oshiqcha tushuntirishlarsiz bo‘lishi
Shart.
•kamchilik va nuqsonlarni ham ko‘rsatib o‘tishni unutmang.
Dostları ilə paylaş: