Tm-yakuniy-Javoblar



Yüklə 344,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/34
tarix09.02.2023
ölçüsü344,69 Kb.
#83572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
TM-Yakuniy-Javoblar

3 - variant
1 - savolga:
Tajriba-sinov bu - biror bir sohaga (jumladan, ta'lim sohasiga) olib
kirilayotgan yangilikni (yondashuv, metodika, o‘quv-metodik majmualarni)


sinovdan o‘tkazish va dastlabki xulosalarga ega bo‘lish jarayoni.
Dastlabki xulosalarga ko‘ra, shu yangilikni (yondashuv, metodika,
o'quvmetodik majmualarni) joriy etish yoki joriy etmaslik bo'yicha qaror
qabul qilinadi. Tajriba-sinov ishlarining (muddati, o‘quv materialini hajmiga
ko‘ra bir qancha mavzular, chorak, o‘quv yili, bir necha yilni qamrab olinishi)
va Tajriba-sinov ishlarining barcha bosqichlari o‘zining aniq maqsad va
vazifalarning
belgilanib
olinadi.
Tajriba-sinovning
ajratiladigan
bosqichlarida. (respublika, viloyat yoki shahar va tuman darajasida,
maktablararo, maktab darajasida, tajriba-sinov maydoni) o‘tkazilishi
mumkun. Dastlab tajriba-sinov ishlarining dasturi ishlab chiqilishi, unda
tajriba-sinovga oid tadbirlar rejasi, kutilayotgan natijalar, unga erishilganlik
darajasini belgilash usullari aks ettirilishi lozim. Tajriba-sinov ishining
muayyan davri yakunlariga ko‘ra hisobotlar, ma’lumotnomalar tahlillar
o‘tkazib borilishi lozim.
2 - savolga:
Miloddan avvalgi I ming yillikdan XVI asrgacha bo’lgan davr ilk fan
davridir. Bu vaqtdagi fan rivojining yirik vakillari haqida ma`lumotlar ham
ancha davrimizgacha yetib kelgan. Jumladan, Aristotelning falsafiy
asarlarida fizika, zoologiya, embriologiya, mineralogiya, geografiya kabi
fanlarning kurtaklariga duch kelish mumkin. Miloddan avvalgi III-II asrlarda
falsafiy bilim tarkibida statistik mexanika, gidrostatika, geometrik o’tika
(xususan, ko’zgular haqidagi alohida fan – «ka-to’trika») farqlanadi va
nisbatan mustaqil ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari
al-Xorazmiy
matematika,
al-Farg’oniy
astranomiya,
al-Beruniy
meneralogiya va geografiya, Ibn Sino tibbiyot, Mirzo Ulug’bek astranomiya,
Alisher Navoiy adabiyot ilmi rivojiga munosib hissa qo’shdi va ular ijodi
mahsullari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. XVI- XVII
asrlar – 1 ilmiy inqilob davri bo’lib, u klassik fan davri deb nomlanadi. U
Ko’ernik va Galiley tadqiqotlaridan boshlanib, Nyuton va Leybnitsning fizika
va matematika sohasidagi fundamental asarlari bilan o’z cho’qqisiga
ko’tarilgan. Galiley vafoti (1642 yil 8 yanvar)dan so’ng oradan bir yil o’tgach
Nyuton tug’ilgani (1643 yil 4 yanvar) ramziydir. Fanning bu buyuk ijodkorlari
yashagan davr – kashfiyotlar hamda yangi ilmiy g’oyalarning mualliflari
sxolastika va diniy dunyoqarash dogmatizmiga qarshi kurash olib borgan


romantik davrdir. XVIII-XIX asrlar fani noklassik fan davri deb ataladi. XX
asrdan fan rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. Bu davr fani
postnoklassik deb ataladi, chunki mazkur asr bo’sag’asida fanda inqilob yuz
beradi va buning natijasida u oldingi davrning klassik fanidan sezilarli
darajada farq qila boshlaydi. XIX-XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan
inqilobiy kashfiyotlar bir qancha fanlarning asoslarini larzaga soladi.

Yüklə 344,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin