IV. Mustahamlash Paint dasturini ishga tushirish usullarini tushuntiring.
Paint dasturida ishni tugatish usullarini tushuntirib bering.
Dasturning asosiy qismlarini aytib bering.
Paint dasturining menyularini sanab bering.
Fayl, tahrir menyusi yordamida qanday amallarni bajarish mumkin ?
Ко 'finish, rasm menyusi qanday amallarni о 'z ichiga oladi?
Palitra menyusi yordamida qanday amallarni bajarish mumkin? Amalda ko'rsatib bering.
V. Uyga vazifa Mavzuni o`rganish.
Ko’rildi: Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: __________________
Sana ____________________
Yosh dasturchi to’garagi mashg’uloti. 10-dars.
Mavzu: Paint uskunalar paneli va undan foydalanish Maqsad: O`quvchilarga Paint uskunalar paneli va undan foydalanish haqida ma’lumot berish;
I. Tashkiliy qism II. Takrorlash. Paint dasturini ishga tushirish usullarini tushuntiring.
Paint dasturida ishni tugatish usullarini tushuntirib bering.
Dasturning asosiy qismlarini aytib bering.
III. Yangi mavzuni o`rganish Paintda geometrik shakllarni chizish va tahrir qilish uchun uskunalar panelidagi piktogrammalardan foydalaniladi. Paint uskunalar panelida qanday uskunalar bor?
Uskunalar paneli quyidagi uskunalar to'plamidan iborat:
Ixtiyoriy sohani belgilash
Purkagich
To'rtburchak sohani belgilash
Matn
O'chirg'ich
To'g'ri chiziq
Chegaralangan sohani bo'yash
Egri chiziq
Rangni aniqlash
To'g'ri to'rtburchak
Lupa (tasvirni kattalashtirish)
Ko'pburchak
Qalam
Ellips
Mo'yqalam
Burchaklari yoysimon to'rtburchak
Paintning Ellips uskunasi yordamida aylana, To'g'ri to'rtburchakuskunasi yordamida kvadrat ham chizish mumkin.
Qalam va mo'yqalam yordamida shakllar qanday chiziladi?
Uskunalar panelidan qalam uskunasi tanlanadi. Sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda harakatlantirilsa, uning yurgichi ishchi maydonda tanlangan rangdagi iz qoldiradi (qalamni qog'oz ustida harakatlantirganda iz qolgani kabi). Mo'yqalam ham xuddi qalam kabi amal bajaradi. Ularning farqi shundaki, qalam bir xil qalinlikdagi chiziq chizsa, mo'yqalam yordamida turli qalinlikdagi chiziqlar chizish mumkin.
Mo'yqalam uskunasi tanlanganda uskunalar panelining tagida mo'yqalam turi paneli paydo bo'ladi. Undan kerakli mo 'yqalam tanlab olinadi. Buning uchun yurgichni rasmda ko'rsatilgan shakllardan birining ustiga olib kelib, sichqonchaning chap tugmasi bosiladi.
1- mashq. Qalam yordamida 1- rasmdagi shakllarni chizing
Mashqni bajarishni ishchi maydon o'lchamlarini belgilab olishdan boshlang.
Buning uchun rasm menyu-sidagi xususiyatlar (атрибуты) amalini bajaring. Hosil bo'lgan xususiyatlar lavhasida ishchi may-dorming kengligini 600 piksel, bo'yini 300 piksel qilib belgilang, so'ngra «Ok» tugmasini bosing.
Mashqni bajarish vaqtida xatolikka yo'l qo'ysangiz, o'chirg'ich uskunasi yordamida rasmning xatolikka yo'l qo'yil-gan qismini o'chirishingiz mumkin. Buning uchun uskunalar panelidan o'chirg'ich uskunasini tanlab, yurgichni rasmning xatolikka yo'l qo'yilgan qismi ustida sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda harakatlantirasiz.
Paintda rasm qanday saqlanadi?
Paintda tayyorlangan rasmni saqlash quyidagi usulda amalga oshiriladi:
Sichqoncha yordamida Fayl menyusining ... kabi saqlash (Сохранить как) bo'limi tanlanadi. Natijada o'ngdagi ko'rinish hosil bo'ladi.
Fayl nomi (Имя файла) ko'rsatilgan joyga fayl nomi kiritiladi.
Fayl saqlanadigan papka tanlanadi.
Saqlash (Сохранить) tugmasi tanlanadi yoki «Enter» klavishi bosiladi.
Natijada fayl nomi sarlavha satrida aks etadi. O'zgartirish kiritilgan rasmni avvalgi nom bilan saqlash uchun sichqoncha yordamida Fayl menyusining Saqlash (Сохранить) amali tanlash yetarli.
Yodingizda bo'lsin: chizayotgan rasmingizni tez-tez saqlab turing.
Purkagich, ellips, to'g'ri to'rtburchak, to 'g'ri chiziq, egri chiziq uskunalar! yordamida qanday shakllar chiziladi?
Uskunalar panelidan purkagich uskunasini tanlab, ishchi maydonning biror qismiga belgilangan rangli bo'yoq purkash mumkin. Buning uchun sichqoncha yordamida yurgichni ishchi maydonning kerakli joyiga olib kelib, chap tugmasi bosiladi. Purkagich asosan peyzajlar chizishda qo'l keladi.