Tohir Zokirjonovich Usmanov Mustaqil tadqiqotchi annotatsiya


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 402,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix08.06.2023
ölçüsü402,79 Kb.
#126821
1   2   3
malaka-oshirish-va-qayta-tayyorlash-muassasida-pedagog-kadrlar-muammosi-va-uni-samarali-hal-qilish-yo-llari

 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Menejmentning turli tashkil qiluvchilari, jumladan, ta’lim menejmenti 
masalalari turli olim va mutaxassislarning ishlarida o’rganilgan. Turli sohalar 
menejmenti bo’yicha eng muhim nazariy ma’lumotlar F.Teylor, G.Grant, A.Fayol, 
E.Meyo, A.Maslou, K.Ardjiris, R.Laykert, D.Mak-Gregor, P.Druker, R.Griffin, 
A.Smidt, J.Mill, L.Tolstoy, M.Veber, Z.Freyd, K.Levin va boshqalarining ishlarida 
keltirilgan. Ta’lim muassasalarida menejment masalalarini R.SH.Axliddinov, 


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-466-468 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 467 www.ares.uz 
L.V.Peregudov, 
M.X.Saidov, 
U.Rayimov, 
SH.Saidqulov, 
B.S.Nuriddinov, 
O.A.Abduquddusov kabi mamlakatimiz olimlari tadqiq qilishgan. Ta’lim sohasida 
boshqaruvni tashkil etish va tartibga solish masalalari amaldagi huquqiy-me’yoriy 
hujjatlar, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Qarorlari, 
Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi 
qaror, buyruq va yo’riqonmalarida o’z aksini topgan.
NATIJALAR VA MUHOKAMA 
Mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimida o’qituvchilar malakasini oshirish va 
ularni qayta tayyorlash mustaqil ta’lim turi sifatida e’tirof etilgan. Bu esa uni ilmiy 
metodik, pedagogik, psixologik-fiziologik, didaktik hamda tashkiliy, iqtisodiy 
jihatlarini va malaka oshiruvchi sub’ektlarning shaxsiy–kasbiy xususiyatlarini 
hisobga olib tadqiq qilishni taqozo qiladi.  
“O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining rahbar hamda pedagog kadrlarini 
qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida tarkib topgan tizim zamon 
talablariga javob bermayapti”. Hozirgi kunda o’qituvchilar malakasini oshirish 
tizimini tubdan qayta ko’rib chiqishga kechiktirib bo’lmaydigan zarurat sifatida 
qaralmoqda. 
“Ta’lim to’g’risida”gi qonunning 16–moddasida “Kadrlar malakasini oshirish 
va ularni qayta tayyorlash” deb nomlanadi. Uning maqsadi “Kadrlar malakasini 
oshirish va ularni qayta tayyorlash, kasbiy bilimlari va ko’nikmalarini 
chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi” deb ta’kidlanadi. Ko’rinib turibdiki, 
pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ta’lim tizimining eng
muhim vazifasi sifatida qo’yilmoqda.
U.Raimovning “Malaka oshirish: Germaniya tajribasi va O’zbekistonda 
rivojlanish istiqbollari” nomli risolasida muallifning Germaniyaning Bavariya federal 
hududida joylashgan malaka oshirish Akademiyasida o’tagan stajirovkasi davomida 
olgan tassurotlari, bu muassasadagi tashkiliy va boshqaruv tizimi, shuningdek, 
Yaponiya, Janubiy Koreyadagi malaka oshirish tizimlari xususida keng ma’lumotlar 
keltirilgan. Risolada O’zbekistondagi mavjud malaka oshirish tizimi, uning 
istiqbollari, malaka oshirish muassasalarida ta’lim boshqaruvini tashkil etish 
muammolarini hal qilish yuzasida takliflar ishlab chiqilgan.
Xorij mamlakatlarida malaka oshirish tizimida allaqachon on-line tizimlarini 
qo’llash tendentsiyasi amal qilinayotgan bo’lishiga qaramasdan, bizda haligacha 



Yüklə 402,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin