Tm-yakuniy-Javoblar



Yüklə 344,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/34
tarix09.02.2023
ölçüsü344,69 Kb.
#83572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
TM-Yakuniy-Javoblar

3 - savolga: ?
4 - variant
1 - savolga:
Hamonki inson borlig‘i tarixiy hodisa ekan, ilmiy bilish ham o‘z tarixiga
egadir. Odatda bilish mahsullarini fan standartlariga muvofiqlik nuqtai
nazaridan baholash qoidalari sifatida ta’riflanuvchi ilmiylik mezonlari ham
tarixiy xususiyatga ega va eskirishga moyildir. Aynan ilmiylik mezonlari
bilish mahsullarini ularning fanga mansubligi yoki undan uzoqligi nuqtai
nazaridan subordinatsiyalash imkonini beradi, deb hisoblanadi. «Ilmiylik
mezonlari» monografiyasi muallifi V.Ilin ilmiylik mezonlari dispozitsiyalar
(qoidalar, yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar, imperativlar, taqiqlar majmui), sanksiyalar
(ular dispozitsiyalarga bepisandlik yoki ularning buzilishi natijasida amalga
kiradi) va shartlar (ular fanda ehtimol tutilgan vaziyatlarning o‘ziga xos
xususiyatlarini qayd etadi) bilan belgilanadi. Ilmiylik mezonlari bir tartibli
bo‘lmagani uchun ularni tasniflash va V.Ilin fikriga ko‘ra, uch guruhga
ajratish lozim.
1. «A» guruhi mezonlari fanni nofandan formal ziddiyatsizlik, tajribada
sinalish, oqilonalik, tiklanuvchanlik, intersub’ektivlik yordamida farqlaydi.
2. «B» guruhi mezonlari tarixan o‘tib keluvchi normativlar, ontologik
sxemalar va mavjudlik gipotezalariga qo‘yiladigan talablardan tashkil
topadi. Ular olimlar tafakkurining madaniy-stilistik o‘lchamlarini qayd etadi.
3. «V» guruhi mezonlarini bilimning professional ajratilgan tarmoqlariga
qo‘yiladigan fanga doir ilmiylik mezonlari tashkil etadi. Ular fanning ayrim


ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi bilim va faoliyatning muayyan turlarini
nazorat qilish vositasi hisoblanadi.
2 - savolga
Ilmiy tadqiqot jarayonida erkin bo‘lish − moneliksiz ijod qilish,
birovning qolipiga tushmaslik, yangi ilmiy bilimlarni olish va qayta ishlashda
ob’ektiv va xolis bo‘lish muhimdir. Bundan ko‘rinadiki, olimlar o‘z ilmiy
faoliyatining maqsadlari va metodlariga o‘zlari axloqiy nuqtai nazardan
baho
berishlari,
axloqiy
me’yorlarni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan
tadqiqotlardan voz kechishlari lozim.
Har qanday ilmiy faoliyat matnlarda “yozma” ko‘rinishda (qog‘ozda
yoki elektron) – ilmiy hisobot, ilmiy ma’ruza, referat, maqola, kitob tarzida
rasmiylashtirilgan bo‘lishining asosida ikki shart-sharoit yotadi. Birinchidan,
olim o‘z g‘oyalari va natijalarini qat’iy ilmiy tilda faqat yozma (elektron)
tarzda bayon etishi mumkin. Har qanday ilmiy ishni, hatto kichkina
maqolani qog‘ozga tushirish,fikrning ifodasida ketma-ketlikga erishish
muhim ahamiyatga ega, maqola yoki tezis yozish boshlovchi tadqiqotchi
uchun jiddiy muammolar bilan bog‘liq, chunki jamoa oldidagi chiqishlarda
osonlik bilan aytiladigan yoki odam “ichida”tafakkurida shakllangan so‘zlar
va fikrlarning ifodasini o‘z vaqtida qog‘ozga tushirish uchun olimga mantiqiy
izchillik ko‘p hollarda etishmaydi. Yozma nutq va og‘zaki nutqning
bir-biridan farqi shundaki, og‘zaki nutqdagi ba’zi nuqsonlar eshituvchilar
tomonidan e’tiborga olinmaydi, biroq yozma matnda qat’iy mantiqiy izchillik
talab etiladi, chunki undagi fikrlar ketma-ketligiga o‘quvchi qayta-qayta
murojaat qiladi va yangi bilimning maqsadi va mohiyatini aniqlashga
harakat qiladi.

Yüklə 344,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin