Tm-yakuniy-Javoblar



Yüklə 344,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/34
tarix09.02.2023
ölçüsü344,69 Kb.
#83572
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
TM-Yakuniy-Javoblar

24 - variant -
1 - savolga -
Patent (lotincha: patens — ochiq, aniq, ravshan) — texnik yechim
yoki ixtironing davlat tomonidan eʼtirof etilganligini va ixtirochining oʻz
ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat. Patent olish jarayoni,
patent oluvchining maʼsuliyatlari va eksklusiv huquqlari turli mamlakatlarda
turlichadir. Shunday boʻlsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada
ixtironing biror-bir yangilik kiritayotgani haqida maʼlumot boʻlishi kerak. Koʻp
mamlalakatlarda berilgan eksklusiv huquqlar boshqalar patentlangan
ixtironi ruxsatsiz yasashi, qoʻllanishi, sotishi yoki tarqatishi oldini oladi.
2 - savolga -
● Ommaviy blokcheynlar - Ommaviy blokcheyn - bu mutlaqo hech
qanday cheklovlarga ega bo'lmagan va Internetdagi har kim
foydalanuvchi yoki validator bo'lishi mumkin.
● Shaxsiy blokcheynlar - Shaxsiy blokcheyn xuddi shunday
relyatsion ma'lumotlar bazasi ya'ni to'liq markazlashgan va
yagona tashkilotga tegishli.
● Konsortsium blokcheynlari - Konsortsiumning so'zma-so'z
ma'nosi "bir nechta kompaniyalarning birlashmasi". Nomidan


ko'rinib turibdiki, bu bir guruh tashkilotlar tomonidan birgalikda
nazorat qilinadigan blokcheyn.
3 - savolga -
Bunga javoban fanning erkinligi g‘oyasining muxoliflari ilmiy
faoliyat ustidan ijtimoiy nazorat tamoyilini ilgari suradilar. Ularning
fikricha, ilmiy hamjamiyat fanni rivojlantirishga faqat o‘z ichki ishi
sifatida qaraydigan «sekta»ga aylanib qolmasligi kerak. Agar
olimlarga ilmiy tadqiqotlarning maqsad va yo‘nalishlarini mustaqil
belgilash huquqi berilsa, ular «ziyokor» maqsadlarga erishish ketidan
quvib, «unumdor» maqsadlarni butunlay unutishlari mumkin. Bu
holda fan olimlar qo‘lida o‘z qiziqishlarini g‘azna hisobiga qondirish
vositasiga aylanishi mumkin. Hamonki jamiyat fanni mablag‘ bilan
ta’minlar ekan, u fanning rivojlanish jarayonini nazorat qilishga
haqlidir. Fanning differensiatsiyalashuvi o‘z-o‘zidan aksariyat olimlarni
tor mutaxassislarga aylantiradi. Ular o‘z sohasida bilimdon bo‘lganlari
holda, ijtimoiy ehtiyojlarni va amaliy hayotda, ishlab chiqarish,
iqtisodiyot va siyosatda yuzaga kelayotgan vazifalarni lozim darajada
baholay olmaydilar. Jamiyat ijtimoiy buyurtma mexanizmi orqali
olimlarning kuchlarini jamiyat uchun amaliy nuqtai nazardan ayniqsa
muhim bo‘lgan vazifalarni echishga yo‘naltirishi lozim. Fanni
rivojlantirishga mablag‘lar berar ekan, jamiyat bu mablag‘lar nimaga
sarflanishini belgilash imkoniyatigi ega bo‘lishi kerak. Ijtimoiy
nazoratsiz fandan jamiyat uchun foydali naf ko‘rilishini ta’minlash
mumkin emas.

Yüklə 344,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin