To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti


Qoraxoniylar davlati va huquqi



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Qoraxoniylar davlati va huquqi
Qoraxoniylar davlati X asming ikkinchi yarmida tashkil topgan. 
«Qoraxoniylar» so‘zi qarluqlaming islomni qabul qilgan boshliqlaridan 
biri- Satuk Abdulkarim qoraxon unvonidan kelib chiqqan. («qora» so‘zi 
qadimdan turkiy xalqlarda buyuklik va ulug‘Iik ma’nosida ishlatilgan). 
Xon hokimiyati madaniyatli bo‘Isa, qarluqlar yoki chigillar qabilasidan 
chiqmadi, balki madaniy taraqqiyotda orqaroqda bo‘lgan yag‘molardan 
chiqqan. Buni Satuk Abdulkarim qoraxonning yag‘molar urug‘idan 
bo‘lganligi 
ham 
ochiq-oydm 
isbotlaydi. 
“Majmuayi 
at-tavoriy” 
(“Tarixning qisqartma to ‘plami”) asarining muallifi «yag‘molar podshoni 
bo‘g ‘raxon deydilar» deb aniq aytgan fikrlari yuqoridagi xulosalami to ‘la 
tasdiqlaydi. Markazi ikki shahar: Qoshg‘ar va Bolasog‘undan iborat 
bo‘lgan yangi davlatning birinchi podshosi “bo‘g ‘raxon” unvonini 
olganligi tavsiflidur.
Qoraxoniylar hukmronligi davrida Movrounnahrda bir qator ijtimoiy- 
siyosiy va iqtisodiy o ‘zgarishlar amalga oshirilgan. Bu o ‘zgarishlar va 
tadbirlar siyosiy va iqtisodiy hayotning hamma sohalarini o ‘z ichiga 
qamrab olgan edi. Ular quyidagilardan iborat:
Birinchidan, somoniylar hukmronligi davrida vujudga kelgan 
markazlashgan davlat boshqaruvi tugatildi. Qoraxoniylar markazlashgan 
davlat boshqaruvi o ‘rniga mamlakatni udel tizimi asosida boshqarishga 
o'tishgan.
Qoshg‘ardan 
tortib 
Amudaryogacha 
bo‘lgan 
hamma 
yerlar 
qoraxoniylar xonadoning shaxsiy mulki hisoblanib, uning tepasida ulug‘ 
xon turgan. U ko‘pincha Qoshg‘arda, onda-sonda Bolasog‘unda bo‘lgan. 
Qoraxoniylar xonadoning boshlig‘i xuddi Erondagi singari «xonlar xoni»
6 Nizom ulm ulk. Siyosatnom a yoki «Siyar ul-m ulk»., Т., Adolat, 1997-y.
53


(shahanshoh), «sultonlar sultoni» nomi bilan yuritilgan. Manbalarda 
qoraxoniylar xonadonining boshlig'i - xonlar xoni «tobg'achxon» deb 
nomlangan. Xonlar xoni idora qilayotgan qoraxoniylar davlati bir necha 
bo‘laklarga, qismlarga - udellarga bo‘lingan. Bu udellaming tepasida 
qoraxoniylar xonadonlari avlodlari vakillaridan iloqhon unvonini olgan 
a'zolari turgan.
Qoraxoniylar va saljuqiylar tarixining bilimdoni, XIII asr boshlarida 
yashagan arab tarixchisi Ibn al Asir 1043-1044-yillarga aloqador qimmatli 
misollarni keltiradi. Bu davrda qoraxoniylar davlatini boshqargan 
Tamg‘achxon Sharafuddavla o ‘ziga qarashli viloyatlami hammasini aka- 
ukalari, o ‘g ‘illari va qarindosh-urug‘lariga bo‘lib bergan. Jumladan, ukasi 
Bo‘g ‘raxonga Tarozni, Isfijobni, amakisi To‘g ‘onxonga Farg‘onaning 
hammasini bergan, o ‘ziga esa faqat Qoshg‘ar bilan Bolasog‘unni 
qoldirgani ma’lum.
Markaziy xonlar xoni bilan iloqxonlar o ‘rtasida aloqa mustahkam 
bo‘lmagan. Iloqxonlar bir-birlari bilan doimo dushmanlik kayfiyatida 
yashaganlar va har biri o ‘zicha mustaqil bo‘lishga intilgan.
Hoqon huzurida Iloqxonlar vazirlik, saroy boshqaruvchisi, xos 
hojiblik mansabi, amaldorlar, xizmatchilar, ya'ni tapug‘chilar tomonidan 
qurshab olingan (saroy qorovullari qapug1 - eshik), Xazinachilik mansabi 
ham bo‘lib, bu agnachi (agna - mol-mulk degani) deb atalgan. Mamlakatni 
boshqarishda vazirning mavqei kuchli bo‘lgan. Ramziy ma'noda vazir 
«Otboqarga» xalq esa Saroy eshigi oldida turgan “egarlangan otga” 
tenglashtirilgan. Qoraxoniylar davlatining ijtimoiy-siyosiy tuzumini 
o ‘rganishda, 
mansablar, 
ulaming 
ahamiyatini 
tushunishda Sotuq 
Bug‘roxon tomonidan Xos Xojib mansabiga tayinlangan Yusuf 
Bolosog‘uniyning «Qutadg‘u bilig» asari katta ahamiyat kasb etadi. 
«Mamlakat ishiga nafi eng tegadigan toifa uch xildir, - deb yozadi u - 
birinchsi bilimli donishmand kishilar, turli kasb egalari; ikkinchisi - botir
sheryurak - ular bo‘ri, yovga qarshi kurash paytida asqotadi; nihoyat 
uchinchi guruhini so‘zamol kotib tashkil etadi».7
Mazkur asarda podsholarga (elig) elchilar, vazirlik, kotiblik, harbiy 
boshliq, bek bo‘lish uchun qanday talablar qo‘yilishi, ulaming yaxshi 
xislatlari va uning ahamiyati to ‘g ‘risida batafsil fikr yuritilgan. Shuning 
uchun mazkur kitobni turkiy xalqlarda davlat lavozimlarida ishlaydigan 
kishilar uchun tarbiyaviy qo‘llanma tarzida yozilgan, deb hisoblanadi.
Qoraxoniylar davlatida ko‘chmanchi xalq “elchilar” (el boshlig‘i 
ma'nosida) tomonidan boshqarilgan bo‘lib, bunday lavozimda nufuzli
7 Y usuf X os Xojib. Q utadg u bilig. Т., Yulduzcha, 1990-y
54


beklar turgan. Bek xoqonga bo‘ysunib, uning vakolat doirasi odat 
huquqlari - turada belgilab qo‘yilgan. Beklar jamoat tartibini qo'riqlash, 
sud hukmlarining ijrosini ta'minlash, odat huquqlarining bajarilishi, davlat 
chegaralarining qo‘riqlanishini nazorat qilgan. Bir necha beklar ustidan 
“beklar begi” tayinlangan (yoki ulug‘ bek, buyuk bek). Beklar begi katta 
qo‘shinga qo‘mondonlik qilib, xon kengashida qatnashgan.
Qoraxoniylar davrida jamiyatning ijtimoiy bo‘g ‘inlari quyidagi shakl 
va ko‘rinishga ega bo‘lgan:
- elikxon-hoqonul-hoqondan keyingi pog‘onada turuvchi shaxs. U 
hoqon xonadoniga mansub bo‘lib, viloyatning mulk sohibi 
hisoblangan;
- iqtidorlar - qoraxoniylar davlatining tayanch qatlami, asosiy harbiy 
harakatlami amalga oshiruvchi jangovor bo‘linmalar vakillari. Ular 
o ‘z martabalariga ko‘ra bir-birlaridan farq qilganlar;
- islom dinining peshvolari- imomlar, Sayyidlar shayxlar, sadrlar. 
qoraxoniy- hukmdorlar musulmon rahbarlari bilan yaxshi 
munosabatda bo‘lganlar. Diniy mansab sohiblarining mavqei beni- 
hoya katta bo'lgan;
- hokimlar, raislar, muxtasiblar va hakazo.
Bunday shaxslar somoniylar davridagi singari qoraxoniylar davrida 
o ‘z mavqelarini mustahkam saqlay olgan ijtimoiy qatlamdir;
- tariqchilar - ziroatkorlarning turkcha nomi, qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari bilan ta'minlovchi asosiy ijtimoiy qatlam sanaladi;
- hunarmandlar turli xildagi xo‘jalik ahamiyatiga molik ashyo, asbob 
- anjomlar yasovchi, tayyorlovchi mehnatkash qatlam;
- savdogarlar - savdo-sotiq bilan mashg‘ul bo‘lgan shahar ahli;
- ko‘chmanchilar - chorvadorlar, 
ya’ni chorva mahsulotlari 
yetishtiruvchi asosiy qatlam.
Qoraxoniylarda oddiy xalq «budun» deyilgan. Soliq to ‘lovchi aholi 
“raiyyat” deb atalgan. Qabila boshliqlari “bek” deyilgan. Savdogarlar 
“sart” deb atalgan. Qoraxoniylar davlatida hunarmandchilik, shuningdek, 
ziroat va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi sohalar taraqqiy 
etgan.
Shaxsan ozod chorvador xalq xonlar va beklarga tegishli yaylovlarda 
o ‘zlarining mollarini boqqanlari uchun, davlatga soliq-maran va zakot, mol 
bergan.
Yusuf Bolosog‘uniy o ‘z asarida bek bo‘lish uchun yuksak sifatlar 
bo‘lishini talab qiladi: «Bek - dono, botir, sheryurak boiishi lozim. Uning 
bilimli, zakovatli, mulohazali bo‘lishi taqozo etiladi. Ochiq yuzlilik
55


bekning yaxshi fazilatlaridan biridir». Albatta bek kim va qanday 
boimasin, u xalq bor bo'lgani uchun bekdir. Shuning uchun ham u bek 
hokimiyatida xalqning o ‘miga yuksak baho beradi. «Oddiy aholi «aratlar» 
beklarning qanot va parlari bo‘lib, ularsiz qush kabi ucha olmas edilar. 
Qaysi bek hushyor bo‘Isa, elini mustahkamlaydi, yov bo‘ynini yanchib 
uning ustiga balolar yog‘diradi, qaysi bek elida to‘g ‘ri (odil) siyosat 
yurgizsa. Elini yashnatadi, uning kunlarini yoritadi. Mana shu ikki narsa 
tugal bo‘Isa, el ham mangu turaveradi». Qoraxoniylar davlatida aratlar -
oddiy xalq uchga: boylarga , o ‘rta hollarga va chig‘aylar - yo‘qsillarga 
bo'lingan. Bundan tashqari, kishilar «qul kabi er», «qulsik er», «qulsik 
kishi» kabi nomlar bilan atalgan qaramlikka tushib qolgan kishilar ham 
mavjud.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin