Struktura deb minyeral agregatlarning tuzulishi, jumladan tog‘ jinslarining kristallashish darajasi (tog‘ jinsining kristall yoki amorf tuzulishi), o‘lchamlari, minyeral zarralarning shakli va ular orasidagi bog‘liqlik xossalari tushuniladi (2.1-jadval).
Tog‘ jinslarining strukturasi
2.1-jadval
Struktura
|
Tog‘ jinslarining xossasi
|
Kristallashgan
yirik bo‘lakli
o‘rtacha bo‘lakli
kichik bo‘lakli
afanitli
yopiq kristallashgan
|
Tog‘ jinsi butun krisstal bo‘laklardan tashkil topgan;
bo‘lak o‘lchami 1-5 mm
bo‘lak o‘lchami 1 mm gacha
bo‘lak o‘lchami 1 mm dan kichik
bo‘lak faqatgina lupada ko‘rinadi
kristallar kattalashtirilganda ham ko‘rinmaydi
|
SHishasimon
|
Butunlay shishasimon massa
|
Porfirli
|
Umumiy shishasimon yoki yopiq kristallashgan massada kristal bo‘laklar birikkan
|
Siniq (CHaqiq)
|
Tog‘ jinslari siniqlardan tashkil topgan
|
Tog‘ jinslarining struktura bilan bir qatorda boshqa bir omillaridan biri bu uning teksturasidir. Tekstura (tana) deb o‘rganilayotgan bir turdagi tog‘ jinsilari bo‘laklarining o‘zaro strukturaviy joylashishi tushuniladi (2.2-jadval).
Tog‘ jinslarining muhim teksturasi turlari
2.2-jadval
Tekstura
|
Xaraktyeristika porodы
|
Ommaviy
|
Tog‘ jinslari bo‘laklari mo‘ljallanmagan, bir-biriga mahkam bog‘langan
|
G‘ovakli
|
Tog‘ jinslarida eng kichik bo‘shliqlarning mavjudligi
|
Qatlamli
|
Tog‘ jinslarining qismlari boshqa qismlar bilan almashinadi, qatlam va yotqiziqlar shakllanadi
|
Tog‘ jinslarining teksturasi tartibli va tartibsiz bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |