Litosfyera tarkibi, tog‘ jinslarining umumiy tasniflanishi. Umumiy holatda tog‘ jinslari o‘zini qattiq, suyuq va gazsimon fazalarni qamrab oluvchi ko‘p tarkibli turli jinslar tizimi bilan ifodalaydi. Suyuq va gazsimon fazalarning mavjudligi tog‘ jinslarida g‘ovakliklarni yuzaga keltiradi.
Geologik jarayonlarga bog‘liq ravishda tog‘ jinslarining bunday shakllanishi natijasida ular quyidagi uchta genetik guruhlarga ajratiladi: magmatik(otilib chiqqan), cho‘kindi va metamorfik.
Vulqon otilishi jarayonidayer yuzasiga otilib chiqqan (effuziv magmatik tog‘ jinslar) yoki yer qobig‘ida yerigan magmaning tarqalib kristallashishi va qotishi (intruziv magmatik tog‘ jinsi) natijasida shakllangan tog‘ jinslari magmatik tog‘ jinslari deyiladi. Bu tog‘ jinslari birlamchi hisoblanib, vujudga kelish vaqtida muhim o‘zgarishlarga bardosh byera olmaydi. Ularga granit, sienit, dunit, gabbro, bazalt, diorit va boshqalar kiradi.
Qumtuproq tarkibiga ko‘ra magmatik tog‘ jinslari o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Nordon - 65% SiO2 - granit, liparit, kvarsli porfir.
O‘rtacha - 65-52% SiO2 - diorit, andezit, sienit, traxit.
Asosiy - 52-40% SiO2 - gabbro, diabaz, bazalt.
O‘ta asosiy - 40% SiO2 - pyeridotit, piroksenit, dunit.
CHo‘kindi tog‘ jinslarimagmatik tog‘ jinslari mahsulotlarining suv yoki havo ta’sirida (mexanik, kimyoviy yoki organik) parchalanib qatlamlanishi natijasida yuzaga keladi. Ularga ohaktosh, peschanik, trepel, tosh ko‘mir va cho‘kindi temir rudalari misol bo‘ladi.
Metamorfik tog‘ jinslari magmatik yoki cho‘kindi tog‘ jinslarining yuqori bosim, harorat va kimyoviy yeritmalar ta’siri ostida chuqur qayta shakllanishi natijasida yuzaga keladi. Ularning juda yorqin namoyondalariga kvarsit, slanets, gips, marmar va fillit misol bo‘ladi.
Geomexanikada echiladigan masalalar orasida tog‘ jinslarini bo‘laklari orasidagi bog‘liqlik xossalari bo‘yicha tasniflash eng maqbul deb qabul qilingan. Bu alomatlar bo‘yicha tog‘ jinslari quyidagi bir nechta sinflarga bo‘linadi:
qattiq , tog‘ jinslarini tashkil etuvchi qattiq minyeral bo‘laklari orasida o‘z shaklini saqlashni ta’minlovchi mustahkam aloqalar bilan bog‘langan. Ularga magmatik, sementlashgan cho‘kindi va metamorfik tog‘ jinslari mansub bo‘ladi. Bu sinfdagi tog‘ jinslari o‘zining mustahkamlik xossalaridan kelib chiqib qoyali va yarim qoyali guruhlarga bo‘linadi. Qoyali tog‘ jinslariga bir o‘q bo‘ylab siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi 50 kg.kuch/sm2 dan katta mustahkam tog‘ jinslari kiradi. Suv bilan to‘yintirilganda bunday tog‘ jinslarining ilashish kuchlari yo‘qolmaydi. Qoyali tog‘ jinslariga granit, diabaz, bazalt, sienit, gneys, qattiq qumtosh va ohaktoshlarni misol qilib olish mumkin. YArim qoyali tog‘ jinslariga sementlashgan plastik bog‘langan va aniq qattiqlik tartibida namoyon bo‘ladigan tog‘ jinslari misol bo‘ladi. YUklamalar chegarasi birmuchncha ortganda bunday mustahkam bog‘lanishlar buziladi va maydalangan tog‘ jinslari qonuniyatlari asosida deformatsiya yuzaga keladi. Suv bilan to‘yintirilganda yarim qoyali tog‘ jinslarining ilashish kuchlari qoida bo‘yicha keskin kamayadi, ba’zida esa butunlay yo‘qoladi. Bunday tog‘ jinslariga zaif sementlashgan qumtosh, zaif ohaktosh, dolomit, myergel, qumli va loyli slanets, argillit va alevrolitlar misol bo‘ladi.