O’qituvchi ko’rsatmasi bilan mashqlar ketma-ket o’rtacha sur’atda bajariladi.
Mashqni to’g’ri va aniq bajarish kyerak.
Yonma-yon qator bo’lib turish
Asosiy qism. Ko‘p yillik kuzatishlarimiz o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini qiziqarli o‘tkazishda harakatli o‘yinlar — estafeta, sport, hordiq chiqarish o‘yinlari, viktorina-attraksionlardan foydalanishlari kerakligini ko‘rsatmoqda. Harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanib yurgan bolalar turli kasallikdan nari, o‘qish va mehnatga jiddiy va mas’uliyat bilan qaraydigan bo‘ladilar. Chunki harakatli o‘yinlarning sog‘lomlashtiruvchi hamda gigiyenik ahamiyati ancha yuqori. Bulardan tashqari, u inson a’zolariga, yurak-qon aylanish, nafas olish va boshqa tizimlarga, modda almashinuviga , ichki sekretsiya bezlari faoliyati yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Harakatli o‘yinlar jo‘shqin, ko‘tarinki ruhda o‘tishi bois charchoqni tez ketkazadi. O‘yinlarning hordiq chiqarish xususiyati, tabiiy ravishda, bolalarning yosh xususiyatlariga ham mos keladi.O‘yinlarning yana bir xususiyati — unga bo‘sh, tortinchoq, uyatchan bolalar ham tezda kirishib ketadilar, o‘yin zavqi, hatto eng bo‘sh bolalarning yaxshi tomonlarini ko‘rsatishga majbur etadi. Bola o‘rtoqlaridan orqada qolmaslikka tirishadi va ko‘p o‘tmay, u ham o‘zini to‘laqonli o‘yinchi deb hisoblay boshlaydi. Harakatli o‘yinlarning yana bir samarali jihati shundaki, o‘yin chog‘ida do‘st-o‘rtoqlar bir-birlarini yanada yaxshi bilib oladilar, sabr-qanoat, o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga o‘rganadilar, og‘ir ahvolga tushganda qutqarish, yordam berish hissini tuyadilar. Mag‘lubiyat paytida esankiramay, odob-axloqli, yaxshi fårosatli bo‘lib tarbiyalanadilar. Harakatli o‘yinni qanday tanlash va o‘rgatish kerak? Do‘stlar bilan o‘yin tanlashda ushbu o‘yinni ularga tez va aniq tusnuntirib berish muhimdir. Yangi o‘yinlar ularga ilgaridan noma’lum bo‘lganligi uchun ham qiziqarli tuyuladi
40 daqiqa
Mashqlarni to’g’ri bajarishiga e’tibor berish.
Mashqni bajarishda xavfsizlik qoidalariga riyoa etish
Yakuniy qism:
Saflanish, yurish, yengil yugurish, nafasni rostlovchi mashqlar, Saflanish, baholash, uyga vazifa. xayrlashish.
5 daqiqa
xato va kamchiliklarni tushuntirish
guruh bir qator bo’lib maydondan chiqib ketadi