To‘garak a‘zolari haqida ma’lumot


Signalni raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishga o'tkazuvchi qurilma modulyator, analog ko'rinishdan raqamli ko'rinishga o`tkazuvchi qurilma demodulyator deb ataladi



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə60/68
tarix24.12.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#192271
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68
to\'garak

Signalni raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishga o'tkazuvchi qurilma modulyator, analog ko'rinishdan raqamli ko'rinishga o`tkazuvchi qurilma demodulyator deb ataladi.
Bu ikkala amalni birgalikda bajaruvchi qurilma modem deb ataladi. Uning nomi quyidagicha hosil qilingan: Modulyator+DEModulyator=MODEM
Tuzilish jihatidan modemlar ichki va tashqi ko'rinishda bo'ladi. Ichki modemlar plata ko'rinishida bo'lib, kompyuterning ichiga joylashtiriladi. Tashqi modem kompyuterdan tashqarida joylashadigan bo'lib, o'zining qobig'iga ega alohida qurilmadir.
Hozirgi modemlarning ko'pchiligi faqatgina ma'lumot uzatish yoki qabul qilish bilan chegaralanib qolmay, balki faks ma'lumotlarini uzatish va qabul qilish uchun ham xizmat qiladi. Ba'zilari hattoki telefon tarmog'iga ulangan javob beruvchi avtomat qurilma vazifasini ham o'tashi, ya'ni xotiraga yozilgan ovoz signallarini uzatishi yoki bunday signallarni qabul
qilib xotiraga fayl ko'rinishida yozib qo'yishi mumkin.
Hozirgi kunda mintaqaviy va xalqaro tarmoqlarda kompyuterlar nafaqat telefon tarmoqlari, balki radio va sun'iy yo'ldoshlar orqali axborot almashinadilar.
Informatsion sistemalar
Axborot inson hayotida modda, energiya kabi muhim o'rin tutar ekan undan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Kerakli axborotsiz biror vazifani bajarish mushkul. Bundan tashqari zarur axborotga o'z vaqtida ega bo'lish ham muhimdir. Zamonaviy ishlab chiqarish dunyoning turli chekkalaridan xilma-xil axborotlarni tez va kerakli ko'rinishda qabul qilish yoki uzatishni-
talab etadi. Bugungi kunda axborotni uzatish va qabul qilish vositasi sifatida telefondan keng foydalaniladi. Ammo zamonaviy ish yuritishda bu yetarli emas. Hozirda kompyuter tarmoqlarisiz ish yuritishni tasavvur qilish qiyin. Oddiy aviachiptalarni sotishdan tortib kosmosni tadqiq qilishgacha bo'lgan jarayonlarda kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi. Hozirgi kunda Internet, IASNET kabi yuzlab xalqaro va biror davlat doirasidagi informatsion sistemalar mavjud va ular inson faoliyati uchun xizmat qilmoqda.

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin