Tog usuli. Guidebook. Kirish


Obraz topa olmaslik muammosi



Yüklə 330,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix07.01.2024
ölçüsü330,46 Kb.
#204973
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
TOG o\'quv qo\'llanma

Obraz topa olmaslik muammosi. 
TOG bilan shug’ullangan vaqtda juda ko’p odamlarning shikoyati shundaki, 
ularda xorijiy so’zga hech qanday obraz kelmasligi. Obraz topa olmayabman degan 
muammo aylanaveradi aylanaveradi. Lekin hamma ham buni yengishga harakat 
qilavermaydi. Muammo muammoligicha qolib ketadi. Shu bilan odamlar “TOG 
usuli qiyin ekan” yoki “Menda TOG usuli ishlamas ekan” degan hayolga borishadi. 
Aslini olganda shug’ullanish jarayoniga to’g’ri yondashish kerak. Istalgan joyda 
istalgan turdagi mashg’ulotni boshlagan vaqtingizda, siz doimo qiynalasiz. 


Ertalab soat 7 da turish qiyinmi, albatta. Tonggi badantarbiyani qilish qiyinmi, 
albatta. Har kuni bitta pomidor kitob o’qish qiyinmi, albatta. Agar ushbu savollarga 
siz “Ha” deb javob bergan bo’lsangiz, unda siz ushbu ishlarni bajarmaysiz. Agar 
bajarib kelganingizda, qaysidir topshiriq sizga osonlik qilgan bo’lardi. Har kuni 
kitob o’qishga odatlangan odamga, 1 soat kitob o’qish ham qiyin emas. Lekin o’sha 
odamga ham boshida kitob o’qishni boshlash qiyinlik qilgan. 
Shu payt odamlarda bir savol tug’iladi “Men har kuni soat 7 dan oldin 
uyg’onaman, lekin soat 7 dan oldin uyg’onish menga qiyin. Siz esa qiyin bo’lsa, 
demak bajarmayapsiz, men esa bajaryapman” deyishadi. Agar sizda ham ushbu 
savol tug’ilgan bo’lsa, bir narsaga javob bering, siz ertalab soat 7 dan oldin 
uyg’onishingizni majburlikdan qilyabsizmi, yoki bu narsa menga foyda keltiradi, 
odat tarzimga aylantirishim kerak debmi? Ko’pchilik majburlikdan uyg’onadi, 
sababi ishga vaqtida borish kerak, o’qishga vaqtida borish kerak, agar kech qolsa 
jazo bor deb uyg’onadi. Eng qizig’i shundaki, bunday insonlar ertalab vaqtli turishi 
uchun, har doim ham kechqurun vaqtli uxlashmaydi. Shu sababli siz odat 
shakllantirishda o’zingizga buni foydaliligi uchun bajaring va ushbu odatni 
shakllantirish uchun har qanday yordamni o’zingizga bering. Ertalab 7 da 
turmoqchimisiz, kechqurun soat 23:00 gacha uxlashga yoting. Kitob o’qishni odatga 
aylantirmoqchimisiz, doimo kitobni o’zingiz bilan olib yuring. Shunda sizda odat 
shakllanishi oson bo’lib boradi. 
Demak, yuqoridagilardan bizga ma’lum bo’lgani shuki, istalgan ishni endi 
bajarishni boshlagan bo’lsangiz, siz unda qiynalasiz. Lekin bu qiyinchilik abadiy 
bo’lmasligini tushunib oling. Agar 2-3 kun shug’ullanib, obraz topa olmasangiz, bu 
sizni hech qachon obraz topa olmaydi, yoki metod sizda yaxshi ishlamaydi degani 
emas. Shunchaki siz boshlang’ich holatdagi qiyinchilikka duch keldingiz deb qabul 
qiling va shug’ullanishda davom etavering. 
Obraz topishdagi asosiy muammolardan biri shundaki, xorijiy so’zga qarab 
nimaga o’xshatsam bo’larkin deb juda uzoq o’ylash. Hayolga qandaydir obraz kelsa 
ham uni kimdirlar bo’lmasa kerak deb olmaydi. Siz bemalol, shoshilmasdan obraz 
topaversangiz, u holda siz tez obraz topish ko’nikmasini rivojlantirishingiz qiyin 
bo’ladi. Obrazni tez topish uchun juda tez obraz topishga harakat qilish zarur. Bu 
juda g’alati eshitiladi albatta. Lekin shunday. Hozir sizga buni qanday rivojlantirish 
kerakligini tushuntirib o’tamiz. Quyida 10 ta xorijiy so’z beriladi. Siz esa 
sekundomerni oling va ushbu 10 ta so’zga obraz topishni boshlang. Vazifa, faqatgina 
tez obraz topish, uni eslab qolish ham, nimadirlarga bog’lash ham shart emas. Buni 
imkon qadar tez bajaring: 
1. Vaitoskirja 6. Linssi 
2. Eksyttaa 7. Tuki 
3. Resepti 8. Tuonti 
4. Taso 9. Makupalat 
5. Ajoittainen 10. Ensimmainen 


Yuqoridagi so’zlar Finlandiya tilidagi so’zlar, bular haqiqatda bor. Tag’in 
hayolga kelgan so’zlar yozilgan deb o’ylamang. Agar yuqoridagi so’zlarga obraz 
topib bo’lgan bo’lsangiz, shunga ketgan vaqtni belgilab qo’ying. Endi sizga chek-
listga yangi indicator qo’shamiz: “20 ta so’zga obraz topish”. Buni chek-listning 
indikator bo’limiga kiriting. Ushbu mashqni har kuni bajaring. Vaqtini esa chek-
listga kiritib boring. Unutmang, bu mashqda faqatgina tezlik muhim. Quyida yana 
bir bor shug’ullanishingiz uchun 10 ta so’z qoldiriladi. Ularga ham tezlikka obraz 
topishga harakat qiling: 
1. perifeerinen 
2. perhe 
3. kaulus 
4. jousitus 
5. kykenemätön 
6. pääosa 
7. idealistinen 
8. taajuus 
9. kohtelias 
10. kipu 
Yana bir muhim narsani eslatib o’tamiz, siz topgan obrazingiz hamma uchun 
tushunarli bo’lishi shart emas, faqatgina uni o’zingiz tushunsangiz yetadi. Misol 
tariqasida ingliz tilidagi Bargain (savdolashmoq) so’zini olsak, ushbu so’zga hamma 
biladigan obrazni topish mushkul, lekin siz mobil o’yinlar o’ynagan bo’lsangiz, 
undagi qahramonlardan ham foydalanishingiz mumkin. Misol uchun Bargan ismli 
o’yin qahramoni Bargain so’ziga o’ta mos tushadi, ammo Bargan kimligini, qaysi 
o’yin qahramoni ekanligini hech kim bilmaydi. Boshqalar bilishi ham shart emas, 
o’zingiz bilsangiz va tasavvur qila olsangiz yetadi. 
20 ta so’zga obraz topish mashqini har kuni 1 marta qilishingiz kerak. Ko’proq 
ham bajarish mumkin, lekin bu talab etilmaydi. Obraz topish mashqida siz o’zingiz 
har xil so’zlar topishingiz kerak. O’zingiz bilmaydigan so’zlarni topishning eng oson 
usullaridan biri, o’zingiz bilmagan tildagi kitobni toping va undagi 20 ta turgan 
so’zlarni tanlab olib obraz toping. Shunday qilib 1 ta xorijiy tildagi kitobda bor 
so’zlarni 1 yilgacha yetqazishingiz mumkin. 

Yüklə 330,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin