saqlab qolingan. Suv huquqi amalda vorislarga qoldirilishigina mumkin
bo iib , lekin savdo bitimlari orqali birovgaberilmagan.
Saljuqiylar davlatida yerning rasmiy egasi sultondir. Yer mulkining
davlat yer egaligi nasliy uzatiladigan yer egaligi, umrbod (bir avlodga)
egaligi va shartli (muqto, iqto) egaliklari mavjud boigan.
Davlat yerlari, ya'ni sulton saroyiga tegishli yerlami boshqarish
uchun maxsus davlat boshqaruv organi - amloki xos tuzilgan bo‘lib,
Malikshoh davrida bunday yerlar saroyga 21 ming qizil oltin daromad
keltirgan. Yerga xususiy egalik mulk shaklida bo‘lib, ular merosiy, sotib
olingan va boshqa yer mulklariga bo‘lingan.
XI-XII asrlarda Saljuqiy sultonlar o ‘z farmonlari - tauke bilan yirik
harbiy boshliq va amaldorlarga
katta-katta viloyatlami, ya'ni davlat
yerlarini tekinga bo‘lib bergan. Mashhur vazir Nizomulmulk davrida esa
xazinaning kambag‘allashganligi uchun ko‘p yerlar shartli yer egaligi
“iqto” tarzida harbiy boshliqlar va amaldorlarga, ularga to‘lanadigan
maosh evaziga bo‘lib berila boshlangan. Bu voqea Nizomulmulkning “yer
islohoti” deb atalgan.
Shu islohotdan keyin saljuqiylar armiyasi ta’minotga qarab xazinadan
maosh oladigan va iqtodorlar ro‘yxatiga tirkalgan qismlarga bo‘lingan. Bu
mulk saljuqiylar davlatida asta-sekinlik bilan umrbodlik mulkka aylanib
borgan.
Saljuqiy sultonlar islom dinining himoyachilari bo‘lganligi uchun
ham ular davrida vaqf mulklari rivojlanib tegirmonlar, uylar, madrasa va
boshqa diniy muassasaga vaqf mulki tarzida o ‘tkazilgan.
Vaqf mulklarini
vasiyat qiluvchi yoki bosh qozi - qoziul-quzzot tomonidan tayinlanadigan
mutavalli boshqargan.
Davlat tuzilishiga kelsak, Saljuqiylar davlati mutloqiy monarxiyaga
asoslangan o ‘rta asr markazlashgan (imperiya) davlati bo‘lib, uning
boshlig‘i sulton bo‘lgan va u rasman bu lavozimni arab xalifaligining
yorlig‘i bilan egallagan. Bag‘dod xalifasi o ‘zini «amir al-mo‘min» -
musulmonlar amiri hamda sultoni deb atagan bo‘lsa-da, saljuqiylar davrida
xalifalarning hokimiyati nisbiy - qo‘g ‘irchoq hisoblangan.
Sulton juda keng, amalda cheklanmagan monarx huquqlariga ega
bo‘lib, mansabdorlar ustidan tushgan shikoyatlarni hal qilgan, yer
bo‘laklarini bo‘lib bergan, hadya qilgan, mansabdorlar va qo‘shin
boshliqlarini
tayinlagan, muhim davlat ishlarini hal etishda kengash
chaqirib, sarkarda va qo‘mondonlarning fikrlarini olishga harakat qilgan.
Tug‘rulbek har haftada 2 kun Xuroson podsholarining qoidalariga mos
holda aholini o ‘zi qabul qilib, nizo va janjallami shaxsan o ‘zi hal etgan.
51
Saljuqiylar davlatining eng yuksalgan davrida Bag‘dod xalifasi
sulton Muhammad To‘g ‘rulbekkka «Malik la-Mashriq va-1 mag‘rib», ya'ni
Sharq va Farbning podshosi hamda «Rukn-ad-Din» - Din suyanchig‘i
unvonlarini bergan. Bular uning hokimiyati naqadar yuksak boiganligini
ko‘rsatadi. Sultonning vaziri bo‘lib, u butun ma’muriy apparatga rahbarlik
qilgan, sulton vazirga hamda musulmon ruhoniylarga tayanib, mamlakatni
boshqargan. Saljuqiylaming tarixida mashhur vazir Abu Ali Hasan ibn Ali
at Tusiy (1017-1092) bo‘lib, U Nizom ul Mulk - ya'ni «davlatni quruvchi»
degan faxriy unvonga ega edi. Nizomulmulk Alp Arslon va Malikshoh
davrida 20 yil vazirlik qilib, ishni saljuqiylarda oddiy amaldorlikdan
boshlagan va shu darajaga erishgan. Saljuqiylarda
Otabek mansabi ham
bo‘lib, u bosib olgan mamlakatlardagi vazirlik mansabiga deyarli to‘g‘ri
kelgan.5
Alp Arslon ustidan otabeklikka tayinlangan Nizomulmulkni maxsus
taukega ko‘ra, «Iliq» va «Ota xo‘ja» deb ulug‘lashlari buyurilgan. Iliq
atamasi esa, - o ‘g ‘uzlardagi faxriy unvonlari, «bayg‘u» «sag‘un»ga teng
bo'lgan. Shuning uchun, ya'ni otabeklik vazirlikka tengligi uchun
saljuqiylar davlati parchalanib, uning bo‘laklari otabeklik deb atalgan.
Vazirning asosiy vazifasi davlat apparatiga rahbarlik qilish bo‘lib,
uning huzurida markaziy hokimiyatning oliy organi devoni - a'lo bo‘lgan.
U bo‘lim va devonlardan iborat edi. Davlat mirzaxonasi devoni insho va
tug‘ro, devoni istefo - moliya devoni, kontrol-nazorat bo‘limi - devoni
ashraf, armiya muassasasi - devoni arz al-djayni va boshqalari bo'lgan.
Vazir barcha devonlar ustidan bevosita
rahbarlikni olib borgan, xazina
ustidan nazorat qilgan, o ‘ziga bo‘ysungan mahkamalarga mansablami
tayinlash, bo‘shatish, maosh berish, tashqi siyosatni olib borish ishlari
bilan shug'ullangan.
Viloyatlarga valiylar tayinlab, uning huzurida noiblari, soliq
yig‘uvchilar
- omillar, jamoat tartibini qo'riqlovchi shiahna va boshqa
mansabdorlar bo'lgan.
Saljuqiylar davlati vujudga kelgandan keyin urug‘ lashkarlari o ‘rniga
doimiy armiya tuzilgan. Sulton Sanjar davrida armiya o‘g ‘uzlaming harbiy
odat huquqlariga ko‘ra tiklana boshlangan. Bunga ko‘ra armiyaning o ‘ng
qanotini quyi, bayot qabilalarining beklar begi, chap qanotini esa bayonlar
va benajak qabilalarining beklar begi boshqargan.
Shunday qilib, ikkita guruh katta qabilalar - uchuqlar va kichik
qabilalar buzuqlar deb atalishi odat bo‘lib qolgan. Bundan tashqari,
5 Агаджанов С.Г. Государство Сеяджукидов и С редняя Азия в X I-X II в. М ., Наука. 1991 г.
52
saljuqiylar armiyasida manglay markaz, qo‘riqchi otrad qorovul, avangard
va soqchi - yosol kabi bo‘linmalardan iborat bo‘lgan.
Saljuqiylar davlatidagi huquq manbalarga kelsak, shariat huquqi va
turk xalqlari orasida tura- odat huquqlari amalda bo‘lgan.
Shuningdek,
Saljuqiy sultonlariga o‘ttiz yil mobaynida vazirlik qilgan Nizomulmulk
tomonidan 1091-yilda yozilgan «Siyosatnoma» yoki «Siyar ul-muluk»
(Podsholar turmushi) asari6 ham mazkur davlat boshqarilishining asosiy
qoidalarini hamda huquqiy masalalarini o ‘rganishda manba bo‘lib xizmat
qilishi mumkin. Kitob xuddi qissadan hissa tarzida, ya'ni hikoyat va undan
chiqarilishi lozim bo‘lgan xulosalar tarzida yozilgan.
Dostları ilə paylaş: