Tog’ kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti



Yüklə 245,65 Kb.
səhifə6/8
tarix22.12.2023
ölçüsü245,65 Kb.
#189820
1   2   3   4   5   6   7   8
biznes-reja, uning bo\'limlari va mazmuni mustaqil ish

qarshi tekshirish turli xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki bir xo‘jalik yurituvchi subyektning turli bo‘linmalarida bo‘lib, yagona operatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni o‘zaro solishtirishdan iborat bo‘lgan tekshiruvdir.

  1. Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari .



Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o'tkazilishi uning tashkil etilish darajasiga hamda nazorat turlari, shakllari va o'tkazish metodiariga bog'liq.
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub'ektlarga ko'ra uning quyidagi turlari mavjud:
• umumdavlat moliyaviy nazorati;
• idoraviy moliyaviy nazorat;
• xo'jalik ichidagi moliyaviy nazorat;
• jamoatchilik moliyaviy nazorati;
• mustaqil moliyaviy nazorat.
Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (prezident, hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'rnitasi, Davlat bojxona qo'mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy nazoratning bosh maqsadi daromadlar tushib turishi va davlat xarajatlarining sarflanishi bo'yicha davlat va jamiyat manfaatlarini ta'minlashdan iborat.
Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish
boshqarmalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan am alga
oshirilib, shu idoraga bo'ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi.
Xo'jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari tomonidan o'tkaziladi. Bu yerda moliyaviy nazoratning ob'ekti sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo'jalik va moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi.
Jamoatchilik moliyaviy nazorati davlatdan tashqari tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat ob'ekti uning oldiga quyilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi.
Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan o'tkaziladi.
Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bo'yicha klassifikatsiya etish qabul qilingan:
• amalga oshirilish reglamenti;
• o'tkazilish vaqti;
• nazoratning sub'ektlari;
• nazoratning ob'ektlari.
Amalga oshirilish reglamenti bo'yicha moliyaviy nazoratning
shakllari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:
• majburiy (tashqi);
• tashabbusli (ichki).
Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan majburiy (tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, masalan, asosan tashqi, mustaqil nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlariga, byudjet resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratga, korxona va tashkilotlarning moliyabuxgalteriya hisobotlari ma'lumotlarini majburiy auditorlik tasdiqlanishi va boshqalarga tegishli bo'lishi mumkin.
Tashabbuskorli (ichki) moliyaviy nazorat moliyaviy
qonunchilikdan kelib chiqmasa-da, taktik va strategik maqsadlarga erishishda moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi.
O'tkazilish vaqti bo'yicha moJiyaviy nazoratning shakllari
quyidagilarni o'z ichiga oladi:
• dastlabki;
• joriy (operativ);
• navbatdagi (kelgusi, so'nggi).


Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarning sodir bo'lishidan oldin amalga oshiriladi va moliyaviy xatoliklaming oldini olish yoki ularni ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag'larning tejamsiz va samarasiz sarflanishiga yo'l qo'ymaslik uchun xarajatlarning moliyaviy jihatdan asoslangan bo'lishini ko'zda tutadi. Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy tarqqiyotining makroiqtisodiy ko'rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlarni va byudjetdan tashqari fondlaming moliyaviy rejalarini tuzish va tasdiqlash jarayonini ko'rsatish mumkin. Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smetalar, kredit va kassa arizalari, biznes-rejalarning moliyaviy bo'limlari, bashorat balanslarini tuzish, hamkorlikdagi faoliyat to'g'risida shartnoma va boshqalardan iborat bo'lishi mumkin.
Joriy (operativ) moliyaviy nazorat pul bitimlari, moliyaviy operatsiyalar, ssuda va subsidiyalar berish singari amaliy jarayonlar sodir bo'lish vaqtida amalga oshiriladi. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag'lar olish va ularni sarflash jarayonida vujudga kelishi mumkin bo'lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi, moliyaviy intizom mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblari o'z vaqtida amalga oshirilishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Bu yerda buxgalteriya xizmatlari katta rol o'ynaydi.
Navbatdagi moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va buxgalteriya
hujjatlarini tahlil va taftish qilish yo'li bilan amalga oshirilib, uning
bu shakli iqtisodiy sub'ektlar moliyaviy faoliyati natijalarini, taklif etilgan moliyaviy strategiyaning samaradorligini, moliyaviy xarajatlarni ularning bashoratlari bilan qiyoslanishi singari jarayonlarni baholashga mo'ljallangan.
Nazorat sub'eklari bo'yicha moliyaviy nazoratning quyidagi
shakllari bo'lishi mumkin:
• Prezident moliyaviy nazorati;
• hokimiyat qonunchilik organlari va mahalliy o'z-o'zini
boshqarish idoralarining moliyaviy nazorati;
• ijroiya hokimiyat organlari moliyaviy nazorati;
• moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati;
• firmaviy-ichki moliyaviy nazorat;
• auditorlik moliyaviy nazorati;
• va boshqalar.
Nazorat ob'ektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning
quyidagi shakllari mavjud:
.• byudjet moIiyaviy nazorati;
• byudjetdan tashqari fondlar ustidan amalga oshiriladigan
moliyaviy nazorat;
• soliqlar bo'yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
• valyuta operatsiyaJari ustidan amaJga oshiriladigan moliyaviy
nazorat;
• kredit operatsiyalari bo'yicha moliyaviy nazorat;
• sug'urta faoliyati bo'yicha moliyaviy nazorat;
• investitsion faoliyat bo'yicha amalga oshiriladigan moliyaviy
nazorat;
• pul massasi ustida amlga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
• va boshqalar.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida quyidagi
metodlaridan foydalaniladi:
• tekshiruv;
• tadqiq etish;
• nadzor (nazorat);
• moliyaviy holat tahlili;
• kuzatish (monitoring);
• taftish.
Tekshiruv hisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida moIiyaviy-xo'jalik faoliyatining alohida masalalari bo'yicha amalga oshiriladi.
Tekshiruv jarayonida moliyaviy intizomning buzilganligi aniqlanadi
va ularga barham berish choralari belgilanadi.
Tekshiruv korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim
tomonlarini qamrab oladi. Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar,
material, yoqilg'i va energiyalarning sartlanish hajmlari nazorat
tarzida o'1chanadi. Shuningdek, tadqiq etish so'rash, kuzatish va
inspeksiya qilish hollari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Nadzor (nazorat) moliyaviy faoliyatning ma'lum bir turiga
(masalan, sug'urta, investitsion, bank va boshqa faoliyatlar) litsenziya
olgan iqtisodiy sub'ektlar ustidan nazorat organlari tomonidan
amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi. U qoidalar va
normativlarning buzilishi litsenziyaning bekor qilinishiga olib
keladigan u o'rnatilgan holatlar ustidan nazorat qilishni ko'zda
tutadi.
Iqtisodiy tahlil moliyaviy nazoratni amalga oshirish metodi
sifatida xo'jalik faoliyatining natijalari, moliyaviy holatning ahvoliga
umumiy baho berish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini
asoslash maqsadida davriy yoki yillik moliyaviy va buxgalteriya
hisobotlarini detallashtirilgan tarzda o'rganishni ko'zda tutadi.
Taftish moliyaviy nazoratning ancha keng tarqalgan metodi
sanalib, nazoratning haqiqiy va hujjatIi usullarini qo'llash yordamida
amalga oshiriladigan korxona, tashkilot va muassasalar moliya xo'jalik faoliyatini o'zaro bog'langan umumiy tekshiruvidan iboratdir. Taftish tekshirilayotgan ob'ekt faoliyatidagi kamchiliklar va buzilishlarni topish uchun, ya' ni sodir etilgan xo'jalik operatsiyalarining maqsadga muvofiqligi, asoslanganligi, iqtisodiy
samaradorligini, moliyaviy intizomga rioya etilganligini, buxgalteriya
hisobi va hisoboti ma'lumotlarining ishonchliligini aniqlash uchun
amalga oshiriladi.
Xo'jalik faoliyati sub'ektlarini to'la qamrab olinishiga qarab
taftish quyidagi turlarga bo'linishi mumkin:
• to'liq;
• qisman;
• mavzuli;
• kompleksli (har tomonlama)
To'liq taftish nazorat ob'ekti moliya-xo'jalik faoliyatining barcha tomonlarini tekshirishni ko'zda tutadi.
Qisman taftish xo'jalik yurituvchi sub'ekt moliya-xo'jalik
faoliyatining ayrim qismlari yoki tomonlarini tekshirish uchun
o'tkaziladi.
Mavzuli taftish bir tipdagi korxona, tashkilot va muassasalar
faoliyati bo'yicha ma'ium bir mavzuga bag'ishlab o'tkaziladi. Bu
narsa ma'lum xo'jalikka xos bo'igan tipik kamchiliklar va
buzilishlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo'yicha tegishli choralar qo'llanishiga imkon beradi.
Kompleksli (har tomonlama) taftish tekshirilayotgan korxona, tashkilot va muassasa faoliyatining barcha tomonlarini qamrab oladigan eng to'liq taft ish bo'lib, u nazorat sub'ektining xo'jalik va moliya faoliyatini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning butligi va ulardan samarali foydalanish masalalari, buxgalteriya hisobi va hisobotining holati va sifati kabi sohalarni o'z ichiga oladi. Bunda tor texnikaviy va texnologik masalalarni tekshirish uchun tegishli mutaxassislar jalb qilinadi. Bu esa, o'z navbatida, kompleksli (har tomonlama) taft ish natijalarining to'liqligi va samaradorligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.
Moliyaviy va xo'jalik operatsiyalarining qamralib olinishi
darajasiga ko'ra taftishlar quyidagi uch guruhga bo'linadi:
• yoppasiga taftish;
• tanlanma taftish;
• kombinatsiyalashtirilgan taftish.
Yoppasiga taftish butun tekshiriladigan davr mobaynida
faoliyatning ma'ium bir qismidagi barcha operatsiyalar tekshirilishini taqoza etadi.
Tanlanma taft ish u yoki bu vaqt oraJig'ida birlamchi hujjatlar bir qismini tekshirishdan iborat. Odatda, chorakdagi bir oyning natijalari tekshiriladi, kamchiliklar aniqlansa, yoppasiga tekshiruvga o'tiladi.
Kombinatsiyalashtirilgan taftishning bir qismi yoppasiga, boshqa bir qismni esa tanlanma metod bilan tekshirilishini nazarda tutadi. Bu narsa yuqori darajadagi hujjatlarning aylanishi va yirik xo'jalik operatsiyalarini amalga oshiruvchi sub'ektlar faoliyatini taft ish qilishga imkon beradi.
O'tkazilgan taftish asosida hujjat rasmiylashtiriladi. Unda kamchiliklami bartaraf etish, moddiy zararlarni qoplash va aybdorlarni javobgarlikka tortish choralari belgilanadi.


  1. Yüklə 245,65 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin