1 - variant
1 - savolga -
Fan tarixini o’rganish XX asrda boshlangan bo’lsada, unga azaldan
falsafaning yoki umumiy madaniyat nazariyasining bir bo’limi sifatida
qaralgan. Uni alohida ilmiy tadqiqot ob`ekti sifatida o’rganish 1892 yilda
Franciyada fan tarixi kafedrasi ochilishi bilan boshlangan, deb hisoblanadi.
Fan tarixini o’rganish jarayonidagi birinchi tarixiy-ilmiy tadqiqotlarni
quyidagicha xarakterlash mumkin:
- dastlab, u yoki bu fandagi yutuqlarni xronologik sistemalashtirish vazifasi
hal qilingan;
– ilmiy g’oya va muammolarni, progressiv taraqqiyot mexanizmlarini
izohlashga harakat qilingan;
İnsoniyat tarixining dastlabki davrlaridayoq tabiat va olam haqidagi eng
oddiy ma`lumotlar beruvchi kundalik amaliy bilimlarning asosi kundalik
turmush tajribalari bo’lib, unga oddiy ma`lumotlar yig’indisi sifatidagi
tarqoqlik va notizimlilik xarakterlidir.İlmiy bilimlardan tashqi va ichki
jarayonda qo’llashning oraliq vositasi, ta`lim tizimi hisoblanadi. Olamni
anglashga yunaltirilgan inson faoliyatining alohida xususiyati sifatidagi fan
bilan falsafa, metodologiya va fan mantig’i, shuningdek falsafiy bilish
nazariyasi shug’ullanadi. İjtimoiy hodisa yoki ijtimoiy institut sifatidagi fan
bilan fanshunoslik shug’ullanadi. – olimlarning ilmiy faoliyati hamda
ijodining ahamiyati aniqlangan. Fan tarixini xarakterlovchi muhim
muammolardan biri qanday qilib tashqi (iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, siyosiy,
dunyoqarashli, psixologik va boshqalar) olam, undagi voqea va
hodisalarning ilmiy ijod natijalarida, ilmiy izlanish metodlarida, yaratilgan
nazariyalarda aks etilishini tushunish hamda tushuntirishdan iboratdir.
Shuningdek, fan biografiyasi uning tasnifi, fan hayotidir. Fan hayoti – inson
hayotining bir qismi sifatida namoyon bo’ladi. Biz ilgari ta`kidlaganimizdek,
inson qalbi intellektdan olam haqidagi tugallangan bilimni talab qiladi.
İntellekt, tabiiy qiziquvchanlik, bilimga tashnalik asosida insonga yangi va
yangi bilimlarni etkazadi. Bilish faqat fan bilan chegaralanmaydi, balki
ma`lum darajada fandan tashqarida ham mavjud bo’ladi. İlmiy bilishning
paydo bo’lishi bilimning boshqa shakllarining yo’qolib ketishiga olib
kelmaydi. Zero, fanni noilmiy bilim shakllaridan to’liq ajratish yo’lidagi turli
harakatlar hozircha hech qanday natijaga olib kelmadi.
Dostları ilə paylaş: |