biznes-reja, uning bo\'limlari va mazmuni mustaqil ish
Moliyaviy nazoratning mohiyati uning vazifalarida o‘z ifodasini topib, ulardan biri moliyaviy resurslarning ahvolini nazorat etishdan iboratdir. Ushbu nazorat davlat budjeti oldidagi majburiyatlarning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul jamg‘armalaridan foydalanishga doir operatsiyalarning to‘g‘ri amalga oshirilishini tekshirishni nazarda tutadi.
Moliyaviy nazoratning boshqa vazifalari qatoriga yuridik adabiyotlarda korxonalar, tashkilotlar tomonidan ularning tasarrufidagi pul mablag‘lari (budjet mablag‘lari, bank ssudalari va h.k.)dan to‘g‘ri foydalanilishi hamda tashkilotlar, korxonalar va muassasalar tomonidan moliyaviy operatsiyalar, hisob-kitoblarni amalga oshirish va pul mablag‘larini saqlashga oid qoidalarga rioya etilishini tekshirish kiritilgan. Yana bir vazifa sifatida moliya sohasida huquqbuzarliklarni ogohlantirish va cheklash ajratiladi. Ular aniqlangan hollarda tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarga nisbatan belgilangan tartibda jazo choralari qo‘llaniladi, davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yetkazilgan zararni qoplash ta’minlanadi.
Bizning mamlakatimizda olib borilayotgan bozor qayta qurishlari tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish mazmunini tubdan o‘zgartirishni talab qiladi va moliyaviy nazorat oldiga pritsipial jihatdan yangi vazifalarni qo‘yadi. Bu vazifalar shu bilan belgilanadiki, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish bozorning tarmoqlangan infratuzilmasini tashkil etishni talab qiladi, ularsiz bozor mexanizmlari to‘liq darajada ishlay olmaydi. Bunday infratuzilmalar qatoriga bank-kredit va soliq tizimlari, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi, sug‘urta va auditorlik xizmatlari kiradi.Ushbu sharoitlarda moliyaviy nazoratning eng muhim vazifalari moliyaviy munosabatlarning barcha subyektlari tomonidan bank, soliq, valuta qonunchiligi, qimmatli qog‘ozlar, sug‘urta va auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etilishi samaradorligini oshirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Moliyaviy nazoratning nihoyatda muhim vazifalaridan biri, shuningdek, to‘lov aylanmasini normallashtirish, noto‘lovlar,debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha salbiy oqibatlarni tugatishdir.