To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti


Turk hoqonligining ijtimoiy, siyosiy tuzumi va huquqi (551-744)



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Turk hoqonligining ijtimoiy, siyosiy tuzumi va huquqi (551-744).
Oltoyda turk xoqonligining paydo bo‘lishi “Ashin” urug‘ining 
kuchayib, turli qabila va xalqlami o‘z atrofida birlashtirishi natijasidandir. 
Eramizning 551-yilida turklar dastlab jujan qabila birlashmasini yengib, 
Bumin xoqon yordamida M o‘g ‘uliston va Oltoyda kuchli davlat tuzdilar. 
Bu davlat VI-VIII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda bir qancha 
xalqlami birlashtirdi.
18


603-yilda Xoqonlik ichki ziddiyatlar natijasida Sharqiy va G'arbiy 
xoqonlikka boiingan. Bizning hudud G ‘arbiy xoqonlik tarkibida edi. Turk 
xoqonlari dastlab o'zlariga bo‘ysundirgan joylardan faqat belgilangan 
miqdorda o‘lpon olib turish bilan qanoatlanishgan.
Turk xoqonligi hokimiyat tepasiga urug‘, qabila boshliqlari 
qurultoyda saylanadigan xoqon turgan. Uning huzurida qabila urug‘ 
boshliqlaridan iborat Kengash bo‘lib, unda davlat ahamiyatiga tegishli 
muhim masalalar qo‘rilgan va hal etilgan.
Shuni ta'kidlash lozimki, Turk xalqlarining davlatchiligi xoqonlik 
(imperatorlik) beklik, otabeklik (knyazlik) shakliga mos keladi. Taxt vorisi 
Tegin, ya'ni (shahzoda) deb yuritilgan. Shahzodalarga qondosh bo‘lgan 
biror beklik yoki hokimlik qilgan kishiga shad unvoni berilgan. Turk 
xoqonlari maxsus chaqirtirilgan qurultoylarda saylangan.
Turk xoqonligining ijtimoiy tuzumi: boy zodagonlar, savdogarlar, 
hunarmandlar, xizmat qiluvchi tabaqa amaldorlar, harbiylar, dehqon va 
qullardan iborat bo‘lgan. Harbiylar turkcha «chariq» deb atalgan. So‘g ‘d 
hujjatlariga ko‘ra hukmdorlar saroyda quyidagicha mansabni egallashgan: 
harbiy ma'muriyat boshlig‘i - Farg'onada - “Tutug”, So‘g ‘dda “Chapish” 
ya'ni lashkarboshi, viloyat hokimlari “Xvabe” deyilgan. Podsho devon- 
xonasining boshlig‘i “diperant” deb atalgan. Gupat-daromadlar noziri, 
ya'ni moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi, Oxvirpat - podsho otxonasining 
noziri, boshlig‘i. Parvanak - hujjatlar tuzuvchi mansabdor, paxvanak 
(patvane) jazoni ijro etuvchi jallod lavozimidagi shaxslar bo‘lgan.
Armiyasi otliq qo‘shin, alohida o ‘lkalaming hokimligidagi otliq 
qo‘shini, piyodalardan iborat shaxsiy qo‘riqchilardan tashkil topgan. 
0 ‘lkalar xoqonga o ‘lpon to‘lab turishgan.
Bu davrda xalqlar bir necha dinga: zardushtiylik, xristianlik, 
moniylik va buddizmga e'tiqod qilishgan. Diniy mansablari: Magupat -
bosh koxin, vag'npat - ibodatxonalari boshlig‘i va boshqalar. Turk 
xoqonligida qonunchilik Xoqon buyrug'i, farmonlari, zardushtiylik 
dinining muqaddas kitobi (“Avesto”), Sug'd hujjatlari va maxsus qonuniy 
aktlarini sodir etadigan joy sud notarial organi mavjud bo‘lgan.
Turk xoqonligida xotin-qizlar to‘la vorislik huquqiga ega bo‘lgan, 
ayolning nomusiga tekkan erkak o ‘limga mahkum etilgan. Nomusga tegish 
eng og‘ir jinoyat hisoblangan. Bundan tashqari og‘ir jinoyatlarga qo‘z- 
g ‘olon uyushtirish, xoinlik, odam o ‘ldirish, o ‘g ‘irlash kabilar kirgan. 
Yetkazilgan zarar uchun esa masalan bezorilik, orqasidan biror kishiga 
zarar yetkazilsa, jabrlanuvchiga qizini erga berishi, qizi botlmasa, qiynalib 
to‘laydigan mulkim berishi lozim edi. A'zolarining birortasini ishdan
19


chiqargan bo‘lsa, bu jinoyati uchun ot bilan jarima toiashi kerak boigan, 
o‘g ‘irlagan narsasi uchun esa o ‘sha narsaning o ‘n barobariga teng narsa 
toiagan. Ana shu davrga xos boigan Samarqandda “Turk qonunnomasi” 
mavjud boiib, u ibodatxonada saqlangan. Jazo berish vaqtida ana shu 
qonunnoma asosida ya'ni uni q o ig a olib turib jazo tayinlangan. Og‘ir 
jinoyat uchun jinoyatchining o ‘zi qatl etilgan. 0 ‘g ‘rilik uchun oyogi 
qirqib tashlangan.
0 ‘zbekiston hududidagi arablar hukmronligi o ‘matilganga qadar 
amalda boigan huquq haqida ma'lumot beruvchi muhim manba - bu 
Panjikent yaqinida Mug‘ tog‘i tepasidagi qadimgi qasr xarobasidan 1932- 
1933-yillarda topilgan “So‘g ‘d” hujjatlaridir. Ular So‘g ‘d podsholigiga 
bo‘ysungan Panj hokimligi saroyi, turli viloyat hokimlari va mansabdor 
shaxslarga aloqador hujjatlar: yozishmalar, diplomatik mazmundagi 
xabarnomalar, alohida masalalar bo‘yicha tuzilgan shartnomalardir. 
Albatta, bu normativ huquqiy hujjatlar huquqning, manbai sifatida 
qaralishi mumkin emas. Ular individual mazmundagi hujjatlardir. Lekin 
shu hujjatlaming mazmunidan kelib chiqib, tuzilgan dawning huquq 
manbalari, huquqiy madaniyat haqida ma’lum tasavvurga ega bo iish va 
fikr yuritish mumkin.
“So‘g ‘d” hujjatlarining huquq nuqtai nazaridan eng ahamiyatlisi 
yemi xarid qilish, tegirmonni ijaraga berish, nikohni qayd qilish, 
kuyovning kelin tomon oldidagi majburiyatlari haqidagi shartnomalardir. 
Yemi xarid qilish haqidagi shartnomada uning tuzilgan vaqti, yemi sotib 
oluvchi va sotuvchining nasl-nasabi, nomi, yerning joylashgan joyi, 
chegaralari, miqdori, shartnomada ishtirok etuvchilarning huquq va 
burchlari, ularga rioya qilmaslikdan kelib chiqadigan oqibatlar, 
shartnomani tuzishda ishtirok etgan guvohlar va uni rasmiylashtirgan 
kishining nasl-nasabi va nomi ko‘rsatilgan. Tegirmon ijarasi haqidagi 
hujjatda uning tuzilgan vaqti, ijaraga beruvchi va oluvchining nomlari, 
tegirmonning joylashgan joyi, quvvat manbalari, jihozlari, ijara muddati va 
haqi, ijara shartlariga rioya qilmaslik oqibatlari, ijaraga olingan mulkdan 
foydalanish, ijara haqini toiashning qonunga muvofiq boiishi, 
qonunsizlik - xiyonat va adolatsizlik qanday oqibatlarni keltirib chiqarishi, 
hujjatni rasmiylashtimvchi va bu jarayonda ishtirok etgan guvohlar 
nomlari ko‘rsatilgan. Hujjat muhr bilan tasdiqlangan.
Nikohni qayd qilish haqidagi hujjat laqabi Nidon boigan Uttakin 
Navekat hukmdori Cher Vaxzanak o ‘g ‘lining homiyligidagi Viyusning 
qizi nomi Dug‘duncha laqabi Chatani xotinlikka olishi haqida tuzilgan. 
Unda Uttakin Chatani sevikli xotin sifatida hurmat va ehtirom bilan oziq-
20


ovqat, kiyim-kechak, bezak taqinchoqlar bilan ta'minlashi, e'zozlab, 
muhabbat bilan o ‘z uyida podshohoyim sifatida saqlashi Chata esa 
Uttakinni sevikli er sifatida hurmat va ehtirom bilan asrashi, u erining 
baxt-saodati haqida qayg‘urishi, uning buyrug‘ini o ‘ziga qonun deb 
hisoblashi lozimligi qayd qilingan. Hujjatda yozilishicha, agar kelajakda 
Uttakin Chatani xotin qilmayman degan qarorga kelsa, bu holda uni qo‘yib 
yuborishi, birgalikda yashagan vaqtida olgan shaxsiy narsalari va tovon 
pulini berib, hech qanday shartlarsiz jo ‘natib yuborishi, agar Chata 
Uttakinga bundan buyon xotin bo‘lmaslik qaroriga kelsa, unda xotinlikdan 
chiqib ketishi, bu holda u Uttakinga kiyishga yaroqli kiyimlar qoldirishi, 
Uttakindan olgan bezak taqinchoqlarni va boshqa narsalami tashlab 
ketishi, lekin Chata o ‘ziga tegishli va birgalikdagi hayoti davomida 
orttirgan mulkini olib ketishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, Chata, hujjatda 
qayd qilinishicha, boshqa hech narsa bo‘yicha tovondor bo‘lmaydi, u o ‘zi 
xohlagan kishiga turmushga chiqishi mumkin. Ajrimdan so‘ng, Uttakin va 
Chata bir-birlarining g ‘ayriqonuniy xatd-harakatlari uchun javob 
bermaydi. Nikohni qayd qilish haqidagi hujjat qonunlar uyida, uning 
boshlig‘i huzurida uchta erkak guvohligida kotib tomonidan tuzilgan.
Kuyovning kelin tomon oldidagi majburiyatlari haqidagi hujjatda 
kuyov-Uttakinning kelin Chataning urug‘-aymoqlari oldidagi burchlari o ‘z 
aksini topgan. Hujjatda ko‘rsatilishicha, u tuzilgan kundan Chata toabad 
Uttakinga xotin b o iib qolajak va kuyov kelin tomon oldidagi Chatani 
sotmaslik, qarz evaziga qullikka ham bermaslik, biror kimsaning 
homiyligidagi o ‘z mulkiga aylanishiga ham yo‘l qo‘ymaslik, agar kimdir 
Chatani Uttakindan bevosita yoki sirtdan tortib olsa, uni tahqirlasa, uni shu 
zahotiyoq, hech qanday ziyon-zahmatsiz ozod qilish: agar Chata Uttakin 
bilan qolishni xohlamasa yoki Uttakin uni qo‘yib yuborsa, kelinni urug‘- 
aymoqlariga ziyon-zahmatsiz qaytarishi shart bo‘lgan, agar ushbu shartga 
ko‘ra, kuyov kelinni ziyon-zahmatsiz yetkazib bermasa, u holda 100 
dinoriy dirham kumush muomalada amal qilish tasdiqlangan, yaxshi 
saqlangan, toza sifatli pul qarz bo‘lishi, qarzni to‘lash sharti belgilangan, 
mabodo, pulni to‘lay olmasa (vaqtida) 10 dirhamiga 2 dirhamdan ustama 
to‘lash evaziga qarz bo‘lish majuriyatlarini oladi. Bu hujjat ham «qonunlar 
uyida» nikohni qayd qilish bitimi kabi tuzilgan.
21



Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin