V II B O B . T E M IR B E T O N K O N ST R U K SIY A L A R
7.1. Umumiy ma’lumotlar
Temirbeton qurilish konstruksiyasi bo‘lib, beton m atritsadan va
po‘Iat armatura karkasidan iborat kompozitsion buyumdir. U jam oat va
sanoat binolari
hamda transport qurilishida, gidrotexnik inshootlar va
boshqa maxsus obyektlar qurilishida keng miqyosda ishlatiladi. Monolit
va yig‘ma temirbeton konstruksiyalami bino hamda inshootlar qurilishida
ishlatish
mehnat unumdorligini oshiradi, qurilish muddatini qisqartiradi
va tannarxini pasaytiradi. Betonning cho‘zilishdagi m ustahkamligi
siqilishdagi m ustahkamligiga nisbatan bir necha o ‘n barobar kamdir.
Shu sababli tem irbeton konstruksiyalaming cho‘ziluvchi qismi po ‘lat
armaturalar bilan kuchaytiriladi.
Beton va po ‘lat armaturaning yaxshi
tishlashishi hamda harorat
ta’sirida chiziqli kengayish koeffitsiyentlarining yaqinligi temir-betonni bir
butun tizim bo ‘lib ishlashini ta’minlaydi. Beton po‘lat armaturani ob-havo
ta’sirida korroziyalanishdan saqlaydi.
Temirbeton tayyorlanish usuligako‘ra monolit vayig‘ma konstruksiya-
larga bo‘linadi.
Monolit temirbeton konstruksiyalar bevosita qurilish maydonlarida
tayyorlanadi. U lar m axsus loyihalar asosida quriladigan bino va
inshootlarda,
gidrotexnik, y o ‘l qurilish hamda aerodrom qoplamalari
va boshqa inshootlarda ishlatiladi. Monolit temirbetonni barpo etishda
qolip-opalubka, havoza va beton quyish ishlariga ko‘p qo‘l
mehnati sarf
bo‘ladi. Ulami quruq issiq iqlim sharoitida va qish mavsumiga tayyorlash
qiyinchiliklar tug‘diradi.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar zavodda mexanizatsiyalashtirilgan
sharoitda ishlab chiqariladi va qurilish maydonlarida montaj qilinadi. Bunda
tiplari o ‘lchamlari minimal o ‘zgaruvchan temirbeton konstruksiyalar
ishlab chiqarish tejamli bo‘ladi.
Konstruksiyalar oddiy va armaturasi awaldan taranglangan
temirbeton
(AATTb) turlarga bo‘linadi. Po‘lat armaturani aw aldan taranglashdan
98
maqsad, po‘lat sterjendagi plastik deformatsiyalanish holatini, temirbeton
konstruksiyaga yuklama qo‘yilganda keskin kamaytirishdir. Bu holatda
temirbeton konstruksiyaning cho‘ziluvchi qismidagi beton siqiladi va
unga shu kuchlanishtfan yuqori bo‘lgan kuchlanish hosil bo‘lgandagina
cho‘zilishga ishlaydi.'jKonstruksiyaning cho‘ziluvchi
qismidagi armatura
taranglanganda betondafyoriqlar hosil bo‘lishi keskin kamayadi.
AATTb konstruksiyalarda beton va armaturaning yuk ko‘tarish imkoni-
yatlari to‘laroq ishlatiladi hamda shuning uchun konstruksiyaning massasi
kamayadi. Buturdagi konstruksiyalar tayyorlashda yuqori markadagi beton
va mustahkamlikdagi p o ia t armaturalar ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: