To‘garak a‘zolari haqida ma’lumot



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə42/68
tarix24.12.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#192271
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68
to\'garak

V. Uyga vazifa
Mavzuni o`qish. EHM da mashq qilish.
Ko’rildi:
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: __________________
Sana ____________________

Yosh dasturchi to’garagi mashg’uloti. 25-dars.


Mavzu: Axborotning ko`rinishlari, xususiyatlari va turlari


Maqsad:
1) ta’limiy: O`quvchilarga axborotning ko`rinishlari, xususiyatlari va turlari haqida ma’lumot berish;
2) tarbiyaviy: O`quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasi berish;
3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning ilmiy-texnik dunyoqarashini rivojlantirish
I. Tashkiliy davr
III. Yangi mavzuni o`rganish.
Inson hayotini axborotsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Axborotning esa hayotda har xil ko'rinishlari va turlari bor. masalan. axborotning rasm, chizma, matn yoki jadval kabi ko'rinishlari sizga tanish. Shu bilan birga biror ko'rinishdagi axborotdan foydalana olishimiz uchun u qanday xususiyatlarga ega bo'lishi zarurligi ham g'oyatda muhimdir.
1. Axborotning ko'rinishlari
Ma'lumki, har bir inson moddiy ne'matlar (masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy anjomlari) bilan birga ular haqidagi axborotlarni (qanday maqsadda ishlatilishi, shakli, rangi, og'irligi kabilarni) ham
bilishi zarurdir.
Inson qo'li orqali jismning qattiq va tekisligini, tili orqali oziq ta'mini, burun orqali turli hidlarni sezadi, qulog'i orqali har xil tovushlarni eshitadi, ko'zi orqali turli shakllarni, ranglarni yoki manzaralarni ko'radi, ya'ni sezgi a'zolari orqali turli axborotlar oladi. Bundan ko'rinib turibdiki, axborotni hayotdan har xil ko'rinishlarda yoki shakllarda olish mumkin ekan. Masalan: rasm, chizma, fotosurat, yozuv; nur yoki tovushlar; har xil to'lqinlar; elektr va nerv impulslari; magnit yozuvlari; mimika; hid va ta'm; organizmlarning sifat va xususiyatlarini saqlovchi xromosomalar va hokazo.
Informatika fanida axborotni yuqoridagi ko'rinishlardan ba'zilari orqali tasvirladingiz, ba'zilarini hayotda ko'rgansiz, ba'zilari bilan esa boshqa fanlar orqali tanishasiz.
Informatikada narsalar, jarayonlar, moddiy va nomoddiy xususiyatli hodisalar ularning axborot berish xususiyatlaridan kelib chiqib axborot obyektlari deb ataladi.

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin