To‘garak a‘zolari haqida ma’lumot


Axborot texnologiyalari haqida



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə58/68
tarix24.12.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#192271
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   68
to\'garak

Axborot texnologiyalari haqida
Ixtiyoriy jarayonni to'liq o'rganishda, u to'g'risida to'plangan ma'lumotlar hajmi, ma'lumotlarning o'zaro bog'liqligi darajasi shunchalik murakkab bo'ladiki, ularni biror vosita yordamisiz toliq qayta islilash amalda mumkin emas.
Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to'plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mumkinligini ko'rsatdi. Bunda asosiy o'rinni texnik vositalar - kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi.
Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda axborotning avval ko'rsatib o'tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga erishiladi.
Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi.
Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga usullar, tashqi omillarga vositalar kiradi.
Bundan kelib chiqadiki, axborot texnologiyasi o`z ichiga quyidagilarni oladi: qalam, ruchka, daftar, qog'oz, bo`r, doska, proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o'quvchi, o'qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter, suhbat jarayoni, dars o'tish jarayoni, test o'tkazish jarayoni, savol-javob o'tkazish jarayoni, dars o'tish usuli va metodikasi, plakat yoki boshqa didaktik materiallar, va hokazo. Demak, axborot texnologiyalari sanoatda, savdo-sotiqda, boshqaruvda, bank, ta'lim va sog'liq sistemasida, tibbiyot va fanda, transport va aloqada, qishloq xo'jaligi va ijtimoiy xizmat tizimida, turmushda qo`llanilar ekan.
Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari - telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo'llaniladi.
Axborot texnologiyalari hisoblash texnikasidan tashqari aloqa texnikasi, televideniye va radioni ham o'z ichiga oladi. Umuman, informatika va axborot texnologiyalari bir-birini to'ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi.

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin