bunday so’zlar juda kam bo’lib, 100 ta so’zdan maksimum 5-10 % qiyin bo’lishi
mumkin. Agar obraz topa olmagan bo’lsangiz, do’stlaringizdan so’rashingiz
mumkin.
Agar assotsiatsiya qilolmagan, yoki juda murakkab so’z bo’lsa, unda
quyidagi usullar orqali yodlaysiz:
1-usul.
Ertalab o’qishga yoki ishga ketayotganingizda o’zingiz bilan 5 ta yoki
10 ta muammoli so’zni olib ketishingiz va kun bo’yi har soatda takrorlab qo’yish
orqali 1 kunda 10 tagacha bo’lgan muammoli so’zlarni
muammosiz yodlab
olishingiz mumkin.
2-usul.
Telefoningiz ekraniga rasmga olib qo’yib oling.
Chunki har kuni eng
ko’p qaraydigan narsamiz – bu bizning telefonimiz.
3-usul.
Oraliqli takrorlash usuli orqali takrorlab boring. Bunda “Anki”
ilovasidan foydalanishingiz mumkin.
Yodlangan so’zlarni aktivlashtirish.
Shubha yo’qki, TOG usuli orqali minglab so’zlarni
eslab qolish muammo
emas. Ammo yodlangan so’zlar passiv holda bo’ladi. Bu degani siz hamma yodlagan
yangi so’zlaringizni aktiv ravishda ishlata olmasligingiz mumkin. So’zlarni
aktivlashtirish uchun ham biroz ter to’kish kerak bo’ladi. Quyida yangi so’zlarni
aktivlashtirish uchun bir qancha usullarni ko’rib chiqamiz.
1-usul. Ovoz bilan kitob o’qing.
Kitobni ovoz chiqarib o’qish jarayonida,
yodlagan so’zlarimiz qayta-qayta takrorlanadi. Qaysi so’z qanday ma’noda kelishi
va qaysi holatlarda ishlatilishini bilib olish mumkin.
Ovoz chiqarib o’qish so’zlarni talaffuzini kuchaytiradi va og’iz
muskullari
yangi tilga o’rganadi. Undan tashqari, kitob o’qish orqali gap tuzish strukturalari
miyaga o’rnashib boradi.
Kitob o’qish orqali ham yangi til o’rganasiz ham yangi
bilimlarga ega bo’lishingiz mumkin. Kuniga 30 daqiqadan 2 soatgacha kitob o’qish
orqali yuqoridagi foydalarga erishishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: