To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti


G‘aznaviylar davlati va huquqi



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

G‘aznaviylar davlati va huquqi
G ‘aznaviylar davlatining paydo bo‘lishi sabablaridan biri somoniylar 
davlatining 
zaiflanishi 
hamda 
turk 
lashkarboshilarining 
mavqei 
kuchayishidir. G ‘azna shahrida hokimiyatni qo‘lga olishga birinchi b o iib
uringan kishi somoniylar lashkarboshisi «Alp Tegindir». Bu davlat uning 
o‘g ‘li Mahmud G ‘aznaviy (998-1030) davrida o ‘zining eng yuqori 
cho‘qqisiga chiqdi. Davlatning tashkil topishi va mustahkamlanishi ikki 
daryo oralig‘ida hokimiyatni o ‘z qo‘liga olayotgan Qoraxoniylar 
davlatining Amudaryodan o ‘tishini to‘xtatish bilan birga bordi. XI asrda 
ulkan davlatga aylanib, Shimoliy Hindiston chegarasidan tortib Kaspiy 
dengizining janubiy qirg'oqlarigacha, hozirgi Afg‘oniston, Shimoliy- 
sharqiy Eron viloyatlarini o ‘z ichiga olgan g'aznaviylar davlati ikki daryo 
oralig‘idagi xalqlar taqdirida muhim rol o‘ynay boshladi. Bu davlat ham 
o ‘rta asr Sharq despotiyasi shaklida bo‘lib, uning tarkibiga G ‘azna, Balx 
Tohariston, Xuroson, G ‘arbiy Eron, Kaspiy dengizining janubidagi yerlar, 
Amudaryo havzasi, Shimoliy Hindiston kirgan, Xorazm 1017-yilda 
Mahmud G ‘aznaviy tomonidan bosib olinib, Xorazmshoh Oltintosh uning 
vassali hisoblangan. Qazvin, Isfahon va Hamadon hokimlari va Kakuidlar 
sulolasiga mansub vassallar hisoblanib, ular yiliga Mahmud G ‘aznaviy 
davlatiga 200 ming hirot dinori va 10 ming kiyim-kechak yetkazib berib 
turgan. Shuningdek, buidiylar sulolasidan bo‘lgan Tohariston va Gurg‘on 
hokimlari ham g ‘aznaviylaming vassallari bo‘lgan.
Davlat boshlig‘i arab xalifasi tomonidan Sulton deb tan olinib, unga 
yorliq berilgan. Garchi uning hokimiyati boMinmas hisoblansada, ba’zi 
hollarda o ‘z yaqinlarining fikri bilan hisoblashishga majbur bo‘lgan. 
Keyinchalik Bag‘dod xalifasi al-Qodir (991-1031) tomonidan unga yamin- 
ud-davlat - ya'ni, davlatning o ‘ng qo‘li faxriy unvoni berilgan.4
Sultonning eng yaqin yordamchisi barcha fuqarolik va ma’muriy 
amaldorlarning boshlig‘i - vazir hisoblangan. Mashhur tarixchi 
Bayhaqiyning «Mas’ud tarixi» asarida g ‘aznaviylar davlatida sulton va 
vazir o ‘rtasidagi boshqa davlatlarda ko‘zga tashlanmaydigan o ‘ziga xos bir 
munosabatlar borligi ko‘rsatiladi. Agarda sulton biror kishiga vazirlik 
mansabini bersa, vazir bilan sulton o ‘rtasida davlat boshqaruvini 
chegaralash uchun bitim tuzilgan. Shundan keyin vazir sultondan o ‘z 
vakolatini qay darajada, qay hajmda amalga oshirishni so‘rab qog‘ozga 
yozgan. Unga sulton o ‘z qo‘li bilan javob bergan. Ikkalasi ham javoblar 
so‘ngida qasam ichib imzo chekishgan. Vazir guvohlar oldida baland
4 M uqim ov Z. « O z b ek isto n davlati va huquqi tarixi». I-qism. Samarqand., Zarafshon. 1998.
47


ovozlar bilan o ‘z vazifasini namunali olib borishga qasamyod qilgan. Bu 
qasam yorlig‘i davlat arxivida saqlangan. Bitimni esa vazir o ‘ziga olgan.
Vazirning vazifalaridan biri g'aznaviylar davlatining markaziy 
apparatiga rahbarlik qilish bo‘lgan. Bunga quyidagilar kirgan: davlat 
mirzaxonasi, devon ar-rasoil, vazirlik devoni - devoni nazorat, moliya 
hisob devoni - devoni istefo': qo‘shinlar devoni- devoni arz: saroy devoni
- devoni vakolat: pochta- aloqa devoni- devoni band: ularaing boshida 
turgan amaldorlar sohiblar deb atalib, vazirning barcha buyruq va 
farmoyishlarini bajargan.
Omil-solig‘ yig‘uvchi mansabdor, fuqarolik va harbiy amaldorlar 
«qilich va qalam sohiblari» deb atalib, ular o ‘rtasida daromadli 
mansablarni egallab olish uchun qattiq kurash borgan. Shuni ko‘rsatib 
o ‘tish lozimki, X-XII asrlarda Markaziy Osiyo va Xurosonda ikki xalq va 
ulaming davlat xizmatida ishtirok etishida ham keyingi ming yillar davom 
etgan tarixiy an'analari deyarli yaqqol ajraldi. Bu xalqlar turkiy tilda 
so‘zlashuvchi tojiklar edi. Ammo ularning etnik mazmunga ega nomlari 
hali boshqacha edi, o ‘zbeklaming avlodlari turklar, tojiklarning avlodlari 
esa «tojikon» (Nizomi mulk - «Siyosatnoma», Bayhaqiy «Mas'ud tarixi») 
deb atalgan. Faznaviylar va boshqa turk davlatlarida ham harbiy 
tabaqaning asosiy qismini turklar, fuqaro byurokratiyasining asosiy 
qismini esa tojiklar tashkil qilgan.
Armiya qo'mondonlari asosan turklardan tashkil topgan bo‘lib, kelib 
chiqishi bo‘yicba g ‘ulomlardan bo‘lgan. Sulton taxtining tayanchi qo‘shin 
b o ‘lib, asosan otliq, qisman piyoda askarlardan tashkil topgan. 
G ‘aznaviylar armiyasining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, unda 
alohida tutqunlikda bo‘lgan g ‘ulom!ardan iborat qismi mavjud edi. Bu 
qism ko‘pincha, Movarounnahr, Xo'jand, Qoshg‘ar, Taroz tomonlardan 
sotib olingan qullar, harbiy asirlardan iborat bo‘lib, ular harbiy ishga 
o ‘rgatilgan. G ‘ulomlar Saroy g‘ulomlariga (2 ming kishilar chamasi) 
sultonning xos qo‘riqchisi va bayroqdorlariga (300 g ‘ulom) bo‘linib, ular 
xizmat evaziga xazinadan yillik maosh va oziq-ovqat mahsulotlarini olgan. 
G ‘ulomlar yaxshi xizmat uchun ozodlik olishlari, yer, mahsulot olishlari, 
katta mansablarga erishlari mumkin bo‘lgan, ammo sultonning quli bo‘lib 
qolavergan. Shuning uchun ularni shaxsan ozod bo‘lmagan imtiyozli 
tabaqa deb atash mumkin. 
G ‘ulomlar doimiy ravishda sulton 
mirzaxonasining amaldori dabiming yashirin nazorati ostida bo‘lgan. 
G ‘aznaviylar armiyasi uchta yirik qo‘shilmadan iborat bo‘lib, uchta 
qo‘mondon sipohsolar - Hindiston, Iroq, Xurosonda joylashgan. Butun 
armiyaning qo‘mondoni xos-hojib bo‘lib, u alohida bayroq va dovulga ega
48


bo‘lgan. Bu davlat boshqa bir yangi turk qabilalari- saljuqiylar hujumlari 
ostida inqirozga yuz tutgan.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin