Tog usuli. Guidebook. Kirish


-qadam. Rejalashtirish va tayyorgarlik



Yüklə 330,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix07.01.2024
ölçüsü330,46 Kb.
#204973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
TOG o\'quv qo\'llanma

2-qadam. Rejalashtirish va tayyorgarlik. 
Bu bosqichda bajarmoqchi 
bo’lgan ishingiz rejalashtirib olinadi. Misol uchun, ishingizga kerak bo’ladigan 
narsalarni tayyorlab olish, necha varoq kitob o’qish yoki qancha hajmda ish bajarish 
va h.k. Chunki avvaldan hamma narsa tayyorlab olinmasa, ishlash jarayonida 
chalg’ishga olib keladi. Bunga yana bir sabab, miya qancha ishni qilishi kerakligini 
va ishining oxirini ko’rganida, yaxshiroq ishlaydi. Agar qancha ish qilishi 
kerakligini bilmasa, miya dangasalik qilishni boshlaydi. Shug’ullanishni 
boshlamasdan avval, oldingizga suv, yoki qahva qo’yib olishingiz mumkin. 
Chanqagan paytingizda suv ichib turasiz.
 
3-qadam. Taymerni yoqish.
25 daqiqaga taymer qoyiladi va 
konsentratsiyani jamlab ishga kirishiladi. Bu usulni kuchli jihati shundagi 2-3 soatlik 
ishlarni pomidorlarga ajratib, dangasaliksiz bajarib yuborish mumkin. Bittada 100 
marta turnikda tortilish mumkinmi? Albatta yo’q, hattoki kuchli sportsmenlar ham 
40-50 tacha qilishadi. Lekin siz 10 ta tortilib, so’ng biroz dam olib, keyin yana 10 ta 
tortilib, yana dam olsangiz, siz muammosiz 100 ta tortina olasiz. Pomidor 


metodining asosiy mohiyati ham shunda.
 
Taymer ishni tezroq bajarishga undaydi. 
Chunki miyamiz vaqt tugayotganini sezganda yana ham tezroq ishlashni boshlaydi. 
Agar boshlanishiga 25 daqiqa diqqatni jamlab ishlash qiyinlik qilsa, 20 yoki 15 
daqiqalik Pomidor ishlatishingiz mumkin. 
 
4-qadam. 5 daqiqa dam olish. 
Taymer tugashi bilan 5 daqiqa dam olinadi. 
Dam olish jarayonida miyani dam oldirish kerak, ortiqcha narsalarga, masalan, 
telefonga chalg’ish mumkin emas. Chunki bu paytda miya olingan ma’lumotni hazm 
qiladi va tahlil qiladi. Dam olayotganda shunchaki hech narsani o’ylamasdan 
yotishingiz yoki oynani ochib toza havoda nafas olishingiz mumkin. 
Pavlov o’tkazgan tadqiqotda u itiga ovqat berayotganda lampochkani yoqardi. 
Ma’lum vaqtdan so’ng, itda lampochkaga nisbatan shartli refleks paydo bo’ladi va 
ovqat bermasdan lampochkani yoqqanida itning og’zidan so’lak oqa boshlaydi. 
Pomidor usulini ko’p marotaba ishlatish orqali ham biz miyamizni taymerlar bilan 
ishlashga moslashtirishimiz mumkin.

Yüklə 330,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin